Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi



Yüklə 138,7 Kb.
səhifə2/9
tarix27.04.2023
ölçüsü138,7 Kb.
#103224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi

Adabiyotlar sharhi

Mazkur kurs ishini yozish davomida Agrosanoat majmui korxonalari faoliyati tahlilida qo’llaniladigan ko’rsatkichlar turlari masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar va iqtisodchi olimlarning asarlaridan foydalanildi. Jumladan:



  1. R.D.Do‘smuratov, B.Yu. Mengliqulov. QilIhloq xo'jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari. -T.: «Fan va texnologiya», 2014, 392 bet.

O'quv qo'llanma 600000-«Qishloq va suv xo'jaligi» bilim sohasining 5620200- Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari bo'yicha), 5620300-O'simliklar himoyasi va karantini, S620400-Qishloq xo'jalik ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi, S620500-Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi, S620900-Ipakchilik, S140900-Kasb ta'limi (S620200-Agronomiya) bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha namunaviy dastur asosida yozilgan. Xo'jalik hisobi, uning turlari, buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, axborotdan foydalanuvchilarning har xii toifalari, buxgalteriya hisobining predrneti va metodi, balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda yoritilgan. Shuningdek, buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, huiiatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, analitik va sintetik hisobning xususiyatJari tushunarli va batafsil bayon qilingan. Qishloq xo'jalik korxonalarida ta'tninot, ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini hisobga olishning xususiyatlarini yoritish muhim o'rin egallagan., hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati etarli darajada bayon etilgan.

  1. T. Qudratov, N. Fayziyeva. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. - «Voris-nashriyot», 2012.

Mazkur darslikda «Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati» fanining nazariy, uslubiy va amaliy masalalari bayon qilingan. U O’zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2006-yilda tasdiqlangan o‘quv dasturi talablariga muvofiq tayyorlangan. Darslik oliy o'quv yurtlarining «Fermer xo’jaligini boshqarish» ta’lim yo'nalishi bo’yicha o’qiyotgan talabalarga mo'ljallangan. Undan, «Iqtisodiyot» va «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishlari bo'yicha o’qiyotgan talabalar ham, shuningdek, buxgalter va iqtisodchilar ham foydalanishga mo’ljallangan.
3. I.f.n. А.Аbdiev. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti fanidan maʼruzalar matni. Qarshi – 2007.
Ushbu maʼruzalar matnida agrosanoat integratsiyasining chuqurlashuvi, rivojlanishi natijasida shakllanadigan agrosanoat majmuasining mohiyati, uning tarkibi, iqtisodiyotda tutgan oʼrni, majmuaga kiruvchi sohalarning hozirgi holati, rivojlanish yoʼnalishlari, ularning iqtisodiy resurslari hamda qishloq xoʼjaligining yer, mehnat, moddiy-texnika resurslari, tarmoqda ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllariga oid mavzular batavsil yoritilgan. Maʼruza matnida agrosanoat majmuasi tarmoqlari mahsulotlariga narxning shakllanishi, mahsulot, ish va xizmatlar tannarxi hamda majmua tarmoqlarida moliya-kredit tizimlarining amal qilish mexanizmiga bagʼishlangan mavzular berilgan. Аlohida eʼtibor agromarketingni tashkil etish va uning samaradorligiga hamda Yevropa hamjamiyatining yagona agrar siyosatiga oid mavzularga qaratilgan.


  1. Yüklə 138,7 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin