Rasm-5.3. G‘ovak to‘ldiruvchilarni havo oqimi ta’sirida ajratish: 1-yengil maxsulot; 2-nisbatan og‘ir maxsulot; 3-ventilyator; 4-ta’minlovchi Yuqorida ko’rsatib o’tilgan quruq usullar klassifikatsiyasi yordamida g‘ovak to‘ldiruvchilarni bir jinsliligini oshirib, ikki sinfga ajratish yoki to‘ldiruvchidagi og’ir qo‘shimchalardan xalos etish mumkin.
Masalan, pemzada og‘ir vulqon shishasi (obsidian) donalari mavjud bo‘lib, ularni olib tashlab to‘ldiruvchining sifatini va ishlatish samaradorligini oshirish mumkin.
Maydalashda, g‘ovak to‘ldiruvchilarni zarralari o’ta o’tkir burchakli bo’ladi. Buning natijasida, chaqiq toshning bo’shliqligi 60% ga yetishi mumkin, bu esa sement sarfini oshishiga olib keladi. Beton qorishmaning yoiluvchanligi yomonlashadi.
G‘ovak tog‘ jinslari asosidagi chaqiq tosh dona shakli bo‘yicha O‘zRST9758-96 ga ko‘ra to‘rrtta guruxga bo‘linadi, ya’ni plastinkasimon shakldagi donalarning massa ulushi bo‘yicha bo’linadi:
oddiy-30% dan ko‘p emas;
yaxshilangan – 20% gacha; 3. kub shaklidagi – 15% gacha;
4. qirrali – 10%gacha.
Yumolaqlangan shakldagi g‘ovak chaqiq toshni olish uchun A.Arakelyan tomonidan aylanma barabanda ishlov berib, maydalarini ajratish usuli ishlab chiqilgan. Shuningdek, g‘ovak chaqiq toshni shaklini, olinadigan tog’ jinsini maxsus barabanli maydalagichda maydalab yaxshilash mumkin.
Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zahirasi sifatida sanoat chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu mahsulotlardan hali to‘liq foydalanilgan emas.
Agarda, sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish, ular joylashgan regionni ekologik muhitni sog‘lomlashtirishini hisobga olinsa, ularni to‘ldiruvchi sifatida ishlatish katta ahamiyatga egadir.
Sanoat chiqindilarini qo‘llash silikat materiallarni suvga va uzoqqa chidamliligini oshiradi, yacheykali betonning issiqlik-texnika xossasini va fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Chiqindilarni ishlatish muhimligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
atrof muhit muhofazasi masalalarini echadi;
atmosfera va zaminga tashlanmalarni kamaytiradi;
beton ishlab chiqarishda to‘ldiruvchi sifatida qo‘llaniladi va boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqarishda homashyo komponenti sifatida ishlatiladi;
chiqindilarni ishlatilishi tabiiy materiallar hajmini saqlaydi;
chiqindilarni ishlatilishi kapital mablag‘lar hajmini kamaytiradi;
ishlab chiqarish chiqindilarini transportlarda tashish, saqlash, yo‘q qilish bilan bog‘liq sarflarni sezilarli kamaytiradi;
chiqindilarni ishlatilishi, qurilish materiallarini ishlab chiqarishdagi energoresurlarni tejash imkonini beradi.
Beton tayyorlashda foydali qazilmalar qazishdagi ochish jinslari, qora va rangli metallurgiya chiqindilari, energetika kullari va Shlаklari va boshqa shu kabilardan foydalanish katta samara beradi.