O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i: ____________ SH.Umarov
O’quv fanining dolzarbligi va oliy tahlimdagi o’rni
“Ehtimollar va statistika” fani talabalarga o’zlashtirishlari zarur bo’lgan tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, harbiy, texnik va matematikaning maxsus bo’limlarini o’rgatish va harbiy masalalarga (tayin masalani matematik tilda ifodalash, yechimning optimal usulini tanlash, olingan natijalarni baholash) matematikani qo’llashda dastlabki ko’nikmalarini hosil qilish maqsadida o’qitiladi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
- “Ehtimollar va statistika” fanining dunyoni bilishdagi, undagi tushuncha va tasavvurlarini umumiyligini tasavur etishdagi alohida xususiyati haqida, matematik modellashtirish, olingan natijalarni qo’llash mumkin bo’lgan hollarni baholash va modellarni tekshirish usullari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- tabiiy-ilmiy fanlarning asosiy qonunlaridan foydalana olishi, matematik analiz va modellash, nazariy va eksperimental tadqiqot metodlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- axborotni olish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning asosiy usullari va vositalaridan foydalanishni egallagan, ekologik dunyoqarash shakllangan bo’lishi, ekologiyaning konseptual asoslarini bilishi, muhandislik ishi tahlim sohasi uchun zarur bo’lgan matematik va tabiiy-ilmiy fanlarning nazariy va ilmiy asoslari bo’yicha yechimlar qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Mahruza mashg’ulotlari
1-jadval
№
|
Mahruza mavzulari
|
Dars soatlari ҳajmi
|
4-semestr
|
|
Elementar hodisalar fazosi.Tasodifiy hodisalar va ehtimolning turli ta’riflari.
|
2
|
|
Extimollarni qo’shish va ko’paytirish teoremalari. SHartli extimollik. Hodisalarning bog’liqsizligi. To’la ehtimol va Bayes formulalari.
|
2
|
|
Bog’liqsiz tajribalar ketma-ketligi. Bernulli formulasi. Muavr - Laplasning lokal va integral formulalari. Puasson teoremasi.
|
2
|
|
Тasodifiy miqdorlar. Taqsimot qonuni. Taqsimot funksiya va uning ҳossalari.
|
2
|
|
Тasodifiy miqdorlarning sonly xarakteristikalari ( Matematik kutilma va uning xossalari. Dispersiya, o’rtacha kvadratik chetlanish. Boshlang’ich va markaziy momentlar). Uzluksiz tasodifiy miqdorlar va ularning taqsimot qonuni. Zichlik funksiyasi.
|
2
|
|
Amaliyotda ko’p qo’llaniladigan ba’zi bir taqsimotlar. (Bernulli, binomial, Puasson, geometrik, tekis taqsimot, ko’rsatkichli va normal taqsimot qonunlari).
|
2
|
|
Ko’p o’lchovli tasodifiy miqdorlar. Ikki o’lchovli tekis va normal taqsimotlar (Diskret va uzluksiz tasodifiy vektorlar. Korrelyatsiya koeffitsienti va uning xossalari. Тaqsimot funksiyasi va uning xossalari).
|
2
|
|
Katta sonlar qonuni. CHebishev tengsizligi. CHebishev va Bernulli teoremalari. Markaziy limit teoremalari.
|
2
|
|
Matematik statistikaning asosiy masalalari. Tanlanma tahlili.
|
2
|
|
Tanlanmaning sonli xarakteristikalari va xossalari (Tanlanma matematik kutilma, tanlanma dispersiya, tanlanma o’rtacha kvadratik chetlanish.
|
2
|
|
Taqsimot parametrlarining statistik baholari va ularni topish usullari.
|
2
|
|
Intervalli baholar. Ishonchlilik extimolligi va ishonchlilik oralig’i.
|
2
|
|
Statistik gipotezalarni tekshirish. Asosiy va alternativ gipotezalar. Birinchi va ikkinchi tur xatoliklar.
|
2
|
|
Pirson va Kolmogorov kriteriyalari.
|
2
|
|
Korrelyatsion va regression tahlil. Korrelyatsion bog’lanishning ikki asosiy masalasi.
|
2
|
|
Dostları ilə paylaş: |