Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

sharoitlari va kafolatlarini belgilash.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chet el investitsiyalarini jalb qilishning kengayib borishi darajasiga
qarab investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bevosita chet el investitsiyalarini yangi
loyihalarga hamda qo‘shma korxonalarga jalb etishga qaratilishi lozim. Shuningdek tartibga solish xususiy
tadbirkorlik sub'ektlarining katta qismini investitsiya faoliyatiga jalb qilishni ham nazarga tutishi lozim.
Bunda chet el investitsiyalarining oqib kirishini rag‘batlantirish, shuningdek milliy iqtisodiyot
sub'ektlarining bu faoliyatda ishtirok etishini taqdirlash muhim o‘rinda turadi. Shunday qilib tartibga
solishning vazifasi bir tomondan, bevosita chet el investitsiyalari oqimini oshirishdan, ikkinchi tomondan,
milliy iqtisodiyotdagi xususiy mulkchilik sub'ektlarining qo‘yilmalarini kengaytirishdan iborat bo‘ladi.
Ma'lumki investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste'mol va boshqa
invesititsiyalarning hamma turlari bilan bog‘liq bo‘lib, odatda soliqlarning fiskal (xazinani to‘ldirish) va
tartibga solish funksiyalaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu faoliyat, shuningdek,
amortizatsiya siyosatini, dotatsiyalar, subsidiyalar tizimini, kredit, narx siyossatini, davlat kafolatlari
tizimini, imtiyozlar yaratishni, chet el investorlarining huquqlarini himoya qilishni va boshqalarni ham
qamrab oladi. Davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun turli darajadagi byudjetlarga zarur mablag‘lar
tushumlarini ta'minlashga qaratilgan fiskal vazifaning bajarilishi, milliy iqtisodiyotning rivojlanish
darajasiga bog‘liq. Tartibga solish funksiyasining ishlatilishi davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida
ayrim tarmoqlarga investitsiyalar oqimlarini boshqarishi bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga,
iqtisodiyotning turli sohalarida kapital jamg‘arilishi jarayonlarini kuchaytirish yoki susaytirish, aholining
to‘lovga qobil talabini kengaytirish yoki qisqartirish yo‘llari bilan tartibga solish funksiyasi bilan
foydalaniladi. Soliqlarni tartibga solish makroiqtisodiy jarayon va proporsiyalarga ta'sir etishga qaratiladi.
Soliqqa tortishda imtiyozlar asosan mikroiqtisodiyotga qaratilgan va iqtisodiy sub'ektlar manfaatlarini
hisobga oladi. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan funksiyalar soliq stavkalari miqdorini o‘zgartirish, imtiyozlar va
sanksiyalar (jazo choralari) qo‘llash, soliq kreditlari berish, to‘lov muddatlarini kechiktirish va boshqa
yo‘llar bilan amalga oshiriladi.
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni
modernirzatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, respublikaning ortiqcha
ishchi kuchi mavjud bo‘lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun
ishonchli huquqiy himoya va kafolatlar bilan ta'minlandi.
2005 yil 11 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga
asosan endilikda 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan- to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb
etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i mulk solig‘i,
ekologiya solig‘i, mikro firma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdik,
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar tulashdan ozod qilinadi.
Endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo‘lganda mazkur
soliq imtiyozlari beriladi:
1
1)
300 ming AQSh doll. dan 3 mln. AQSh doll. gacha-3 yil muddatga;
2)
3 mln. ortiq AQSh doll. dan 10 mln. AQSh doll. gacha-5 yil muddatga;
3)
10 mln. AQSh doll. dan ortiq bo‘lganda 7 yil muddatga.
Ushbu Farmonning 1-bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari qo‘yidagi shartlar asosida qo‘llanilishi
belgilab qo‘yilgan:
-mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo‘lgan mintaqalar- Qoraqolpog‘iston Respublikasi,
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek, Navoiy, Andijon,
Namangan va Farg‘ona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;
-investitsiyadan foydalanishda har ikkala tomonlarning iqtisodiy manfaatini teng hisobga olgan holda
amalga oshirish kerak. Investitsiyani boshqarish tartibi va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish
zarur.
Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan "O‘zsanoatqurilishbank" moliyaviy salohiyatga ega. U
respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish masalalariga jiddiy e'tibor qaratmoqda.
Bugungi kunda u 18,2 mingdan ortiq kichik va xususiy kompaniya va firmalarga xizmat ko‘rsatayapti.
Ularning 8978 tasi yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlar, shu jumladan, 1276 ta fermer xo‘jaliklari, 9225
tasi yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlardir. O‘tgan yil davomida kichik biznes sub'ektlariga umumiy
summasi 15,0 mlrd. so‘mdan ortiq va mikrokreditlarga 4,2 mlrd. so‘mdan ziyod kreditlar taqdim etildi. Bu
kreditlarning umumiy miqdorida bankning o‘z mablag‘lari 13,9 mlrd. so‘mni yoki umumiy miqdorning 93
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

foizini tashkil etadi.
10
Bundan tashqari bank xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarni milliy valyutada moliyalash bilan bir qatorda
xorijiy investorlarga ham halqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalari hamda o‘z mablag‘lari
hisobidan ularni kreditlashni ham faol amalga oshirmoqda.
-respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag‘ni keng jalb etishni ta'minlaydigan xuquqiy ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa shart- sharoitlarni tobora takomillashtirish;
-respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan va iqtisodiyotning zamonaviy
tarkibini vujudga keltirishga ko‘maklashayotgan xorijiy investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini
yurgizish;
mablag‘larni respublika mustaqilligini ta'minlaydigan, import o‘rnini qoplovchi va raqobatbardosh
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim ustuvor yo‘nalishda jamlash.
Shuningdek respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyani jalb etishni faollashtirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
-investitsiya loyihalarini malakali ekspertlar nazoratidan o‘tkazish va mukammal tayyorlanishiga
erishish;
-qo‘shma korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyatini
ro‘yxatdan o‘tkazishdagi to‘siqlarni butunlay olib tashlash.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda quyidagi ustuvor
yo‘nalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir:
1)
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarini rivojlantirish;
2)
mineral xomashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish,
qayta ishlash bo‘yicha ekologik ishlab chiqarishni tashkil etish;
3)
transport
va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
4)
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilmtalab va jahon bozorlarida
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
5)
turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro va ichki turizmning zamonaviy
infratuzilmasini yaratishga erishish.
"Chet el investitsiyalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokidagi korxonalarni, shuningdek
ularning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va bu korxonalarning faoliyat tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga
binoan mulkida o‘zbek va xorijiy yuridik shaxslari hamda fuqarolari ishtirok etuvchi korxonalar
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi qo‘shma korxonalar hisoblanadi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosat jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuv
jarayonini faqat davlat tarkibiy tuzilishi bo‘yicha emas, balki xususiy sektor darajasida ham jadallashtirishni
nazarda tutadi. Ochiq bozorning faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar G‘arb va Sharq
ishbilarmonlarining mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishining ortib borishini ta'minlamoqda. Bu shuning
uchun muhimki, bizning tadbirkorlarimiz ham xorijiy investorlarni hamkorlikka jalb etish imkoniyatlari
haqida tez-tez bosh qotirishmoqda.
1998 yil Respublikamizda investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 3 ta -
1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Republikasining "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi va "Chet el
investorlarining kafolatlari va ularning huquqlarni himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi hamda 1998 yil 24
dekabrda "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar mamlakatimizda
investitsiya muhitini yaxshilashga va uning iqtisodiyotga investitsiya joylashtirish hajmlarini oshirishga
yo‘naltirilgan.
Turli birlashmalar, uyushmalar, konsernlar, konsorsiumlar O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy
investitsiyasi bo‘lgan korxonalarni ixtiyoriy asoslarda barpo etishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 22 martdagi farmoniga muvofiq quyidagi
mezonlarga javob beruvchi chet el, shu'ba va qo‘shma korxonalar chet el investitsiyasi bo‘lgan ishlab
chiqarish korxonalari qatoriga kirishi belgilab qo‘yildi: ustav jamg‘armasi miqdori 150 ming AQSh doll.
dan kam bo‘lmagan korxonalar; korxona ishtirokchilaridan biri albatta chet el yuridik shaxsi hisoblangan;
korxonaning ustav faoliyatida o‘z ishlab chiqarishi yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar servis xizmat
hissasiga xo‘jalik faoliyatidan tushumlar umumiy hajmining 60% dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladigan
korxonalar.
1
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar qatnashgan korxonalar ichida qo‘shma korxonalar yetakchi
10
.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

o‘rinda turadi. To‘liq xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar kam. Ko‘pchilik davlatlarda
xorijiy investitsiyalar qatnashgan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish har xil. Ba'zi davlatlarda bu vazifani
Moliya vazirligi bajarsa, boshqalarida Adliya vazirligi bajaradi. O‘zbekistonda bu vazifani Adliya vazirligi
amalga oshiradi. O‘zbekistondagi xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar respublika hududida o‘zining
filiallari yoki vakil korxonalarini tashkil etishlari mumkin. Bundan tashqari ular boshqa davlatlarda ham o‘z
filiallarini ochishlari mumkin.
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar O‘zbekiston
Respublikasi hududida xo‘jalik assotsiatsiyalari, konsernlar va boshqa birlashmalar tuzishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalarning huquqiy himoyasi ta'minlangan. Bu himoya har bir korxonada bo‘lgani kabi
xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar uchun taalluqli. Milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalari va
hududlariga investitsiya kiritgan xorijiy investorlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan
qo‘shimcha imtiyozlar berilishi mumkin. Shu bilan birga qonunda xorijiy investorlarning faoliyat turlari
ham belgilangan. Xorijiy investorlar yoki xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar mavjud qonunchilikka
muvofiq, o‘z maqsadlari va nizomlaridan kelib chiqib, barcha turdagi faoliyatlarni olib borishlari mumkin.
Xorijiy investorlar investitsiya hajmi, turlari, yo‘llarini belgilaydilar va ularni xohlagan korxonaga
mustaqil ravishda kiritishlari mumkin. Investor o‘zi kiritgan investitsiya ob'ektlari va natijalariga egalik
qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega. Shu bilan birga reinvestitsiya va savdo operatsiyalarini
O‘zbekiston hududida milliy qonunchilik asosida, undan tashqarida esa xalqaro qonunlar asosida amalga
oshirish huquqlariga ega. Investor egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini qonun bo‘yicha
boshqa huquqiy va jismoniy shaxsga berishi mumkin. Tomonlarning o‘zaro huquqlarini bir-biriga o‘tkazish
vaqtidagi aloqalarni faqat ular o‘rtasida tuzilgan hujjat-shartnomalar hal qila oladi. Xorijiy investorlar va
korxonalar qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlarda yer uchastkalarini sotib olishlari mumkin. Xorijiy
investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etish zarur:
-O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonunchilikka amal qilishi;
-O‘zbekistonda mavjud qonunchilik talablari asosida soliq to‘lash va boshqa to‘lovlarni amalga
oshirishi;
-investitsiya loyihasining sanitariya-gigienik ekologiya talablariga amal qilish bo‘limidagi ekspertiza
xulosalarini olishi;
Xorijiy investitsiyani o‘z iqtisodiyotiga jalb etayotgan har bir davlat xorijlik sheriklariga huquqiy va
tashkiliy kafolatlar yaratib beradi. Bu jarayon jahon tajribasida sinovdan ijobiy ravishda o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi qonunining 11- moddasida shunday yozilgan:
Respublika hududida o‘z investitsiya faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar huquqlarining
himoyasini O‘zbekiston Respublikasi kafolatlaydi. Bu kafolat albatta, xalqaro huquq normalari asosida
beriladi. Agarda O‘zbekistonning yangi qabul qilingan qonunchiligi investitsiya sharoitlarini
yomonlashtirsa, o‘n yilgacha xorijiy investitsiyalar ular jalb qilingan davrda qabul qilingan qonunchilik
shartlari saqlanib qoladi. Bu talab mudofaa, milliy havfsizlik, jamoat tartibini saqlash va atrof-muhitni
muhofaza qilishni ta'minlash bilan bog‘liq qonunchilikni o‘zgartirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat
organlari xorijiy investorlarning huquqlariga putur yetkazadigan huquqiy normativlarni qabul qilgan
taqdirda, investorlarga yetkazilgan zarar shu organlardan sud orqali undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Germaniya, Hindiston, Janubiy Koreya, Turkiya, Indoneziya, Malayziya,
Isroil, AQSh va bir qator boshqa mamlakatlar bilan investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoyalash
to‘g‘risida bitimlar tuzdi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirishda dunyoning 25 dan ortiq
mamlakatlari ishtirok etmoqda. Investitsiyalarni jalb etish vazifasini davlatimiz ko‘p ukladli bozor
iqtisodiyotini yaratish va rivojlantirish asosida haqiqiy mulkdorlarni shakllantirish bilan bog‘laydi.
"Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash
va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoniga binoan xalq iste'mol
mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar ro‘yxatga olingan paytdan boshlab besh yil
muddatga xorijiy valyutadagi tushumdan soliq to‘lashdan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga
valyutani majburiy sotishdan ozod qilish ko‘zda tutilgan. Xorijiy investitsiya jalb etilgan korxonalarga
quyidagi imtiyoz va rag‘batlantirish omillari berilgan:
-
tovarlar eksporti ishlab chiqarish hajmining kamida 30 foizini tashkil etadigan korxonalarga,
mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, foyda solig‘ini amaldagi stavkalardan ikki barobar kamroq to‘lash
huquqi;
-
xorijiy investitsiyali korxonalar daromadining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiyani
yangilashga sarflanadigan qismidan soliq olmaslik;
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

-
respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan yetti yil
muddatga ozod etish;
-
ishlab chiqarilgan mahsulotning 25% bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, korxona ishga tushgandan
boshlab soliqlar to‘lashdan besh yil muddatga ozod etish. Keyingi yillarda bu korxonalarning foydasidan
olinadigan soliq amaldagiga qaraganda ikki marta pasaytirilgan stavkalarda undiriladi;
-
ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish
eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosishga mo‘ljallangan bo‘lsa soliqlar to‘lashdan ikki yil
muddatga ozod etish;
-
foydadan to‘lanadigan soliq-18%;
-
agar ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli va ustav kapitalning
hajmi 500000 AQSh dollaridan 1000000 AQSh dollarigacha bo‘lsa, foydadan to‘lanadigan soliq-15%;
-
agar ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli va ustav kapitalning
hajmi 1000000 AQSh dollaridan va undan ko‘p bo‘lsa, foydadan to‘lanadigan soliq-16%;
-
agar ustav kapital hajmi kamida 500000 AQSh dollarini tashkil etsa, mol-mulk solig‘idan ozod
qilish;
-
yer solig‘idan ikki yilga ozod qilish;
-
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz chetga sotish;
-
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalaridan foydalanish va ularni tasarruf
etish huquqini tanlov asosida sotib olish;
- jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatning mulkini xususiylashtirishda bemalol ishtirok etishlari
mumkin.
1
O‘zbekistonda xorijiy investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olgan foydalari va boshqa
daromadlarini biror-bir cheklovlarsiz istalgancha chet davlatga o‘tkazish imkoniyati kafolatlanadi. Bundan
tashqari xorijiy investorlar Respublika banklarida hyech bir cheklovlarsiz istalgan valyutada hisob raqamiga
ega bo‘lishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyasi bo‘lgan korxona amaldagi qonunlarga binoan o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni
litsenziyasiz eksportga chiqarish va o‘z ishlab chiqarish extiyojlari uchun zarur mahsulotlar importini
amalga oshirish xuquqiga egadir. Xorijiy investorlarga tabiiy boyliklarni qidirish, ishlab chiqarish va
foydalanish va boshqa xo‘jalik ishlarini yuritish uchun konsessiyalar berilishi mumkin. Konsession
shartnomalar xorijiy investorlar bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakil qilingan
organlari o‘rtasida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasida barpo etilayotgan korxonalar ustav sarmoyasiga xorijiy investorlarning
hissasi sifatida yoki xorijiy xodimlarning o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan mulk bojxona to‘lovidan
ozod qilinadi va import solig‘i undirilmaydi.
Xorijiy investorlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning aksiyalari, hissalari va
paylarini, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonadan chiqish yoki bunday korxonanining tugatilish hollarida xorijiy
investorlar shu korxona mulkidan o‘zining hissasini korxona mulki bilan qiymatiga mutanosib ravishda pul
yoki natura tariqasida qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalarning xo‘jalik ishlarida hisob-kitoblar
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida olib borilishi lozim. Bu holatlar ham Qonunda
ko‘rsatilgan. Bu korxonalar bankrot holatiga tushib qolganda u o‘z mulki, ya'ni savdo ob'ektlari, xizmat
ko‘rsatish sohalari, yer uchastkasi, binolari, qurilishlari, uskunalaridan kelib chiqib majburiyatlari
ta'minlanadi. yerdan foydalanish va egalik qilish huquqi bundan mustasno.
Agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan shart- sharoitlar xalqaro shartnoma va
xorijiy investorlar bilan kelishuvlarda ko‘rsatilgan shart-sharoitlar farq qilsa, xalqaro shartnoma va
kelishuvga asosan faoliyat yurgiziladi. Shunday qilib, yaratilgan huquqiy asoslar xorijiy hamkorlarning
keng investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning huquqlari va sarflagan investitsiyasini
himoya qiladi.
Hozirga kelib, O‘zbekiston hududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy asoslarini
shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga yetkazildi va amalda qo‘llanilmoqda. Bu faoliyatni
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning quyidagi tizimi ishlab chiqilgan:
-xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning qatnashishi;
-texnikaviy qayta qurollanish;
-xalq iste'moli va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Bulardan tashqari O‘zbekiston bir qator qulayliklar tug‘diruvchi shart-sharoitlari bilan ham chet
investorlarini o‘ziga tortmoqda:
1)
Ishlab chiqarishning pasayish davri tugadi, 1995-1996 yil yakunlariga ko‘ra iqtisodiy
rivojlanishda yangi ijobiy samara natijasi ko‘rsatildi.
2)
Davlat mulki o‘zining ustun holatini yo‘qotdi. 2001 yilda YaIMning 74,1 foizi, sanoat ishlab
chiqarishining 70,8 foizi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99,0 foizi, umumiy tovar oborotining 97,1
foizi, qurilishdagi barcha pudrat ishlarning 83,9 foizi, iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 73 foizi,
iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 76,0 foizi, shuningdek investitsiyalarning 40,7 foizi nodavlat sektoriga
to‘g‘ri keladi.
1
3)
Bozorning o‘sishi va kengayishining uzoq davrli istiqboli mavjud. Bunga ma'lum siyosiy-
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning mavjudligiga qaramay, xorijiy investitsiyalarning olib kirilishini
statistik ma'lumotlar tasdiqlab turibdi. Bunga ko‘ra O‘zbekistonda 1991 yil 191 ta, 1992 yili 368 ta, 1993
yili 237 ta, 1994 yili 380 ta, 1995 yili 583 ta, 1997 yili 3200 ta qo‘shma korxonlar tashkil etilgan edi. 2003
yilga kelib qo‘shma korxonalarning umumiy soni 3300 tadan oshib ketdi. Bu korxonalar jahonning 80 dan
ortiq davlatlari bilan hamkorlikda qurilgan.
4)
Nisbatan malakali ishchi kuchining yetarli miqdori va ishsizlik darajasining (hatto uning yashirin
shakllarini hisobga olganda ham) pastligi;
5)
O‘zbekiston iqtisodiyotining tashqi bozorga yo‘naltirilganligi. 1992 yildan 1996 yilgacha bo‘lgan
davr mobaynida tashqi savdo aylanmasi hajmi 3 barobardan ko‘proqga oshdi, ayni paytda unda uzoq xorijiy
mamlakatlar ulushi tinimsiz o‘sib borib, 2003 yilda 64,3 foizga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalarni milliylashtirish va rekvizitsiya qilinmasligiga
kafolat beradi. Xorijiy investitsiyalar faqat favqulodda holatlarda, avariya, epidemiya tarqalgan vaqtlarda
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan rekvizitsiya qilinishi mumkin. Bu holat investorga ko‘rsatilgan zarar
miqdorida kompensatsiya qilinadi.
Xorijiy investorlar uchun zarur moliyaviy-iqtisodiy kafolatlarni ta'minlash uchun hukumat tomonidan
xorijiy investorlarni himoyalashning Milliy sug‘urta jamg‘armasini barpo etish to‘g‘risida qaror qabul
qilingan. Bu jamg‘arma respublika hududida ta'sis etilgan chet el banklarida O‘zbekiston Respublikasi,
xorijiy investitsiya ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalari valyuta qadriyatlarining bir qismini deponentlash
yo‘li bilan hosil qilinadi.
Xorijiy investorlarning qonuniy faoliyatlari orqali qilingan daromadlari xorijiy valyutada,
chegaralanmagan miqdorda chegaradan olib o‘tishlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu qonunda xorijiy
investitsiyalarning sug‘urtasi haqida kam yozilgan, chunki har bir xorijlik hamkor o‘zi sarflagan mablag‘ni
to‘liq qaytarib olishga va ularni sug‘urtalashga harakat qiladilar. Bu haqda Qonunda shunday keltirilgan:
investitsiya va tavakkalchilikni sug‘urta qilish xorijiy investorlarning hoxishlari asosida amalga oshiriladi.
11
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar sug‘urta tizimiga kiruvchi milliy sug‘urta
kompaniyasi, Rasmiy davlat sug‘urta agenti, Xorijiy sug‘urta tashkilotlari bilan tuzilgan qo‘shma sug‘urta
kompaniyalari tomonidan ta'minlanadi. Xorijiy investitsiyalarni sug‘urta qiluvchi sug‘urta tashkilotlari
O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlariga javob bermaydilar. Shunga mos tarzda O‘zbekiston Respublikasi
(faqat ikki tomon kelishuvidan tashqari holatlarda) sug‘urta tashkilotlarining majburiyatlariga javob
bermaydi. Davlat o‘z majburiyat va qonunlariga, sug‘urta tashkilotlari esa o‘z majburiyat va qoidalariga
o‘zlari javobgardir.
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin