Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Korxona moliyaviy barqarorligining tahlili



Yüklə 138,7 Kb.
səhifə5/9
tarix27.04.2023
ölçüsü138,7 Kb.
#103224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi

2.3. Korxona moliyaviy barqarorligining tahlili

Qishloq xo'jalik korxonalarining moliyaviy holatiga baho berishdagi asosiy ko'rsatkichlardan biri bo'lib, moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Xo'jalikning moliyaviy barqarorligi mutlaq va nisbiy ko'rsatkichlar yordamida ifodalanadi va ular orqali tahlil etiladi, xulosalar chiqariladi.


Korxonaning moddiy oborot mablag'larini tashkil qiluvchi manbalari bilan to'liq qoplangan taqdirda, uni moliyaviy barqaror xo'jalik deb atash mumkin. Demak, moliyaviy barqarorlik deganda moddiy ayianma mablag'larni tashkil qiluvchi manbalari bilan mavjud tovar-moddiy zahiralar hajmining qoplanish darajasini tushunmoq kerak.
Moliyaviy barqarorlik ahvolini o'rganish va tahlil etishning asosiy manbai buxgalteriya balansi-netto hisoblanadi. Buxgalteriya balansi-nettoning quyidagi modeli asosida moliyaviy barqarorlikni aniqlash va tahlil etish yo'llarini ko'rib chiqamiz:
U + Z + P + D = O’ + Q + B + K,
bunda: U - uzoq muddatli aktivlar; Z - tovar-moddiy zahiralar (moddiy ayianma mablag'lar); P - pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlar; D - debitorlik qarzlari; O' - o'z mablag'larining manbalari; Q - uzoq muddatli qarzlar va kreditlar; В - banklarning va boshqa tashkilotlarning qisqa muddatli kreditlari va qarzlari;
К - kreditorlik qarzlari.
Ushbu modeldagi Z+P+D belgilari joriy aktivlarni, Q + B + K belgilari majburiyatlarni bildiradi.
Buxgalteriya balansi-netto modelidan ko‘rinib turibdiki, aktivlar (xo‘jalik m ablagiari) ikki manba hisobiga, ya’ni o'z va qarz m ablagiari hisobiga tashkil bo‘ladi. Qarz mablagiari o‘z navbatida ikkiga bolinadi:
1) uzoq muddatli majburiyatlar;
3) qisqa muddatli majburiyatlar.
Uzoq muddatli majburiyatlar asosiy vositalarni tashkil etish manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qisqa muddatli majburiyatlar joriy aktivlarni tashkil qilish manbalaridan biridir.
Demak, joriy aktivlar ikki manba hisobiga tashkil boladi. Buni yuqorida keltirilgan buxgalteriya balansi-netto modelidan foydalanib, aniqlash mumkin:
Z + P + D = (O’ + Q -U) + B + K
Bu formuladan xo‘jalikning joriy aktivlari ikki manba hisobiga, ya’ni o‘z joriy aktivlari manbalari (O‘+ Q - U) bilan qisqa muddatli qarz mablagiari
(B + K) hisobiga tashkil boiishligi ko‘rinib turibdi.
Moliyaviy barqarorlik mezoniga ko‘ra moddiy aylanma mablagiari hajmi o‘z aylanma m ablagiari manbalari bilan to'la qoplansa, korxona moliyaviy barqaror boiib, u qisqa muddatli qarzlarini toiash imkoniyatiga ega boladi, ya’ni to lo v qobiliyatiga ega b o ig an korxona hisoblanadi. Boshqacha aytganda, korxonada moliyaviy barqarorlik mavjud ekanligini yoki unda uning mustahkam ekanligini ko‘rsatadi.
Moddiy aylanma mablagiari hajmi korxonaning o‘z aylanma m ablagiarini tashkil qilish manbalari bilan tola qoplansa yoki oshsa, korxona moliyaviy barqaror xo‘jalik bolib hisoblanadi, ya’ni u qisqa muddatli majburiyatlarni uzish imkoniyatiga ega boladi. Bunday korxona to’lov qobiliyatiga ega boigan korxona deyiladi. Bu holatni quyidagicha ifodalash mumkin:
Z ≤ O' + Q - U
Agar o‘z aylanma m ablagiarini tashkil etuvchi manbalar summasi tovarmoddiy zahiralar summasiga teng bolsa (Z = O’ + Q - U), pul mablagiari, qimmatli qog‘ozlar va debitorlik qarzlarining birgalikdagi jami summasi (P + D) qisqa muddatli kreditlar va qarzlar bilan kreditorlik qarzlarning jami summasiga (B + K) teng boladi:
P + D = B + K.
Agar o‘z aylanma mablagiarini tashkil qiluvchi manbalar summasi tovar-moddiy zahiralar summasidan oshsa (Z < O’ + Q - U), pul mablagiari, qimmatli qog‘ozlar va debitorlik qarzlarining jami summasi (P + D) qisqa muddatli majburiyatlar jami summ asidan (B + K) katta bo‘ladi:
P + D > B + K.
P +D hajmi B+K hajmidan katta yoki unga teng bo'lsa, korxona qisqa muddatli majburiyatlarini uzish (to‘lash) qurbiga yetarli darajada ega boiadi. Shunday qilib, moddiy aylanma mablag'larni tashkil qilish manbalari hajmi bilan tovar-moddiy zahiralar orasidagi o'zaro bog‘liqlik nisbati koeffitsiyenti moliyaviy barqarorlik darajasi ahvolini belgilaydi.
Moddiy aylanma m ablagiarni tashkil etuvchi manbalar, o‘z navbatida, ikki turga bo'linadi:
1) o‘z aylanma mablag'larining manbalari;
2) moddiy aylanma mablag‘larni tashkil qiluvchi asosiy manbalar.
Korxonaning o‘z aylanma mablag'larini aniqlash uchun o'z mablag'larining manbalariga (O') uzoq muddatli qarzlar va kreditlarni (O) qo'shib, ularning jami summasidan uzoq muddatli aktivlar summasini (U) chegirib tashlash kerak:
Z0 = O’ + Q - U;
bunda: Z0 - o'z aylanm a m ablag'lari m anbalari summasini (O '+ Q - U) bildiradi.
So'ngra ushbu ko'rsatkichni mavjud tovar-moddiy zahiralar hajmiga solishtirish orqali moliyaviy barqarorlik darajasi tahlil etiladi. Buning uchun manbalar summasidan mavjud zahiralar summasin/chegirib, o'zgarishi (kam yoki ko'pligi) aniqlanadi, xulosa qilinadi.
Korxonaning moddiy aylanma mablag'larining tashkil bo'lishida o'z aylanma mablag'lari bilan bir qatorda qarz mablag'lari, birinchi navbatda, qisqa muddatli bank kreditlari ishtirok etadi. Shu manbalar yig'indisi asosiy manbalar degan tushunchani beradi. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:

