Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnologiyalar



Yüklə 306,71 Kb.
səhifə7/13
tarix02.12.2023
ölçüsü306,71 Kb.
#171643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
govak toldiruvch

Metallurgiya Shlаklari.
O’zbekistonda har yili 130 ming тonna metallurgiya Shlаki hosil bo’ladi. Chiqindixonalardagi Shlаkning hajmi 1,3-1,5 мln. Tonnani tashkil etadi.
Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga har yili katta miqdorda domna Shlаklari tashlanadi. Ya’ni po‘lat eritishda asosiy mahsulotdan tashqari 0,5-1 t Shlаk chiqadi. Bunda massa bo‘yicha emas balki hajm bo‘yicha 2-3 barobar ko‘p miqdorda Shlаk chiqadi. SHu sababli Shlаklarni shartli ravishda chiqindi deyiladi. Aslida bu qimmatli ikkilamchi mahsulot hisoblanadi.
Metallurgiya Shlаklaridan noto‘g‘ri foydalanishda asosiy olinadigan mahsulot narxiga ham ta’sir etadi, ya’ni Shlаklarni olib kelish, chiqindi omborlariga ko‘mish ortiqcha harajatga olib keladi.
Metallurgiya Shlаklarining kimyoviy tarkibi - jadvalda keltirilgan.
Metallurgiya Shlаklarining kimyoviy tarkibi
5.1- jadval

Оksidlarning nomlanishi

SiO2

CaO

MnO

Al2O3

MgO

Fe2O3

Miqdori, %

30-40

30-50

10,0

10-30

10,0

15,0

Kimyoviy tarkibi bo'yicha Shlаk asosiy tarkibga mansub, chunki
CaO MaO
>1
SiO2 Al2O3
Shlаkning ko‘p miqdori to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Shuningdek domna Shlаki sement sanoatida ham ishlatiladi. Uning bir qismi Shlаkli tola va quyilma buyumlar olishda ishlatiladi.
Beton uchun chaqiq toshni bevosita domna Shlаklaridan yoki chiqindixonalardagi eski Shlаklarini maydalab va navlarga ajratib olish mumkin. Domna Shlаklari asosidagi chaqiq toshning fraktsiyalari 5…20, 20…40 va 40…70 mm, kub shaklidagi zarralar miqdori 90% ni tashkil etadi.
Domna Shlаklari asosidagi chaqiq toshning silindrda maydalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘rtta markaga bo‘linadi:
Dr45- mustahkamlik chegarasi 20MPa dan past betonlar uchun;
Dr35- mustahkamlik chegarasi 20-30MPa betonlar uchun;
Dr25- mustahkamlik chegarasi 30-40MPa betonlar uchun;
Dr15- mustahkamlik chegarasi 40MPa va undan yuqori betonlar uchun ishlatiladi.
Domna Shlаklari asosida chaqiq toshdan turli konstruksiyalar uchun yuqori mustahkamlikdagi betonlar olish mumkin. Metallurgiya sanoati rivojlangan hududlarda Shlаkli chaqiq tosh boshqa tabiiy tosh asosidagi chaqiq toshga nisbatan arzon bo‘lib, uni qo‘llash yuqori iqtisodiy samara beradi.
Biroq Shlаklarda mavjud oltingugurt po‘lat armaturani yemirilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli Shlаkli chaqiq toshni temir-beton zo‘riqtirilgan armaturali konstruksiyalarda qo‘llashda maxsus tadqiqotlarga asoslanish kerak, agarda otingugurt miqdori 2,5% dan oshsa, u holda barcha turdagi konstruksiyalar uchun ishlatiladigan betonlar ustida maxsus tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi.
Og‘ir beton uchun Shlаkli chaqiq toshning uyilma zichligi 1000 kg/m3 dan kam bo‘lmasligi kerak. Bu zich va mustahkam, qora hamda to‘q-kulrang rangdagi to‘ldiruvchi hisoblanadi.
Domna Shlаkidan yuqori mustahkam zich to’ldiruvchi olish uchun ko’pincha ularni gazsizlashtirish talab etiladi. Buning uchun Shlаkli eritma tarkibiga maxsus qo’shimchalar qo’shiladi, shuningdek vibroishlov berish tavsiya etiladi.
Granullangan Shlаklar - suyuq qizib turgan metallurgiya Shlаklarini suv yordamida qayta ishlashda Shlаk eritmasi tez soviydi va uning granulyasiyasida - alohida mayda donalar zarrachalariga maydalanadi. Donalar strukturasi- amorf va shishasimon.
Granullangan Shlаklar donadorlik tarkibiga ko‘ra yirik qumga mos keladi: uning donalari o‘lchami 0,6-5mm bo‘lib, yirikligi 2,5 mm bo‘lgan donalari umumiy tarkibda 50%ni tashkil etadi. Ko’pincha yirik donalar (10mm gacha) uchraydi.
Granullangan Shlаklarning uyilma zichligi keng chegarada o’zgaradi - 600 dan
1200 kg/m3 ga cha. Shlаkli eritmaning xossalari va granulyasiya texnologiyasiga ko’ra zich yoki g‘ovak granullangan Shlаk olish mumkin. Granullangan Shlаklarning donalar orasidagi bo‘shliqlik yuqori bo‘lib, 60-70% gacha tashkil etadi.
Granullangan domna Shlаki ko’pincha beton uchun to’ldiruvchi sifatida, shuningdek Shlаkoportlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Granullangan domna Shlаkini turli vazifa bajaruvchi betonlarda: yuqori mustahkam, konstruktsion-issiqizolyatsion, issiqqa chidamli va dekorativlarda ishlatish samarador ekanligi aniqlangan.

Yüklə 306,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin