Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnologiyalar


Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar



Yüklə 306,71 Kb.
səhifə6/13
tarix02.12.2023
ölçüsü306,71 Kb.
#171643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
govak toldiruvch

Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar.
Foydali qazilmalarni qayta ishlashda, ko’pincha foydali qazilmaga yo’l ochish uchun yo’l-yo’lakay turli tosh linslarini qazishga to’g’ri keladi. Ayniqsa, konlarni ochiq usulda qayta ishlashda ochish ishlari hajmi kata.
Ko’pincha, foydali qazilmaning hajmi 10....15% ni tashkil etadi, ochish jinslarning hajmi esa 90% ni tashkil etadi, ko’pincha yo’l-yo’lakay qazib olinadigan jinslar, mohiyati bo’yicha foydali qazilma bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda tashlab yuboriladi.
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan ikkilamchi kvarsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini bosadi. Shu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga nisbatan
2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvarsit chaqiq toshining mustahkamlik chegarasi 30-
35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin (bunda zarralar shakli noqulay bo’lib, sement sarfini 8-12 % ga oshishiga olib kelishini inobatga olinmaydi).
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun ham ta’luqlidir. Davlat standartlari faqat mahsulotning texnik taraflarini emas, balki uning iqtisodiy jihatlarini ham qamrab oladi.
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa hisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza qilishda ham samaralidir.
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo materiallar sifatida qo‘llaniladi.
Masalan, tog’ jinslari konidan chiqadigan ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida ishlatiladi.
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma vaqt alohida qayta ishlanmay, ba’zida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi.
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh shaklida hosil bo‘ladi.
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-kvarsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda mayda qum (yiriklik moduli
1,64gacha) ko‘rinishida olinadi.
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori mustahkamlikdagi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi.
Yurtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m3 ni tashkil etadi. Ulardan mahalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustahkamlik chegarasi 10-20MPa ga teng yengil betonlar olish mumkin va bunda sement sarfini keskin kamaytirish imkonini beradi.
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli jinslardan olish mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu sababli ko‘mir boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada chiqindi tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun etarli hisoblanadi.

Yüklə 306,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin