Boshqa sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar Yig‘ma temir-beton sanoati chiqindilari. Yig‘ma temir-beton sanoati chiqindilari bo‘lgan yaroqsiz beton va temir- beton buyum va konstruksiyalar, tovar betonlarning qoldiqlari, hamda ekspluatatsiya muddatini o‘tagan buyumlar etarli hajmda yig‘iladi va ularni qurilishda betonga to‘ldiruvchi sifatida qayta ishlatish mumkin. Bu chiqindilarni maxsus jihozlarda qayta ishlanadi.
Yaroqsiz beton va temir- beton buyum va konstruksiyalar qayta ishlash ikki bosqichdan iborat: dastlab buyumlar buziladi, armaturasi ajratib olinadi, so‘ng ajratilgan beton massasi maydalanadi. Maydalangan material 0.....70 mm fraksiyaga ajratiladi .
G‘isht chaqiq toshi. Beton uchun to‘ldiruvchi sifatida oddiy sopol g‘ishtni maydalashda olingan g‘isht asosidagi chaqiq toshni qo‘llash mumkin. G‘isht, gilli xomashyoni kuydirishda olingan boshqa sopol materiallar singari etarlicha mustahkamlikka ega.
G‘ishtning zichligi - 1,7 g/sm3, u asosida engil to‘ldiruvchi hisoblanadigan. uyilma zichligi 800 - 900 kg/m3 bo‘lgan chaqiq tosh olinadi.
Bunday chaqiq toshlar asosida mustahkamlik chegarasi 10-15 MPa va zichligi
1800-2000 kg/m3 bo‘lgan beton olinadi, ya’ni bunday betonlar oddiy og‘ir to‘ldiruvchili betonga nisbatan 20% ga engil bo‘ladi.