Z0 + B = (O’ + Q - U) + B.


bunda: В - banklar va boshqa tash kilotlarning qisqa muddatli kreditlari va qarzlari.
Asosiy manbalarni jami summasini mavjud aylanma mablag'lar summasiga (Z) solishtirib, o'zgarishi (ko'p yoki kamligi) aniqlanadi, natijada ushbu ko'rsatkichlar orqali xo'jalikning moliyaviy barqarorligi ahvoliga baho beriladi. Tahlil gorizontal va vertikal usullar yordamida amalga oshiriladi. Tahlil ham davr boshi, ham davr oxiridagi ko'rsatkichlarni, ham davr oxirini davr boshidagi ko'rsatkichlarga qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, aylanma mablag'larning ham davr boshida, ham davr oxirida manbalar bilan ta’minlanish darajasi hamda ularning davr oxirida davr boshiga nisbatan o‘zgarishlarining ahvoli batafsil tahlil etilishi kerak.
Moliyaviy barqarorlik tahlilini yuqorida bayon qilingan qoidalarga asoslanib quyidagi jadvaldan foydalanib amalga oshirish mumkin.



Ko'rsatkichlar

Yil boshi, ming so’m

Yil oxiri, ming so'm

O'zgarish (+,-)

O'z mablag'larining manbalari (O')

35625

38141

2516

Uzoq muddatli qarzlar va bank kreditlari (Q)

-

-

-

Uzoq muddatli aktivlar (U)

43912

44526

614

O'z ayianma mablag'lari (Z0 = O’ + Q - U)

8287

6385

-1902

Qisqa muddatli bank kreditlariva qarziar (B)

12161

22939

10778

Tovar-moddiy zahiralarni tashkil qiluvchi asosiy manbalar jami (Zo + B)

3874

16554

12680

Balans bo'yicha mavjud bo'lgan tovar-moddiy zahiralar jami summasi (Z)

30672

32149

1477

O 'z oborot mabalg'lari manbalarining zahira va sarflarga nisbatan ko'p (+), kamligi (-) (Z0 - Z)

-38959

-38534

425

Asosiy manbalar summasining zahira va sarflar hajmiga nisbatan ko'p (+), kamligi (-) (Z0 + B - Z)

-26798

-15595

-11203

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, fermer xo'jaligida moddiy ayianma mablag'lar o‘z mablag'larining manbalari bilan umuman qoplangan emas, bank krediti hisobiga ham to'liq qoplangan emas. Masalan, yil oxirida faqat 51,5% qoplangan, xolos. 15595 ming so‘mli (48,5%) moddiy ayianma mablag'lar qoplanish manbaiga ega emas. Shuning uchun fermer xo'jaligi bu qiyin holatdan chiqishi uchun o'z mablag'larining manbalarini oshirishi va qisqa muddatli kreditlardan to'liq foydalanishi zarur. Buning uchun quyidagi choralarni amalga oshirishi kerak:


- ortiqcha bo'lgan asosiy vositalarni sotishi zarur. Buni amalga oshirish uchun «Asosiy vositalar harakati to'g'risida»gi hisobotdagi asosiy vositalarni chuqur o'rganib (invetarizatsiya qilib) chiqishi va keraksizlarini aniqlab sotishi zarur;
- tovar moddiy zarxiralar tarkibidagi tayyor mahsulot va tovarlarni yuqori daromadli kanallar orqali tezlikda sotishi zarur;
- ishlab chiqarish zahiralarining tarkibini ham inventarizasiya qilib, keraksizlarini tezlikda sotishi zarur;
- tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi yil oxirida 27313 ming so‘mni tashkil qilgan, shu maqsad uchun olingan qisqa muddatli kredit 22939 ming so‘mni tashkil qilgan. Qoplanmagan qismiga ham qisqa muddatli kredit olish choralarini ko ‘rishi zarur;
- eng asosiysi tugallanmagan ishlab chiqarishdan olinadigan tayyor mahsulotni kam xarajatlar bilan keskin ko‘paytirish choralarini ko‘rishi zarur. Buning uchun tezlikda chora-tadbirlar ishlab chiqib, hayotga tadbiq etish zarur.
Ana shu tavsiyalar amalga oshirilsa o‘z mablag'lari manbalari keskin oshib, korxona moliyaviy jihatdan barqarorlashadi.




    1. Yüklə 138,7 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin