Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Buxgalteriya balansi asosida xo'jalik mablag'lari, ularning manbalari tarkibi va tarkibiy tuzilishining tahlili



Yüklə 138,7 Kb.
səhifə4/9
tarix27.04.2023
ölçüsü138,7 Kb.
#103224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi

Buxgalteriya balansi asosida xo'jalik mablag'lari, ularning manbalari tarkibi va tarkibiy tuzilishining tahlili

Buxgalteriya balansi korxona mulki, kapitali va majburiyatlari hajmini ma’lum sanaga aks ettiruvchi maxsus jadvaldir. U ikki qismdan iborat bo'lib. uning aktiv qismida korxonaning asosiy va ayianma mablag'lari (mulki), passiv qismida kapitali va majburiyatlari aks ettiriladi. Balansning aktiv va passiv tomonlari o'zaro teng bo'ladi.


Buxgalteriya balansi, o'z navbatida, balans-brutto va balans-netto turlariga bolinadi. Xo'jalik mablag'larini boshlang'ich qiymati bo'yicha o'zida aks ettiruvchi balans brutto deb ataladi. Xo'jalik mablag'larni haqiqiy (qoldiq) qiymati bo'yicha aks ettiruvchi balans balans-netto deyiladi. Xo'jalik mablag'larining boshlang'ich qiymatidan ularning eskirish summasini chegirib tashlash orqali haqiqiy qiymati aniqlanadi.
Korxonaning moliyaviy holatini ifodalovchi barcha ko'rsatkichlar buxgalteriya balansi - netto moddalari asosida aniqlanadi va tahlil qilinadi. Buxgalteriya balansi aktividagi moddalar «Mablag'larni pul shakliga aylanish tezligi (likvidlik darajasi)» belgisi bo'yicha, passividagi moddalar esa «Majburiyatlarning to‘lov muddati darajasi» belgisi bo‘yicha maxsus guruhlarga bo‘lib o'rganiladi. Buni quydagi balans shaklidan ko‘rish mumkin.
Buxgalteriya balansi

Aktiv mulkning guruhlari

Yil boshiga

Yil oxiriga

Passiv mulk manbalarining guruhlari

Yil boshiga

Yil oxiriga

1. Uzoq m uddatli aktivlar (U)







1. O‘z mablag'larining manbalari (X)







2. Joriy aktivlar







2. Majburiyatlar







2.1. Tovar-moddiy zahiralar (Z)







2.1. Uzoq muddatli majburiyatlar (M)







2.2. Debitoriik qarzlari (D)







2.2. Qisqa muddatli qarzlar va kreditlar (В)







2.3. Pul mablagiari (P)







2.3. Kreditorlik qarzlari (K)







Balans:







Balans:







Buxgalteriya balansi asosida, birinchi navbatda, korxonaning umumiy moliyaviy holatiga baho beriladi. Buning uchun korxonaning mulki (aktivlari), kapitali va majburiyatlari (passivlari)ning tarkibi va tarkibiy tuzilishi ham da ularning o‘zgarishi tahlil qilinadi. Tahlilda gorizontal va vertikal usullaridan foydalaniladi. Tahlilda korxona aktivlari va passivlari, ulardagi umumiy va tarkibiy o'zgarishlar balansning har qaysi tomoni bo'yicha alohida o'rganiladi. Gorizontal tahlil usuli yordamida aktivning har bir bo‘limi va har bir moddasi bo'yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga, passivning ham har bir bo'limi va har bir moddasi bo'yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga solishtirib, mutlaq va nisbiy o'zgarishi (ko'payganligi yoki kamayganligi) aniqlanadi. Balans aktivi va passivi bo’yicha moliyaviy holatning tarkibini tahlil qilish bilan birgalikda ularning tarkibiy tuzilishi ham o'rganiladi. Buning uchun, avvalo, har bir bo'lim va moddalarning balans jam iga nisbatan salmog'i aniqlanadi. So’ngra yil oxiridagi salm og'ini yil boshidagi salm og'iga qiyoslab, tarkibiy tuzilishining o'zgarishi aniqlanadi va tahlil qilinadi.


Endi, fermer xo'jaligi umumiy moliyaviy holatining tahlilini ko'rib chiqamiz.

Korxona aktivlari (mulki)

Yil boshiga

Yil oxiriga

Farqi
(+;-)

Korxona passivlari (kapital, majburiyatlari)

Yil boshiga

Yil oxiriga

Farqi
(+;-)

1. Uzoq m uddatli aktivlar

43912

44526

614

1. 0 ‘z mablag'larining manbalari

35625

38141

2516

2. Joriy aktivlar

72466

65061

-7405

2. Majburiyatlar

80753

71446

-9307

2.1. Tovar-m oddiy zahiralar

30672

32149

1477

2.1. Uzoq muddatli majburiyatlar

10128

0

-10128

2.2. Debitoriik qarzlari

41000

32000

-9000

2.2. Qisqa muddatli qarzlar va kreditlar

12161

22939

10778

2.3. Pul m ablagiari

794

612

-182

2.3. Kreditorlik qarzlari

58464

48507

-9957

Balans:

116378

109587

-6791

Balans:

116378

109587

-6791

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxona mulki yilning oxirida shu yilning boshiga nisbatan 6791 ming so‘mga yoki 5,08%ga kamaygan. Shu jum ladan, uzoq muddatli aktivlar 614 ming so‘mga (1,4% ga) oshgan, ammo joriy aktivlar 7405 ming so'mga (10,12% ga) kamaygan. Jami joriy aktivlar tarkibida zahiralarning hajmi 1477 ming so'mga (4,8% ga) oshgan, ammo qolganlari kamaygan. Shundan debitor qarzlari 9000 ming so'mga (22% ga), pul mablag'lari 182 ming so‘mga (22,9% ga) kamaygan. Mulkning tashkil topish manbaida ham kamayish sodir bo'lgan. O'z mablag'lari manbai 2516 ming so'mga (7,1% ga) oshgan, am m o majburiyatlar hajmi 9307 ming so'mga (11,5% ga) kamaygan. Kreditor qarzlari 9957 ming so'mga yoki 17% ga kamaygan, qisqa muddatli majburiyatlar 10778 ming so'mga yoki 8 8% ga oshgan.
Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda balans ma lumotlari asosida nisbiy ko'rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyatga ega bo'ladi, chunki ular asosida moliyaviy holatni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi.
Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishda mutlaq ко’rsatkichlarga qaraganda nisbiy ko'rsatkichlar keng qoilaniladi. Nisbiy ко’rsatkichlar amaliyotda moliyaviy koeffitsiyentlar deb ataladi. Moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblashda mutlaq ko'rsatkichlardan foydalaniladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishda quyidagi moliyaviy koeffitsiyentlar ko‘proq ishlatiladi.
1. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti.
2. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti.
3. Tolovga qodirlik koeffitsiyenti.
4. O 'z va qarz mablag'larining o‘zaro nisbati koeffitsiyenti.
5. O’z aylanma mablag'lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti.
6. Moddiy aylanma mablagiar hissasi koeffitsiyenti.
7. Jami aylanma mablag'larning jami mulk qiymatidagi hissasi koeffitsiyenti.

Yüklə 138,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin