Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi



Yüklə 138,7 Kb.
səhifə7/9
tarix27.04.2023
ölçüsü138,7 Kb.
#103224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi

Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyentni aniqlash uchun yuqori likvidli aktivlarni (Al) qisqa muddatli majburiyatlarga (tezlikda to'lanadigan majburiyatlar (PI) bilan mo'tadil qisqa muddatli passivlar (P2) summalarining yig'indisiga) bo'lish kerak.

Kml = .


«Eng yuqori likvidli aktivlar» yuqorida qayd qilinganidek, pul mablag'lari bilan qisqa muddatli investitsiyalardan tashkil topadi. Bu koeffitsiyent xo'jalikning mutlaq to'lovga qodirligi darajasini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, pul mablag'lari bilan qisqa muddatli investitsiyalar (qimmatli qog'ozlar) hisobiga qisqa muddatli qarzlarini qancha qismini qaytara olishi (yoki to'lay olishi) mumkinligini bildiradi. Ushbu koeffitsiyent 0,2 dan 0,5 gacha bo'lsa mo'tadil ko'rsatkich bo'lishi mumkin:

Kml = 0,2 -0 ,5.





  1. Tezkor likvidlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyentni oraliq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti deb ham atashadi. Buni likvidlik koeffitsiyenti formulasining suratiga (Al) debitorlik qarzlari, tayyor va tovar mahsulotlari qiymatini qo'shib, yig'indisini (.42) joriy kreditorlik qarzlari bilan mo'tadil qisqa muddatli passivlar jam iga bo'lish kerak.

Demak, boshqacha aytganda, ushbu koeffitsiyentni aniqlash uchun «eng yuqori likvidli aktivlar» ga «tez realizatsiya etiladigan aktivlar (A2) summasini qo'shib, yig'indisini mo'tadil qisqa muddatli majburiyatlar» summasiga bo'lish kerak, ya’ni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:

Ktl =


Agar ushbu koeffitsiyent «1» yoki undan katta bo‘lsa, mo‘tadil ko‘rsatkich bolishi mumkin:


Ktl ≥ 1.

Demak, ushbu koeffitsiyent shunday boigan taqdirda, korxona mavjud pul mablagiari, qisqa muddatli investitsiyalar, debitorlik qarzlari, tayyor mahsulot va tovarlar bilan mo‘tadil qisqa muddatli majburiyatlarni qoplash qurbiga (qobiliyatiga) ega bola oladi, agar debitorlik qarzlarini tezlikda undira olsa, tayyor mahsulot va tovarlarni o‘z vaqtida sotib pulga aylantira olsa, shunda tolov layoqatiga ega boladi.



  1. Yüklə 138,7 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin