Bu turlar Toshkent sharoitida havoning
quruqligidan ancha
zararlanmoqda. Shamshod yashil to‘siq yaratishda juda qo‘l
keladigan daraxt.
Siren (Syringa)
Bu turkumga 30 ga yaqin tur kiritilgan. Ular, asosan, man
zarali o‘simlik sifatida ko‘plab o‘stiriladi.
Keng tarqalgani
oddiy siren (Syringa vulgaris L.) 6
metr balandlikkacha о‘sib,
zich shox-shabbalar hosil qiladi.
Siren may oyida gullaydi,
gullari to‘pgul ko‘rinishida, oq, siyohrang bo‘lib, juda
chiroylidir.
11.26-rasm. To‘liq gulga kirgan oddiy siren.
Kuzda mevalari pishib yetiladi, qanotsimon urug‘lar ajralib
chiqadi, uzunligi 1 sm, 1000 tasining og‘irligi 5-9 g, urug‘idan
ko‘payadi, sergul navlari payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi.
Shaharlami ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi.
Bundan tashqari
fors sireni (Syringa pyersica L.) paxmoq
siren (Syringa villosa Vahl.) venger sireni (Syringa josikaeae
Jacg.)
kabi turlari ko‘kalamzorlashtirishda keng qo‘llaniladi.
164
Forzitsiya (forsythia)
Bu turkumga 8 ta tur kiradi. Ulardan 7 tasi Sharqiy Osiyoda,
I tasi Yevropada uchraydi. Ulaming
orasida keng tarqalgani
oddiy forzitsiya (Forsythia europae Led.et.Bald.)
turi bilan
tiinishamiz. Bo‘yi 1,5-2 m ga yetadigan buta bo‘lib,
novdalari
lik o‘sadi. Barglari to‘q yashil.
11.27-rasm. Manzarali forzitsiyaning ajoyib gullari.
Erta bahorda barg yozishdan oldin gullaydi, guli sariq,
bahor
sovuqlariga chidamli. Urug‘dan ham, parxish yo'li
bilan ham
ko'payadi, yozgi qalamchasidan ham ko‘paytirish mumkin. Bu
lur mart-aprel oylarida gullaydi. Gullari uzoq saqlanadi. U
Noyaga
chidamli, biroq ochiq yerlarda yaxshi o‘sadi,
yer tanla-
mnydi. Qurg‘oqchilikka, turli zararkunanda va kasalliklarga ham
chidamli.
Ko‘kalamzorlashtirishda
egiluvchan
forzitsiya
(I'orsythia suspense Vahl.) turidan ham keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: