Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

-
ayrim mintaqalar, tarmoqlar, ishlab chiqarishlarni rivojlantirish uchun dotatsiyalar, subsidiyalar,
subvensiyalar, byudjet ssudalari orqali moliyaviy yordam ko‘rsatish;
-
kredit siyosatini, davlat me'yori va andozalarini, yakka hokimlikka qarshi tadbirlarini amalga
oshirish. Davlat mulkini, shu jumladan tugatilmagan qurilishlarni xususiylashtirish (davlat tasarrufidan
chiqarish) hamda baholarni tashkil etish siyosati;
-
yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart- sharoitlarini aniqlash;
-
investitsiya loyihalarini tekshiruvdan o‘tkazish.
Bugungi kunda yuqorida qayd etilgan chora va tadbirlarni hayotga tatbiq etish maqsadida respublikada
bu borada bir necha qonunlar qabul qilindi. Afsuski, investitsiya faoliyatini to‘la-to‘kis ravishda
muvofiqlashtirishni ma'lum ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko‘ra joriy etilishi qiyin bo‘lmoqda. Ayniqsa,
inflyasiya kuchaygan davrda hamda yangi banklar tizimi vujudga kelayotgan jarayonda kredit siyosatini
bozor munosabatlariga moslashishi og‘ir bo‘lmoqda. Mustaqil mamlakatimiz o‘z kredit siyosatini yuritish
bo‘yicha tajribasizligi hamda uni amalga oshirish, iqtisodiyotni zaiflashgan bir davriga to‘g‘ri kelishi
munosabati bilan deyarli ta'sir ko‘rsatganicha yo‘q. Moliya siyosatini yurgizishda, shu jumladan, soliqlar
tizimini takomillashtirishda ham anchagina ishlar qilinishi lozim. Bozor munosabatlari rivojlanayotgan
davrda, investitsiya loyihalarini ekspertizalash sohasida ham tajriba yo‘qligi tufayli ko‘zlangan samaraga
erishish to‘la-to‘kis ta'minlanganicha yo‘q. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ham anchagina
muammolar yechilishi lozim. Respublikamizda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning
e'tibori birinchi navbatda qayd qilingan muammolarni bartaraf etishga qaratilishi zarur.
Investitsiyalar yo‘nalishlarini aniqlashda mavjud bo‘lgan vaziyatni hisobga olish, O‘zbekiston
iqtisodiyotini qayta qurish, chet mamlakatlar bilan aloqalar mustahkamlanishi, jahon bozoriga o‘z mahsuloti
bilan chiqishni asosiy masala qilib olish lozimdir. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish masalasi investitsiya
faoliyatini tashkil qilishni mavjud moddiy va moliyaviy resurslar bilan bog‘langan holda olib borishni talab
qiladi va ishlab chiqarish investitsiyalarini eng zarur bo‘lgan tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilishini
taqozo etadi. Bu borada ayniqsa, paxtachilik bilan bog‘liq bo‘lgan va tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan
korxonalarni rivojlantirishga e'tiborni kuchaytirish zarurdir. O‘zbekiston sharoitida investitsiyalar yangi
texnologiyalarni o‘zlashtirishga hamda namunaviy mashina, asbob-uskunalarni kirib kelishiga qaratilishi
juda ham samaralidir.
Iqtisodiyotni inqirozdan chiqarishda uni barqarorlashtirishda hamda yuksak darajada rivojlantirish
hayotiy masala investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda quyidagi savollarga javob berishdir: Kapital
qo‘yilmalar siyosati qanday olib borilishi lozim; davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan
investitsiyalar qanday hajm va nisbatlarda o‘zlashtirilishi kerak; boshqa mulkchilik shakllaridagi korxonalar
investitsiyalarini nimalarga qaratishi kerak; chet el investitsiyalari birinchi navbatda qaysi tarmoqlarga
qanday kirib kelishi zarur va boshqalar.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirishni muhim shartlaridan biri muomalada bo‘lgan pul birligining
qadrsizlanishini oldini olishdir. Investitsiya faoliyatidan olinadigan samarani ko‘paytirish maqsadida
investitsiyalar hajmini, yo‘nalishlarini va manbalarini aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu bilan
birgalikda yangi moliyalashtirish, kredit bilan ta'minlash, bahoni tahlil qilish, soliqqa tortish tizimlarini
takomillashtirishdir. Tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazish maqsadida chet el investorlari uchun siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni yaratish, ularni qo‘yilmalarini davlat tomonidan sug‘urtalash, turli
imtiyozlar berish muhim hisoblanadi.
Bozor infratarkibi rivojlanishi investitsiyalar bozorini tashkil etilishiga olib keladi. Bu esa o‘z
navbatida davlatning markazlashgan kapital qo‘yilmalar siyosatiga o‘zgarishlar kiritadi. Turli mulkchilikni
shakllanish munosabati bilan davlat investitsiyalarining ulushi, ularning hajmida anchagina pasayadi.
Boshqa mulk turlari bo‘yicha investitsiyalarning hajmi esa keskin o‘sadi.
4-MAVZU. INVESTITSIYAVIY FAOLIYAT SUB'EKT VA OB'EKTLARI
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda uning ob'ekt va sub'ektlari ishtirok etadi. Investitsiya sub'ektlari-
investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo‘lgan jismoniy, huquqiy
shaxslar va davlatdir.
1
 Investitsiya sub'ektlari orasidagi munosabatlar ishlab chiqarish xususiyatiga egadir.
Kapital qo‘yilmalar shaklida investitsiya faoliyatini amalga oshirish sub'ektlari quyidagilardir: investorlar,
buyurtmachilar, pudratchilar, kapital qo‘yilma ob'ektlaridan foydalanuvchilar va boshqalar.
Investorlar o‘z mablag‘i yoki jalb qilingan mablag‘ yordamida kapital qo‘yilmalarni amalga oshiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmasi, davlat organlari va chet ellik yuridik va jismoniy
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

shaxslar investor bo‘lishlari mumkin.
Investorlar quyidagalarni amalga oshirishda teng huquqqa ega:
-
kapital qo‘yilmalar shaklida investitsiya faoliyatini amalga oshirishda;
-
kapital qo‘yilmalar hajmi va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash hamda investitsiya faoliyatining
boshqa sub'ektlari bilan shartnomalar tuzishda;
-
kapital qo‘yilmalar hisobiga yaratilgan, sotib olingan ob'ektlarga egalik qilish, foydalanish va
tasarruf etish;
-
shartnoma yoki davlat shartnomasi orqali kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish va uning
natijalariga bo‘lgan huquqni yuridik va jismoniy shaxslarga, davlat va mahalliy hokimiyatga o‘tkazish;
-
imzolangan shartnomalar asosida birgalikda kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish uchun o‘zining va
jalb qilingan mablag‘larni boshqa investorlarning mablag‘lari bilan birlashtirish;
-
kapital qo‘yilmalarga yo‘naltirilgan mablag‘larni maqsadga muvofiq ishlatilishini nazorat qilish.
Buyurtmachilar - investorlar tomonidan investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun vakil etilgan
yuridik va jismoniy shaxslar. Shu bilan birga, ular investitsiya faoliyati sub'ektlarining tadbirkorlik
faoliyatiga aralashmaydilar. Buyurtmachilar rolida investorlarning o‘zlari ham namoyon bo‘lishlari
mumkin. Investorlar bo‘lmagan buyurtmachilar esa shartnomada belgilangan tartibda va davrda kapital
qo‘yilmalarga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladilar.
Pudratchilar - yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lib, ular buyurtmachilar tuzgan shartnomalar asosida
ishlarni bajaradilar. Pudratchilar qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga
(litsenziyaga) ega bo‘lishlari kerak. Qurilish faoliyatini litsenziyalash qurilish mahsulotlari iste'molchilarini
huquqlarini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
Kapital qo‘yilma ob'ektlaridan foydalanuvchilar - bular yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat
organlari, mahalliy hokimiyat, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar bo‘lib, ushbu ob'ektlar ular uchun
yaratiladi.
Investorlar kapital qo‘yilma ob'ektlaridan foydalanuvchilar rolida namoyon bo‘lishi mumkin.
Investitsiya faoliyati sub'ekti uning ikki va undan ortiq funksiyalarini qo‘shib olib borish imkoniyatini
beradi. Investitsiya faoliyati sub'ektlari davlat organlari tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarishi hamda
maqsadli ravishda kapital qo‘yilmalardan foydalanishi zarur.
Investitsiya faoliyati investor tomonidan tanlangan sohalar hamda investitsiyalar sarflanishi lozim
bo‘lgan maqsadlar bilan ya'ni investitsiya ob'ektlari bilan bog‘liqdir.
Investitsiyalarni yo‘naltirish sohalari, ishlab chiqarishda ishtiroki va sarflanish ishlariga binoan
investitsiya faoliyatining quyidagi ob'ektlarini farqlash mumkin:
-
xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi yangidan yaratilgan va modernizatsiyalashtirilgan
(yangilangan) asosiy fondlar va aylanma mablag‘lari;
-
fan-texnika mahsulotlari, izlanishlar, ta'limot, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
-
intellektual g‘oyaviy boyliklar, mualliflik, ixtiro, kashfiyot huquqlari, tajriba;
-
qimmat baholi qog‘ozlar, maqsadli pul jamg‘armalari;
-
boshqa mulkchilik ob'ektlari;
-
mulkiy huquqlar.
Qonun va qonuniyatlarda taqiqlangan ekologik va boshqa me'yorlarga, sanitariya-gigiena talablariga
javob bermaydigan, yaratilishi va ishlatilishi mumkin bo‘lmagan vositalar uchun investitsiyalarni
yo‘naltirish man etiladi va bu ishlar investitsiyalarni sarflash ob'ekti bo‘la olmaydi. Fuqarolar, huquqiy
shaxslar va davlatni qonuniy manfaatlariga putur yetkazadigan ishlar uchun ham investitsiyalar sarflash man
etiladi.
Investitsiyalarni jalb etish va sarflash sohalariga asoslanib, investitsiya faoliyati ob'ektlarining
turkumini tuzish mumkin. Investitsiya faoliyati ob'ektlari turkumi investitsiyalarni sarflanish sohalariga
binoan quyidagi 1-chizmada ko‘rsatilgan.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

1-chizma
Investitsiya faoliyatida sohalardan birini yoki bir nechtasini tanlab olish huquqiga investorlarning
o‘zlari ega bo‘ladilar. Ularni hyech kim soha yoki investitsiya ob'ektlarini tanlashga majbur eta olmaydi. U
yoki bu sohani tanlashda va investitsiyalarni ma'lum bir sohaga sarflashdagi qarorlarni investorlarning
o‘zlari qabul qiladilar. Investitsiya faoliyati sub'ektlari bir investor, bir nechta tadbirkorlik va boshqa
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ishtirokchi investorlar bo‘lishi mumkin. Investitsiya faoliyatidagi sub'ektlar
investorlar bo‘lib, mahalliy va chet ellik fuqarolar, huquqiy shaxslar yoki davlat hisoblanadi.
Investitsiyalarni amalga oshirishni esa qabul qilingan buyurtmalarni bajaruvchisi sifatida, investorni
topshirig‘i asosida investitsiya faoliyatini ishtirokchilari ta'minlaydilar.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ular fuqarolarni va huquqiy shaxslarni o‘z xohishlari
bilan shartnomalar asosida jalb qiladilar.
Qonunlarga tayangan holda shartnomalar asosida investitsiyalarga ega bo‘lish, ulardan foydalanish va
ushbu faoliyat natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishni investorlar, boshqa fuqaro va huquqiy shaxslar
zimmasiga topshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishlari ham mumkin. Bunday hollarda majburiyat garovi
sifatida (investorning majburiyatini ta'minlash) investorning mulki qabul qilinadi. Garovga faqat qarzga
oluvchining shaxsiy mulki yoki to‘la xo‘jalik olib borish huquqiga ega bo‘lgan mulk qo‘yiladi.
Investorlar investitsiya natijalariga, investitsiya ob'ektlariga ega bo‘lish, foydalanish, farmoyish
chiqarish va reinvestorlash huquqlariga egadir.
Investitsiya faoliyatidagi jarayonda sub'ektlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar shartnomalar asosida
muvofiqlashtiriladi. Shartnomalar tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni aniqlash va boshqa xo‘jalik
munosabatlarini o‘rganish ular qabul qilgan qonunlarga zid bo‘lmasa, faqat investitsiya faoliyati sub'ektlari
zimmasida bo‘ladi. Har ikki tomonning kelishuviga binoan, shartnomalar investitsiya faoliyatining umumiy
muddatiga tuziladi.
Qabul qilingan qonunlarda investorning qator majburiyatlari bor.
1
Bu majburiyatlar davlat idora va
muassasalari oldida bajarilishi lozim bo‘lib quyidagilardan iboratdir:
-
investorlar investitsiyalar hajmi va ularning manbalari to‘g‘risida moliya organlariga deklaratsiya
topshirishlari lozim.
-
kapital qo‘yilishni amalga oshirish uchun, tegishli rahbar va maxsus xizmat organlari tomonidan
ruxsat olinishi kerak;
-
investitsiya loyihasining sanitariya-gigiena va ekologik talablarga javob berishi to‘g‘risida
ekspertiza xulosasiga ega bo‘lishi shart.
Yuqorida qayd qilinganlardan tashqari, investitsiya sub'ektlarining majburiyatlariga quyidagilar ham
1
., 
., 


:
.-3-
. - .: 
, 2004.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

kiradi:
-
vijdonan raqobat qilish va yakka hokimlikka qarshi muvofiqlashtirish talablarini bajarish;
-
davlat, rahbar xodim va organlar tomonidan yuklatilgan talablarni baholash va ularga bo‘ysunish;
-
belgilangan tartibda buxgalterlik va statistik ma'lumotlar hamda hisobotlarni tegishli idoralarga o‘z
vaqtida yetkazib berish.
Bulardan tashqari investitsiya faoliyatining har bir ishtirokchisi maxsus ishlarni bajarish uchun
litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Litsenziya olish uchun bajarish lozim bo‘lgan ishlarni ro‘yxati va ularni
amalga oshirish tartibi mumkin qadar qonunchilikda belgilanadi.
Investitsiyalashning asosiy bosqichlari quyidagilardir:
1)
resurslarni kapital xarajatlariga aylantirish, ya'ni investitsiyalarni aniq investitsiya faoliyati
ob'ektlariga investitsiyalash;
2)
qo‘yilgan mablag‘larni kapital qiymatining o‘sishiga aylantirish, bu investitsiyalarni pirovard
iste'moli va yangi iste'mol qiymatini olish bilan harakatlanadi;
3)
kapital qiymatini foyda ko‘rinishida o‘sishi, ya'ni investitsiyalashning yakuniy maqsadi
amalga oshiriladi.
Shunday qilib, boshlang‘ich va yakuniy bo‘g‘inlari birlashib, yangi o‘zaro bog‘liqlikni yaratadi,
daromad-resurs-yakuniy natija (samara), ya'ni jamg‘arish jarayoni qayta takrorlanadi.
Kapitalni o‘sish manbasi va investitsiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalardan olinadigan
daromaddir.
Amaliyotda investitsiyalarning samaradorligini (IS) aniqlash uchun foyda massasining (F) investitsiya
xarajatlariga (IX) bo‘lgan nisbati foiz ko‘rinishida olinadi.
Investitsiya xarajatlarini foyda bilan solishtirish jarayoni doimiy ravishda investitsiyalash amalga
oshgunga qadar (investitsion loyihaning biznes-rejasi ishlab chiqarish davrida), investitsiyalash davrida
(ob'ektni qurilishi davrida) va investitsiyalashdan so‘ng (yangi ob'ektdan foydalanish davrida) davom etadi.
Umuman olganda, korxona moliyaviy resurslarining barcha manbalarini quyidagi ketma-ketlikda aks
ettirish mumkin:
- o’z shaxsiy moliyaviy resurslari va ichki xo’jalik zaxiralari;
- qarz moliyaviy mablag`lari;
- aksiyalarni sotish, pay va boshqa turdagi badallardan olinadigan, jalb qilingan moliyaviy mablag`lar;
- korxonalar uyushmalari tomonidan markazlashtirilgan moliyaviy mablag`lar;
- nobyudjet fondlari mablag`lari;
- davlat byudjeti mablag`lari;
- chet el investorlari mablag`lari.
O’z moliyaviy resurslari. O’z moliyaviy resurslarining tuzilmasi 4.1.-rasmda keltirilgan.
        4.1.-Rasm. O’z moliyaviy mablag`lar tuzilmasi
O’z va qarz moliyaviy mablag`lar o’rtasidagi asosiy farq shundaki, foiz to’lovlari soliq to’lagunga
qadar chegirib tashlanadi, ya'ni yalpi xarajatlarga kiritiladi, dividendlar esa foydadan to’lanadi.
Qarz moliyaviy mablag`lar. Qarz moliyaviy mablag`larning tuzilmasi 4.2.-rasmda aks ettirilgan.
O‘z moliyaviy mablag‘lari
Korxona egalari
badallarining puldagi qismi
(ustav fondlari)
Xo‘jalik faoliyati natijasida paydo
bo‘lgan jamg‘armalar
Ichki aktivlar
Qarz moliyaviy mablag‘lari
Bank krediti
Qarz majburiyatlariga olingan yuridik
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

4.2.-Rasm. Qarz moliyaviy mablag`larning tuzilmasi.
Investitsiyalarning ichki manbalari.
O’zbekistonda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish ichki manbalar va chet el kredit liniyalarining
resurslari hisobiga amalga oshirilgan.
Investitsiyalarning ichki manbalari 4.3.-rasmda ko’rsatilgan.
Kapital qo’yilmalarni moliyalashtirishning ichki imkoniyatlari ahvoliga ta'sir etuvchi asosiy omil
bo’lib, moliyaviy-iqtisodiy barqarorsizlik hisoblanadi. Bunga qaramasdan, ichki investitsion salohiyat
yetishmasligini nisbiy deb qarash mumkin.
4.3.-Rasm. Investitsiyalarning ichki manbalari.
Investitsiyalarning tashqi manbalari.
O’zbekistonda chet el investitsiyalari quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- chet el kapitalining ulushli ishtiroki bilan qo’shma korxonlar tuzish;
- to’liq chet el investorlariga tegishli korxonalar, ularning filiallari va vakolatxonalarini tuzish;
- chet el investori tomonidan korxonalar, bino, inshootlar, korxonalardagi ishtirok ulushlari, aksiya va
obligatsiyalarni sotib olish;
- yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqini va boshqa mulkchilik huquqlarini sotib olish;
- zayom, kredit, mulk va mulkchilik huquqlarini taqdim etish.
Asosiy muammo chet el kapitalining samarali oqimini rag`batlantirishdan iborat. Ushbu munosabat
bilan quyidagi ikkita savolga aniq javob topish lozim: qaysi sohalarga chet el investitsiyalari kirib kelishi
chegaralanishi, qaysi sohalarga esa ularni birinchi navbatda jalb qilish lozim?
Bevosita kirib kelgan chet el investitsiyalari, bu faqatgina iqtisodiyotga kiritilgan oddiy kapital
qo’yilma emas, balki o’zbek korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini va texnik darajasini
oshirishning birdan-bir yo’li hamdir. O’zbekiston o’z kapitalini joylashtirish orqali chet el kompaniyasi
yangi texnologiyalar, ish faoliyatini tashkil etishning yangi uslublari va jahon bozoriga chiqish imkoniyatini
ham olib keladi.
5-mavzu. Investitsiyaviy faoliyat tamoyillari
Qo’yilmalarning yanada yuqoriroq samarasiga erishish uchun investitsiya kiritishning bazis
tamoyillari mavjud.
1.
Investitsiya kiritishning chegaraviy samaradorligi tamoyili.
Har bir korxona, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarni kamaytirgan holda
maksimal daromad olishga intiladi. Korxona o’z faoliyatini keyinchalik ham davom ettiradi, agarda ishlab
chiqarishning mavjud darajasida uning daromadi ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori bo’lsa. Aks holda
Investitsiyalarning ichki manbalari
Daromad
investitsiya
manbasi sifatida
Amortizatsion
ajratmalar
Byudjetdan
moliyalash-
tirish
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

esa, ya'ni tovar sotishdan olingan umumiy daromad ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori bo’lmasa, korxona
faoliyati to’xtatiladi.
Agarda bitta qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishdan olinadigan daromad, uni ishlab chiqarish
xarajatlaridan yuqori bo’lsa, korxona mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishi lozim. Agarda bitta
qo’shimcha mahsulotdan olingan daromad ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’ladigan bo’lsa, mahsulot
ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Agarda korxona  ishlab chiqarishni
davom ettirish to’g`risida qaror qabul qilgan bo’lsa, u shuncha mahsulot ishlab chiqarishi kerakki,
chegaraviy xarajatlar chegaraviy daromadga teng bo’lsin. Ushbu shartlar universal xarakterga ega bo’lib,
mulkchilikning istalgan shakli, bozorning istalgan tuzilmasiga nisbatan qo’llanilishi mumkin.
Ishlab chiqarishga kapital qo’yish samaradorligi, kamida ikkita omilga bog`liq bo’ladi:
- ishlab chiqarish xarajatlarini oshish sur'ati (asosan texnologiya tomonidan belgilanadi);
- ishlab chiqarishni monopollashganlik darajasi.
2     Qoplash tamoyili.
Ushbu tamoyil investitsiya kiritishda samaradolikni baholashga yangi yondashuvni belgilash imkonini
beradi. Investitsiya kiritishdagi qaror qabul qilish erkinligi, ularni amalga oshirishdagi erkinsizlik va
cheklashlarga o’z o’rnini bo’shatadi.
