Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnologiyalar


Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish



Yüklə 306,71 Kb.
səhifə4/13
tarix02.12.2023
ölçüsü306,71 Kb.
#171643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
govak toldiruvch

Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish, ularning zichligi va mustahkamligi bo‘yicha bir jinsliligini oshirish, donalar shaklini yaxshilash va chang miqdorini kamaytirishdan iborat. Zich jinslardan olinadigan to‘ldiruvchilarni boyitish printsiplari g‘ovak to‘ldiruvchilarga ham qo’llash mumkin. Biroq yengil g‘ovak to‘ldiruvchilarning xususiyatlari, boshqa boyitish usullaridan foydalanishni talab etadi.
Suvli muhitda cho’ktirish o’rniga havo muhitida cho’ktirishni qo’llash mumkin. Buning uchun pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinalardan foydalaniladi, uning ishlash printsipi quyidagicha (rasm-5.1). Ventilyatordan uzatiladigan havo klapanlar sistemasi yordamida davriy ravishda mashina kamerasining u yoki boshqa tomoniga yo’naltiriladi natijada panjarada material qavatida pulsatsiya sodir bo‘ladi. Ko’tariladigan havo oqimi materialni ko’plab marta g’ovakladhtirishi natijasida material qatlamlanadi, og’irroq zarralari pastga cho’kadi, yengillari yuqoriga ko’tariladi va u yerdan ajratib olinadi. Bir vaqtning uzida to‘ldiruvchilar changdan tozalanadi.

Rasm-5.1. Pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinaning sxemasi:
1-ventilyatorda havoni uzatish; 2-klapanlar; 3-panjara; 4- yuklash; 5- o‘ta og‘ir donalarni saralash; 6- nisbatan og‘ir donalarning chiqishi; 7-engil
mahsulotlarning chiqishi; 8-changlangan havo.
Og‘ir suvli suspenziyada to‘ldiruvchilarni ajratish pnevmosuspenziyada bajariladi. Bu uskuna (rasm- 5.2) quyidagicha ishlaydi. Filtr orqali havo qum qatlamiga to’xtovsiz uzatiladi va natijada qum “qaynaydi”. Qumning zichligi va yirikligi bo‘yicha kerakli zichlikdagi suspenziyaga moslab tanlanadi, bu yerda yirik g‘ovak to‘ldiruvchi bir qismi cho‘kadi, qolgani qumning yuzasiga chiqadi. Ikkita sinfga ajratilgan yirik g’ovakli to‘ldiruvchi qum bilan birga olinib, elak (groxot) dan o‘tkaziladi. Qum yana uskunaga qaytariladi.


Rasm-5.2. G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish uchun ishlatiladigan separatorning sxemasi:
1-panjara; 2-filtr; 3-xavo uzatish; 4-qum; 5- to‘ldiruvchilarni yuklash;
6- engil maxsulotning chiqishi; 7-nisbatan og‘ir maxsulotning chiqishi.
Oddiy, lekin kamroq isonchli usul havo oqimida to‘ldiruvchilarni ajratish usulidir (rasm-5.3). Ventilyator yordamida xosil bolgan havo oqimiga materialni ko’ndalang sochilsa, oqim mayda yoki yengilroq zarrachalatni ajratadi. Yirikligi bo’yicha to‘ldiruvchilarni dastlabki fraktsiyalab zarralarni zichligi bo’yicha klassifikatsiyalash mumkin.


Yüklə 306,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin