59
6.7-rasm. Xiyobonlami bezashda sadaqayrag‘ochdan foydalanish.
Daraxtlar burilish va kesib o‘tilgan yo‘llarda shoxlarining
shakli, barglarining rangi va hajmi bir-biridan farq qiladigan
asosiy o‘tkazmalardan o‘tkaziladi. Xiyobon bo‘yida bir xil
qatorli о ‘tkazmalaming asosiy xavf-xatari ulami bezatishdan
kelib chiqadi. Keng, bosh xiyobonlar bo‘yiga serbarg, shox-
shabbali daraxtlami ekish kerak (eman, jo ‘ka, o‘tkir bargli
zarang, kashtan). Asosiy va ikkinchi darajali xiyobonlami
ingichka bargli, shox-shabbali daraxtlar bilan bezatish mumkin
(piramidasimon terak va eman, g‘arb tuyasi kabi daraxtlar).
6.8-rasm. B og‘-park dizaynida kumushsimon bargli qoraqarag‘ay.
Ko‘pincha, xiyobonlarga bir xil turdagi daraxtlar o‘tqaziladi,
ammo, ayrim hollarda, balandligi va shox-shabbasining shakli
bo‘yicha keskin farqlanadigan turlicha o‘simlik turlari bilan
almashtirish mumkin. Daraxtlar orasidagi masofa 3m dan 6 m
gacha bo‘lishi lozim. Ulaming iqlimiy xususiyatlari, turlariga
qaramasdan, tebranib turadigan turlarga e’tibor beriladi.
Xiyobonda o‘tqazishga kenkos usulini tavsiya etish mum
kin: bevosita yo‘llarni qoplab (chuqurcha) ko‘pqatorlab o‘tqazi-
ladigan daraxtlami kvadrat yoki shaxmat tartibida ekish. Bu usul
o‘tish maydonlarini qisqartirmasdan xiyobon ustida muttasil
soyani yaratadi.
Gulli kompozitsiyalar ikki asosiy turga bo‘linadi: muntazam
va landshaftli.
Muntazam kompozitsiyalarga quyidagilar kiradi: parter, gul-
laming turkumlari, gulzorlar, rabatka, bordyurlar, modulli
bog‘chalar,
guldonlar
va
boshqalar.
Muntazam
gulli
kompozitsiyalar aniq geometrik tashqi ko‘rinishlami tasvirlaydi.
61
|