Misol uchun, nima sotib olish kerak, nima ishlab chiqarish kerak, qancha summani kreditga olish
lozim, qancha muddatga va qaysi foizlarda va hokazolar to’g`risida qaror qabul qilishda korxona erkinlikga
ega. Ammo ushbu jarayonlar amalga oshirilgandan so’ng orqaga qaytish juda ham qiyin. Uskuna xarid
qilingandan so’ng uning pulini qaytarish uchun undan bir necha yil davomida foydalanish lozim, kredit
shartnomasi bo’yicha pul mablag`lari ajratilgandan so’ng ular bo’yicha foizlarni to’lash shartdir. Shuning
uchun, investitsiyaviy loyiha o’z kuchiga kirgandan so’ng, faoliyat erkinligi ancha cheklanadi. Albatta xarid
qilingan uskuna yoki texnologiyalarni qaytarib berish yoki uchinchi shaxslarga sotish mumkin, lekin bu
yo’qotishlar bilan bog`liq bo’ladi. Shuning uchun ham investitsiyaviy loyihada mumkin bo’lgan hatolarni
oldindan hisob kitob qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Kapital qo’yilmalar samaradorligining moddiy va puldagi bahosini o’zaro muvofiqlashtirish
tamoyili.
Samaradorlikni baholashning uch xil varianti mavjud:
- xarajat va ishlab chiqarishning nisbiy narxlarini taqqoslash orqali, ya'ni faqatgina pul bilan baholash.
Tajribalarning ko’rsatishicha, samaradorlikni faqatgina pul hajmi bilan baholash noto’g`ri bo’ladi, ayniqsa
prognoz (bashorat) qilib bo’lmaydigan inflyatsiya sharoitida;
- samaradorlikning pul va texnik omillarini o’zaro muvofiqlashtirish orqali. Gap shundaki,
investitsiyaviy loyihaga kiritilgan texnologiyalar ham katta rol o’ynaydi;
- loyihaning bozor (qiymat) bahosini hisobga olmaydigan texnik yondashuv, bunday yondashuvdan
O’zbekiston sharoitida deyarli foydalanilmaydi;
4. Moslashuv xarajatlari tamoyili.
Moslashuv xarajatlari - bu yangi investitsiyaviy muhitga moslashish bilan bog`liq bo’lgan barcha
xarajatlardir. Bularga ishlab chiqarishni qayta tashkil etish, xodimlarni qayta o’qitish, bozor
kon'yunkturasiga moslashish va shunga o’xshash xarajatlarni kiritish mumkin. Vaqt yo’qotish daromad
yo’qotish deb qabul qilinadi. Har doim ham investitsiyaviy loyiha to’g`risida qaror qabul qilishdan uni
amalga oshirishgacha bir oz vaqt o’tadi. Birdaniga moslashib ketish deyarli mumkin emas.
Moslashuv uchun to’lov sifatida, joriy pul oqimining keskin kamayishini hisobga olish mumkin.
Hattoki aksiya va obligatsiyalarni ham, ularni bozor qiymati tushib ketayotgan vaqtda foyda bilan sotib
bo’lmaydi. Vaqtdan yo’qotish kapitalni ishsiz qolishi va daromadning kamayishiga olib keladi. Ishlab
chiqarishga investitsiya kiritishning moslashuv xarajatlari esa yanada yuqori bo’ladi.
Faraz qilaylik uskunalar o’rnatilgan, ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bir vaqtda bozor kon'yunkturasi
o’zgardi va texnologiyalar, demak mavjud uskunalarni ham, almashtirish to’g`risida qaror qabul qilindi.
Misol uchun, qo’l mehnatini mashina mehnatiga almashtirish. Bu ma'lum moslashuv xarajatlariga olib
keladi, ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
- kadrlarni qayta tayyorlash;
- eski uskunalarni sotish va yangisini xarid qilib olish;
- shtat qisqarishi munosabati bilan ishsiz qolgan xodimlarga kompensatsion to’lovlarni amalga
oshirish;
- o’z kuchini yo’qotmagan shartnomalar bo’yicha jarimalar to’lash va h
Shuning uchun ham moslashuv xarajatlarini, mahsulot tannarxiga kiritish lozim. Ushbu xarajatlar
qiymati xom-ashyo, materiallar va texnologiyalar qiymatidan qanchalik yuqori bo’lsa, kapital qo’yilmalarni
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin