Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Agrosanoat majmui korxonalari faoliyati tahlilida qo’llaniladigan ko’rsatkichlar turlari



Yüklə 138,7 Kb.
səhifə3/9
tarix27.04.2023
ölçüsü138,7 Kb.
#103224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi

Agrosanoat majmui korxonalari faoliyati tahlilida qo’llaniladigan ko’rsatkichlar turlari




    1. Moliyaviy holatni o‘rganishning ahamiyati, tahlilning maqsadi, vazifalari va axborot manbalari

Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobi va boshqa axborotlarning ma’lumotlari asosida o‘rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi.


Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo‘lib korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, toMovga qodirligi, o‘z mablag'lari bilan ta’minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar darajasini o'rganish va tahlil etish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida tahlil qilib turish — korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart-sharoit yaratadi. Shu nuqtayi nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. Tahlil - korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash garovidir.
Moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi bo‘lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, tolovga qodirlik ahvolini, o‘z va qarz mablag‘lari bilan ta’minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bolgan holatini o‘rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatish hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari bolib, quyidagilar hisoblanadi:
1) korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o'zgarishiga baho berish;
2) moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o‘zgarishiga baho berish;
3) balans likvidligi ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning o‘zgarishini tahlil qilish;
4) korxonaning to‘lov layoqati koeffitsiyentini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish;
5) moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash va ularning o‘zgarishiga bag‘o berish;
6) ayianma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini o'rganish;
7) debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganish;
8) t'oydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo’yicha tavsiyalar, takliflar berish.
Moliyaviy holatni tahlil qilishning asosiy manbalari bo‘lib, quyidagi axborotlar hisoblanadi:
1) buxgalteriya balansi;
2) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
3) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
4) xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
5) debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotnoma.




    1. Yüklə 138,7 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin