Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

bo’lishadi, ayniqsa, soliq to’lashdan ozod qilish davrini uzaytirish shaklida.
Shu bilan birga rag`batlantirishning oddiy va samarali usullari mavjud:
- barcha rag`batlantirishlarni olib tashlagan holda qonun tomonidan belgilangan korxonalar uchun foyda
solig`i stavkasini pasaytirish;
- hozirgi rag`batlantirishlarni olib tashlagan holda, kamroq ixtiyoriylikga ega bo’lgan samaraliroq
rag`batlantirishlarni joriy etish;
- rag`batlantirish sifatida vaqtinchalik soliq to’lashdan ozod etishni qoldirish, ammo uning ixtiyoriyligi
va diskriminatsion xarakterini susaytirish.
21–MAVZU.  INVESTITSION LOYIHA TAHLILI
Umumiy tarzda olganda loyiha – bu muayyan maqsadni ko’zlagan, korxona faoliyatini o’zgartirish
to’g`risidagi maxsus tarzda rasmiylashtirilgan taklifdir.
Investitsiyaviy loyiha – cheklangan vaqt va cheklangan resurslar bilan muayyan maqsadga erishish
uchun yo’naltirilgan, o’zaro bo`gliq va muvofiqlashitirilgan tashkiliy, texnik va investitsiyaviy tadbirlar
majmuasidir.
Loyiha sifatida ko’p narsani qabul qilish mumkin: elevator qurish, mahsulot ishlab chiqarishning yangi
texnologiyasini ishga tushirish, o’quv seminarlarini o’tkazish, traktorni ta'mirlash va h. Bunday
tadbirlarning barchasi bir qator umumiy belgilarga ega:
- ular muayyan va aniq belgilangan maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan;
- bir qator o’zaro bog`liq hatti-harakatlarni amalga oshirishni nazarda tutadi;
- boshlanish va tugallanish vaqti aniq belgilangan bo’ladi;
- resurslarning cheklanganligi va tashqi sharoitlarning mavjudligi bilan (institutsional, iqtisodiy, huquqiy
va h.) tavsiflanadi;
- resurslarni kiritish va natija olish jarayonlari o’zaro bog`langan, bunda bir martalik qo’yilmalar
(vaqtning cheklanganligi) uzoq vaqt davomida natijalarga o’z ta'sirini ko’rsatadi;
- har biri takrorlanmas sharoitlarga ega va o’ziga xos.
Sanab o’tilgan belgilar loyihalarni boshqa turdagi tadbirlardan farqlash imkonini beradi; ularning
mavjudligi tadbirni loyiha sifatida e'tirof etilishiga imkon beradi.
Loyihalarni, odatda, taktik va strategik loyihalarga ajratadilar. Strategik loyihalarga mulkchilik
shaklining o’zgarishini nazarda tutadigan loyihalar kiradi. Taktik loyihalarga esa ishlab chiqarilayotgan
mahsulot hajmini o’zgarishi, mahsulot sifatini oshishi, uskunalarni zamonaviylashtirish bilan bog`liq
loyihalar kiradi.
Mazkur loyihaga nisbatan investitsiyaviy faoliyatni tartibga solish jarayoni loyiha davri deb atalmish
shaklda rasmiylashtiriladi, u quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
1.Loyihani ifodalash (ayrim hollarda «identifikatsiyalash» atamasi
 qo’llaniladi).
2. Loyihani ishlab chiqish (tayyorlash).
3. Loyiha ekspertizasi.
4. Loyihani amalga oshirish.
5. Natijalarni baholash.
Investitsiyaviy loyihalar turlari.
Loyihaviy tahlilning ko’p yillik amaliyoti loyihalar ishlab chiqish tajribasini umumlashtirish imkonini
beradi. Chet el amaliyotida uchraydigan investitsiyaviy loyihalarning asosiy turlari quyidagilardan iborat.
1. Mavjud tadbirkorlik faoliyati miqyoslarini o’zgartirmasdan, jismoniy eskirgan uskunalarni
almashtirish.
2. Joriy ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida uskunalarni almashtirish (ma'naviy
eskirish).
3.  Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yoki xizmat ko’rsatish
bozorini kengaytirish.
4. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida korxonani kengaytirish.
5. Ekologik yuklamaga ega bo’lgan loyihalar.
6. Qaror qabul qilish mas'uliyati borasida muhim bo’lgan boshqa turdagi loyihalar.
Investitsiyaviy loyihalar tahlilining jihatlari.
Investitsiyaviy loyihani amalga oshirish natijasida kutilgan ijobiy samaraga erishish uchun, asosiy
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

talablarga amal qilinishini nazorat qilib borish zarur. Ushbu talablarga rioya qilish tahlili, loyihani
muvoffaqiyatli amalga oshishini, unga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritilishini yoki, ijobiy natijaga erishish
mumkin bo’lmagan taqdirda, loyihadan voz kechish to’g`risida habar beradi. Eng muhimi bunday tahlil
ko’p aspektlar nuqtai nazaridan amalga oshiriladi, chunki mavjud talablardan bittasining bo’lsa ham hisobga
olinmasligi loyiha ishtirokchilari uchun salbiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Loyihani tizimlashtirish uchun quyidagi aspektlarni ajratish qabul qilingan:
- tijorat tahlili;
- texnik tahlil;
- ijtimoiy tahlil;
- institutsional tahlil;
- ekologik tahlil;
- moliyaviy tahlil;
- iqtisodiy yoki jamiyat samaradorligi tahlili.
Tijorat tahlili.
Tijorat tahlilining maqsadi – ishlab chiqarilishi mo’ljallangan mahsulot va xizmatlar bozorlari, hamda
ishlab chiqarish uchun lozim bo’lgan moddiy va moliyaviy resurslar bozorlari nuqtai nazaridan loyiha
istiqbollarini baholashdir. Umuman olganda loyihaning muvoffaqiyati yoki inqirozga uchrashi, loyiha
mahsuloti iste'molchilari, loyiha xizmatlaridan foydalanuvchilar, resurslarni yetkazib beruvchi va potensial
investorlarga bog`liq bo’ladi.
Tijorat tahlili har doim bozorlarni o’rganishdan boshlanadi. Loyiha mahsuloti, uni amalga oshirish
uchun lozim bo’lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning joriy kon'yunkturasini o’rganib bo’lgandan
so’ng, tegishli bozorlarni rivojlanish tendensiyalari aniqlanadi va loyihaga tegishli ko’rsatkichlar dinamikasi
prognoz (bashorat) qilinadi.
Bozorlar tahlili. Mahsulot bozori tahlilida quyidagi savollarga javob topish lozim:
- mahsulot qayerda sotiladi?
- mahsulot narxi tushib ketmasligi uchun bozorning sig`imi yetarlimi?
- agarda narx tushib ketishi aniq bo’lsa, u qanchalik tushib ketadi?
- yangi narxlarda loyiha moliyaviy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo’ladimi?
- loyiha bozor umumiy sig`imining qanday ulushini ta'minlashi mumkin;
- yangi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish uchun yetarlicha ishlab chiqarish resurslari mavjudmi?
- loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulotni qayta ishlash imkoniyatlarini oldindan ko’rib chiqish
lozimmi, yoki uni qayta ishlash va marketingi uchun yangi loyiha tuzish maqsadga muvofiq bo’ladimi?
- mahsulotni bozorga olib chiqish uchun qanday moliyaviy tadbirlarni amalga oshirish lozim bo’ladi va
marketingni moliyalashtirish uchun loyihada qanday maxsus choralarni oldindan nazarda tutish lozim?
- davlat subsidiyalarini olish yoki narxlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari qanday?
Resurslar bozori   - narxlar kon'yunkturasi, moddiy-texnik va mehnat resurslari, uskunalar, xom-ashyo
va materiallarning mavjud hajmlari va sifati nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.
Biznes-reja ishlab chiqish jarayonida loyiha tomonidan talab qilinayotgan yetkazishlarni (misol uchun,
dehqonchilikda yangi texnologiya yoki tizimni joriy qilishda o’g`itlar, pestitsidlar va yuqori sifatli urug`lar)
ta'minlash bo’yicha lozim bo’lgan tadbirlarni oldindan ko’rib chiqish lozim. Loyihani talab qilinayotgan
resurslar bilan ta'minlash uchun yetarli bo’lgan bozor kanallarining mavjudligi va ularning o’tkazish
qobiliyatini aniqlash; yetkazib berishlarning yangi kanallarini yoki mavjud kanallarni moslashtirish uchun
maxsus tadbirlarni o’tkazish lozimligini aniqlash kerak. Xususan, uskunalarni yetkazish bo’yicha adolatli
narx belgilash uchun konkurs savdolarini o’tkazish qo’llaniladimi, xaridlar bo’yicha tavsifiy ro’yxatni kim
tuzadi va h.
Moliyaviy bozorlarni o’rganish jarayonida loyihani amalga oshirish uchun qarz kapitalini jalb etish
imkoniyatlari, moliyaviy resurslarning amaldagi narxlari, kreditlashning tipik sharoitlari tahlil qilinadi.
Moliyalashtirishning eng qulay sxemasini tanlash uchun quyidagilar to’g`risida to’liq axborotga ega bo’lish
lozim:
- investitsiyalarni uzoq muddatli moliyalashtirish uchun kredit resurslariga ega bo’lish imkoniyatlari;
- loyihani amalga oshirish jarayonida aylanma vositalarni to’ldirish maqsadida qisqa muddatli
moliyalashtirish uchun kredit resurslariga ega bo’lish imkoniyatlari;
- kredit uchun (kreditlash turlari bo’yicha) o’rtacha, minimal va maksimal foiz;
- qarzni mumkin bo’lgan qaytarish muddatlari;
- imtiyoz berish shartlari (kreditlash davri, foiz to’lovlarini to’lash va h. bo’yicha);
- kafolat yoki garov ta'minoti taqdim etish zaruriyati.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Moliyaviy bozorning ushbu asosiy tavsiflaridan tashqari, resurs yetkazib beruvchilarning moliyaviy
ahvolini va ushbu resurslarni xarid qilish uchun kredit olish imkoniyatlarini aniqlash lozim.
Bozorlar rivojlanishini prognoz qilish. Bozorlar tahlili va asosiy tendensiyalarni aniqlash jarayoni
tugagandan so’ng, loyiha biznes-rejasini tuzishda foydalaniladigan, quyidagi ko’rsatkichlarning prognoz
qiymatlari hisoblanadi:
- loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar narxi;
- asosiy resurslarning narxi;
- inflyatsiya darajasi;
- kredit uchun foiz stavkasi;
- loyihada ishtirok etayotgan valyutalarning ayirboshlash kurslari va h.
Prognoz turli xil uslublardan foydalangan holda (statistik, iqtisodiy-matematik, imitatsion va h.)
loyihaning butun hayotiy davriga tuziladi. Mahsulot va resurslar narxlarini asoslashda, odatda, talab va
taklif mutanosibligi modellaridan foydalaniladi.
Talab tahlili loyiha salohiyatini baholashning asosi hisoblanadi, shuning uchun bu ishga maksimal
mas'uliyat bilan yondashish lozim. Loyiha mahsuloti uchun bozor o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan fikr
noto’g`ri bo’ladi. Bularning barchasi, talab tuzilmasini va uning narx, sifat va boshqa omillarga
ta'sirchanligini aniqlash bilan birgalikda, qayta-qayta tekshirilishi lozim.
Hattoki eng batafsil tahlildan keyin ham talab prognozlari hato chiqishi mumkin, ayniqsa uzoq muddatli
prognozlar. Iste'molchilarning texnologiyalari, daromadlari, hatti-harakatlarini prognoz qilish doimo
noaniqlik sharoitlarida amalga oshiriladi va shuning uchun ham juda murakkab hisoblanadi. Bundan
tashqari, bunday prognoz uchun birlamchi ma'lumotlar aniq emas yoki umuman yo‘q bo’ladi.
Ixtisoslashtirilgan uslub bo’yicha ma'lumot yig`ish esa juda ham qimmat, va uning samaradorligini
kafolatlash qiyin.
Bunga qaramasdan, tadbirkorlik amaliyoti doimiy tarzda uzoq muddatli oqibatlarga ega qarorlarni qabul
qilishni taqozo etadi. Misol uchun, sug`orish tizimini barpo etish yoki suv omborini qurish yirik kapital
qo’yilmalarni talab etadi, va amalga oshirilishi boshlangan loyihani katta yo’qotishlarsiz to’xtatish deyarli
mumkin emas. Loyiha miqyosi, muddatlari yoki joylashuvini tanlashda yo’l qo’yilgan xatolar xal qiluvchi
rolni o’ynashlari mumkin. Ishonchli prognoz (bashorat) qilib bo’lmaydigan vaziyatlarda esa, mutaxassislar
voqealar kelajakdagi rivojlanishining mumkin bo’lgan ssenariylarini ko’rib chiqishlari shart.
Talab prognozlarini ularga ketadigan xarajat qiymatini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. Ya'ni
ikki turdagi xarajatlarni taqqoslash lozim: prognozni tayyorlash qiymati (shu jumladan, ma'lumotlarni
yig`ish va to’ldirish xarajatlariga) va noto’g`ri prognozdan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan xarajatlar. Qaror qabul qilish birinchi navbatda kapital qo’yilma hajmiga bog`liq bo’ladi. Loyihaviy
tahlilning boshqa jihatlari singari, prognozlarning murakkabroq uslubiyoti ishonchliroq axborot bilan
ta'minlashi mumkin, ammo u ko’proq pul va vaqtni talab qiladi. Odatda, har bir loyiha shunday chegara
mavjudki, axborot uchun undan yuqori xarajatlar o’zini oqlamaydi.
Boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda, tovarning bozor narxi va unga bo’lgan talab miqdori
o’rtasida muayyan nisbat mavjud bo’ladi. Makroiqtisodiyotning ushbu aksiomasi bozorlar tahlili asosini
tashkil etadi.
Narxdan tashqari talabga quyidagi muhim omillar ham o’z ta'sirini ko’rsatadi:
- iste'molchilarning o’rtacha daromadi (ushbu ko’rsatkich oshganda talab ham oshishi kutiladi);
- bozor miqyosi (yirik shaxarlarda talab hamisha yuqori);
- o’zaro bog`liq tovarlarning narxi va ularni xarid qilish imkoniyati, bu ayniqsa muayyan tovarni o’rnini
bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlarga tegishli;
- iste'molchilarning didi, an'analari va istaklari;
- bozorning maxsus sharoitlari (misol uchun, kelajakdagi iqtisodiy o’zgarishlarni kutish – narx,
inflyatsiya va h.).
Taklif egri chizig`iga ta'sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish xarajatlari;
- texnologik taraqqiyot;
- foydalaniladigan resurslar va xom-ashyo narxlaridagi o’zgarishlar;
- mazkur bozordagi firmalar miqdori;
- bozor tuzilmasi.
Yuqorida sanab o’tilgan omillardan istalgan bittasining o’zgarishi, har qanday joriy narxda ham, taklif
hajmining o’zgarishiga olib keladi. Xususan, taklif loyihani amalga oshirilishi munosabati bilan ham
o’zgarishi mumkin. Misol uchun, sut qayta ishlash jarayonining kam xarajatli texnologiyasini joriy etish
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

ishlab chiqarish xarajalarini kamaytiradi. Sut zavodi ko’proq mahsulot ishlab chiqargan holda, taklifni
oshiradi va narxni pasaytiradi.
Loyihaviy tahlil loyihalarni ishlab chiqishda xal qiluvchi rolni o’ynashiga qaramasdan, unga xanuzgacha
kam e'tibor qaratiladi. Har bir loyihaning muvoffaqiyati yoki muvoffaqiyatsizligini aynan bozor belgilaydi,
shu sababdan ham loyihaviy tahlilning boshqa jihatlariga (aspektlariga) o’tishdan oldin, mahsulot va
resurslar bozorlarini batafsil o’rganish lozim.
Texnik tahlil.
Texnik tahlilning asosiy masalalari bo’lib loyihaning optimal miqyosi, uning tarkibiy qismlari,
joylashuvi, amalga oshirish muddatini aniqlash, texnologiya tanlash va boshqa texnik va texnologik
masalalar xizmat qiladi. Ko’pgina hollarda eng qulay variantni tanlashda moliyaviy tavsiflarga asosiy e'tibor
berilishiga qaramasdan, ekologik tavsiflar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnik tahlilda moliyaviy, ekologik, tijorat va boshqa tahlillarning natijalaridan foydalanilganligi
sababli, tahlilning ushbu turi har doim boshqa tahlillar bilan parallel ravishda olib boriladi.
Loyiha miqyosi, deyarli barcha hollarda o’zgaruvchan kattalik bo’lib, loyihani ishlab chiqish jarayonida
aniqlanadi. Qishloq xo’jaligi va sanoatda, loyiha miqyosi, birinchi navbatda mahsulotga bo’lgan talabga
bog`liqdir. Loyihani amalga oshiruvchi tashkilot imkoniyatlari ham muhim ta'sir ko’rsatishi mumkin. Ayrim
hollarda foydalanilishi mo’ljallangan hududiy yoki tabiiy resurslar bo’yicha jismoniy cheklanishlar xal
qiluvchi rolni o’ynashi mumkin.
Amaliyotda tekshirilgan texnologiyalarning mavjud bo’lmaganligi, odatda bosqichma-bosqich
yondashuvdan foydalanishga olib keladi. Bunday yondashuv tadqiqotlar va moslashuvdan boshlangan
holda, keyinchalik namunaviy loyiha va bir oz tajriba orttirilgandan so’ng to’liq miqyosdagi loyihagacha
o’sib boradi. Shuningdek miqyos moliyaviy ko’rsatkichlarga ham bog`liq bo’lishi mumkin (misol uchun,
loyiha ekspluatatsiyasi yoki uskunalarni davriy yangilash xarajatlari hajmiga). So’nggi natijani
maksimumga olib keluvchi miqyos esa har doim optimal sanaladi.
Afsuski, loyiha miqyosini tanlash jarayoni faqatgina texnik nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi, va unda
loyihaning moliyaviy va iqtisodiy jihatlari (aspektlari) e'tiborga olinmaydi. Bunday holatda, tanlangan
miqyos natijalarni maksimumga olib kelishga yordam berishiga ishonish qiyin.
Loyihalarning tarkibiy qismi. Ko’pgina rivojlanish loyihalari, faoliyatning turli sohalari yoki turlariga
mansub bo’lgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’lishlari mumkin. Misol uchun, qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishi bilan bog`liq loyiha, sug`orish va drenaj tizimlarini o’zlashtirish, turli xil mahsulotlarni ishlab
chiqarish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga ko’maklashish va h. o’z ichiga olgan bo’lishi mumkin.
Tahlilning birinchi darajali vazifasi – loyihaning turli tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabatlarni
aniqlashtirishdir. Maktab va tibbiyot muassasalarini barpo etish qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining
unumdorligiga qandaydir munosabatda bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin.
Agarda loyiha tarkibiy qismlari o’zaro qalin bog`langan bo’lsa, individual tarzda xarajat va
daromadlarni taqsimlashning ma'nosi yo’q; shuning uchun ham turli xil tarkibiy qismlar uchun daromadlilik
stavkalarini alohida-alohida hisoblash kerak emas. Bunday holatda butun loyiha uchun sof samarani
hisoblash, va keyinchalik, qaysi bir tarkibiy qism hisobiga uni oshirish mumkinligini ko’rib chiqish lozim.
Agarda loyiha tarkibiy qismlarining o’zaro bog`liqlik darajasi past bo’lsa, ularning har birini alohida
tahlil qilish lozim. Buning uchun moliyaviy tavsiflardan ham foydalaniladi, bunda turli xil tarkibiy qismlar
olinayotgan foyda nuqtai nazaridan o’zaro o’rinbosuvchi, to’ldiruvchi yoki mustaqil bo’lishlari mumkin.
Agarda loyihalarni birgalikda amalga oshirishning umumiy foydasi, ularni alohida amalga oshirishda
olinadigan foydadan kam bo’lsa, bunday loyihalar o’zaro o’rinbosuvchi deb, aks holda o’zaro to’ldiruvchi
loyihalar deb ataladi. Agarda loyiha mustaqil tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’lsa, unda har bir tarkibiy
qismni alohida amalga oshirishdan olingan foyda summasi, loyihaning umumiy foydasiga teng bo’ladi.
Xarajatlar nuqtai nazaridan ham o’xshash tahlil amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim ko’p qismli loyihalar, xarajatlar nuqtai nazaridan o’zaro to’ldiruvchi, foyda nuqtai nazaridan esa
o’zaro o’rinbosuvchi bo’ladilar. Bunda moliyaviy tahlil, ko’p qismli loyihani amalga oshirishdagi
xarajatlarning tejalishi umumiy loyiha samaradorligiga qay tarzda ta'sir ko’rsatishini aks ettirishi lozim.
Bundan tashqari, ko’p qismli loyihalarning amaliy bahosi tahlilning texnik, texnologik, tijorat va boshqa
jihatlarini ham e'tiborga olishi lozim.
Joylashuv. Loyiha joylashuviga ta'sir etuvchi omillar ham juda xilma-xil bo’lib ularni ham prognoz
qilish lozimdir. Tabiiyki, so’nggi natijani maksimumga olib keluvchi joylashuv eng qulay hisoblanadi.
Ko’pgina hollarda joylashuvni tanlash, turli xil fikrlar o’rtasida barchani qoniqtiradigan qarorga kelish
zaruriyati bilan ifodalanadi. Har bir qaror o’z ustunlik va kamchiliklariga ega, ularni baholaydilar va eng
yaxshisi tanlanadi.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Turli xil variantlar, quyidagilarning yaqinligi va qiymatini hisobga olgan holda ko’rib chiqiladi:
- qulay fizik tavsiflarga (yer tuzilishi, qurilish uchun sharoitlar va h.) ega yer uchastkasi;
- xom-ashyo va materiallar bozori;
- loyiha bo’yicha ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan, mahsulot bozori;
- energiya manbalari;
- ishlab chiqarish infratuzilmasi (suv, elektr uzatish liniyalari, yoqilg`i, aloqa vositalari, avtomobil va
temir yo’llar va h.);
- ijtimoiy infratuzilma (bolalar bog`chalari, maktablar, do’konlar, kasalxonlar va h.);
- ishchi kuchi (malakali, past malakali, malakasiz).
Tanlangan variant loyihaning barqaror amalga oshirilishini va minimal xarajatlar bilan maksimal
daromadga erishishini ta'minlashi lozim.
Loyihani amalga oshirish muddatlari. Loyihani amalga oshirish muddatlari loyihani tayyorlash
jarayonida alohida ko’rib chiqiladigan masala hisoblanadi, chunki ularning optimalligi aniq asoslangan
bo’lishi lozim. Loyiha taklif etayotgan mahsulotga bo’lgan talab, texnologiyalarning ahvoli yoki qandaydir
qo’shimcha kapital qo’yilmalarning imkoniyatlari loyihani iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qilish
uchun yetarli bo’lmasligi va shu sababdan loyiha muddatidan ilgarilab ketgan bo’lishi mumkin. Ikkinchi bir
tomondan, loyiha kechikib qolishi havfi ham mavjud.
Loyihaviy tahlil uslubiyotida hisob davri tushunchasi mavjud. Loyihaning investitsiyaviy, operatsiyaviy
va moliyaviy faoliyati barcha turlarining natijalari bo’yicha moliyaviy oqimlar ushbu davr uchun
hisoblanadi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish mumkinligi mezonlarining qiymatlari, hamda
tavakkalchilik va noaniqlikni baholash ham aynan shu davrga nisbatan amalga oshiriladi.
Hisob davri qadamlarga bo’linadi; har bir qadam uchun har bir pul oqimi bo’yicha qiymatlar aniqlanadi.
Pul oqimlarining qadam qiymatlari yig`indisi, keyinchalik loyiha samaradorligi va amalga oshirish
mumkinligini aniqlash uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Hisob davri, odatda, vaqt bo’yicha loyihani amalga oshirishning hayotiy sikli bilan bir xil bo’ladi. Shu
bilan birga loyihaning identifikatsiya va ishlab chiqish bosqichlarida loyihani boshlash va tugallash
muddatlarini belgilash alohida e'tiborni talab qiladi, chunki loyiha bo’yicha qaror qabul qilish sifati ko’p
jihatlari bilan aynan muddatlarni to’g`ri belgilashga bog`liqdir.
Hisob davrining boshlanishi sifatida, odatda, investitsiyaviy bosqich boshlanishi qabul qilinadi. Bu
degani, barcha hisob-kitoblar kredit taqdim etish shartnomasi imzolangan vaqtdan yoki loyihani
moliyalashtirish uchun birinchi transh o’tkazilgan vaqtdan boshlanadi. Agarda loyiha shaxsiy mablag`lar
hisobiga moliyalashtiriladigan bo’lsa, hisob davri boshi sifatida loyihani amalga oshirish maqsadida
kiritilgan birinchi moliyaviy qo’yilma vaqti qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, loyihani amalga
oshirishni boshlash bilan bog`liq bo’lgan, investitsiya ob'ektida ro’y bergan pul oqimlaridagi birinchi
o’zgarish hisob davrining boshlanishidir.
Hisob davrining tugashi esa, odatda, loyihani likvidatsiya qilish (tugatish) jarayonidagi so’nggi hatti-
harakat vaqtiga to’g`ri keladi.
Loyihani tabiiy tarzda tugatilishi, loyiha bo’yicha xarid qilingan uskunalar xizmat davrining tugashi
yoki loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulot savdosining to’xtatilishi kabi, oldindan rejalashtirilgan
sharoitlar sababli bo’lishi mumkin.
Loyihani tugatishning rejalashtirilmagan sabablariga esa avariyalar, halokatlar, chuqur iqtisodiy
inqirozlar, bozor kon'yukturasidagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Albatta, loyiha samaradorligini tahlil
qilishda, bunday holatlarning yuzaga kelishi mumkinligi faqatgina tavakkalchiliklarni baholashda hisobga
olinadi va hisob davri tugallanishiga hech qanday ta'sir ko’rsatmaydi.
Texnologiya tanlash. Texnik tahlil loyihaning muhandislik nuqtai nazaridan ishlab chiqishning
alternativ variantlarini o’rganishni o’z ichiga oladi. Xususan, agarda yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki
umuman yangi texnologiya joriy qilish nazarda tutilgan bo’lsa, odatda, bir nechta variantlardan tanlash
imkoni paydo bo’ladi. Tanlovni amalga oshirishda maqsadga muvofiqlik va samaradorlik ko’rsatkichlari xal
qiluvi hisoblanadi. Mavjud bo’lgan texnologiyalardan, loyiha maqsadlariga eng to’la javob beruvchi, va
ob'ektda shakllangan sharoitlarga muvofiq keladigani tanlanadi. Investitsiyaviy ob'ektda shakllangan
sharoitlar deganda quyidagilar tushuniladi:
- mazkur texnologiya bilan ishlashi nazarda tutilgan texnik-muhandis kadrlarning va boshqa
xodimlarning malakasi;
- uskunani qo’llashning texnik sharoitlari (energiya manbalarining mavjudligi, quvvati, kuchlanishi va
elektr ta'minotining barqarorligi, amaldagi suv ta'minoti, kanalizatsiya va aloqa tizimlari va h.);
- texnologiya qismlarini joylashtirish imkoniyatlari.
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin