Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

mablag‘larini safarbar etish asosiga aylanishi mumkin. Buning uchun loyihani boshlang‘ich tayyorlash
ishlari puxta olib borilishi lozim.
Loyihani boshlang‘ich tayyorlash bosqichining vazifasi esa investitsiya loyihasining munosib biznes
rejasini ishlab chiqish, ya'ni har qanday tijorat faoliyati uchun umumiy masalani hal etishdan iboratdir.
Bunday biznes rejaning vazifasi kuyidagi ikkita asosiy savollarga javob topishga asoslanadi:
- investitsiya loyihasi konsepsiyasi qanchalik qiziqarli hisoblanadi va uning ustida ishlashni davom
ettirishdan hamda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy maqbulligini baholash uchun asosli
ma'lumotlarni tayyorlashdan mantiq mavjudmi?
Loyihani so‘nggi shakllantirish va uning texnik-iqtisodiy va moliyaviy afzalligini baholash bosqichida
investitsiyalarning barcha jihatlari bilan bog‘liq variantlarni va muammolarni muqobil ko‘rib chiqishni
ta'minlashi lozim bo‘lgan loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslanishini tayyorlash hamda tahlil
etish amalga oshiriladi.
So‘nggi qarorni qabul qilish uchun ma'lumotlarning barcha turlarini tayyorlash loyihani so‘nggi
shakllantirish va moliyaviy afzalligini puxta baholash bosqichining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu
bosqich faqat kerakli moliyaviy mablag‘larning yetarlicha aniqlik darajasida qat'iy ta'minlangan bo‘lishi
mukin bo‘lgan hollardagina amalga oshirilishi lozim.
So‘nggi va navbatdagi bosqich loyihani uzil-kesil ko‘rib chiqish va loyihani moliyalashtirishning
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida so‘nggi qaror qabul qilish hisoblanib, u loyihaning amalga oshirilishi
bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asos hisoblanuvchi baholash ishlarini o‘tkazishni nazarda tutadi.
Loyihaning sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, uni baholash bo‘yicha shunchalik kam ish olib boriladi.
Baholi xulosani tayyorlashda esa asosiy e'tibor loyihani moliyalashtirishni amalga oshiruvchi firmaga
qaratiladi. Agar firma tajribali va salohiyatli bo‘lsa, loyihaning butunlay hal etilishi ta'minlanishi mumkin.
Loyihani eng so‘nggi baholashda ko‘llaniladigan usullar esa tahlilning texnik, tijorat, bozor, boshqaruv,
moliyaviy jihatlariga asoslanadi.
Shunday qilib, loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoring loyihaning samaradorligi va
hayotiyligini boshlang‘ich tahlil etish uchun amalga oshiriladi. Bunday monitoring loyihani amalga
oshirishdagi kelib chiquvchi muammolarning oldini olishga va loyihani moliyalashtirish jarayonidagi
monitoringning ishonchli va jiddiy vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarsiz, yengilroq o‘tkazilishiga
imkon beradi.
Banklarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning monitoringini olib borishi bilan bankning
«Loyihalarni moliyalashtirish monitoring» bo‘limi shug‘ullanadi. Bu bo‘lim ham bankning boshqa
bo‘limlari kabi o‘zining Nizomiga ega bo‘ladi. Bo‘lim faoliyati bankning moliyachi – maslahatchilar
tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar monitoringini o‘tkazish tartibi bo‘yicha Nizomga asoslanadi. Ushbu
Nizomda joriy monitoringni o‘tkazishning to‘liq jarayoni, qarz oluvchining moliyaviy ahvolini baholash
usullari, turli xil moliyaviy koeffitsientlarini hisoblash usullari, muammoli kreditlarning monitoringini
o‘tkazish tartibi, tahliliy usullar va ushbu holatlarni hal etishga doir maslahatlar keltirilgan bo‘ladi.
Bu bo‘lim faoliyatining asosiy maqsadi ssuda hisob-raqamidan to‘lov xujjatlarining qilingan to‘lovlarga
mosligini nazorat qilish, ob'ekt joylashgan joyga chiqish bilan birga kreditdan maqsadli foydalanilganligini
tekshirish, bajarilgan ishlarning nazorat ulchamlarini o‘tkazish va kurilish muddatidan qat'iy nazar yilda
kamida ikki marta sotib olingan uskunalarni inventarizatsiya qilish hisoblanadi.
Kreditdan maqsadli foydalanilmaganligini, uskunalarning komplekt (yaxlit) emasligi hamda yetkazib
kelinmaganligini va boshqalarni aniqlashda bu bo‘lim kuyidagi choralarni ko‘llashga haqli hisoblanadi:
- kreditlardan maqsadli foydalanilmaganda kreditlarning qolgan qismini muddatidan oldin qaytarib
olish (undirib olish);
- bajarilgan ishlar qismi hajmida kredit summasini muddatidan oldin qaytarib olish;
- jarima jazolarini ko‘llash.
Yuqorida keltirilgan huquqlar va maqsadlarga ega bo‘lgan holda monitoring bo‘limi o‘zining tegishli
majburiyatlarini bajaradi.
Banklarda monitoring kuyidagi sohalarda olib boriladi:
- moliyalashtirishni nazorat qilish;
- kurilish jarayonini va loyihani ishga tushirishni nazorat qilish;
- kreditning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;
- kredit qaytarilishini nazorat qilish.
Ushbu sohalar monitoringiga parallel ravishda garovga ko‘yilgan mulk predmetlari holatini va
korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini baholash ham olib boriladi.
Moliyalashtirish monitoringida kuyidagi faoliyatlar amalga oshiriladi:
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

1. To‘lov xujjatlarining tasdiqlangan ob'ekt smetasiga va foydali ishlatilishiga hamda shartnoma
baholarini aniqlashning to‘g‘riligiga mos kelgandagi to‘lov ob'ektlariga ssuda hisob-raqamidan ajratilgan
har bir to‘lovini nazorat qilish.
2. Kurilish ketayotgan joyga borib kreditdan maqsadli foydalanilayotganini har chorakda tekshirish.
3. Har choraklik statistik tahlilni o‘tkazish, moliyalashtirishning real va rejali jadvalini va qarz
oluvchining kredit bo‘yicha to‘lovlarini nazorat qilish.
4. Kredit shartnomasi, loyiha monitoringining rejasi va texnik tartibi talablarga mos kelishini nazorat
qilish.
Loyiha jarayoni va ob'ektni ishga tushirish monitoringi kuyidagi shakllar va yo‘nalishlarda amalga
oshiriladi:
1. Ssuda hisob-raqamidan qilingan har bir to‘lovda korxonadagi to‘lov xujjatlarining ob'ektning
tasdiklangan smetasiga va foydali ishlatilishiga mosligini va shartnoma baholarining to‘g‘ri aniqlanganligini
nazorat qilish.
2. Har chorakda statistik tahlil olib borish, moliyalashtirishning real va rejali jadvalining mosligini va
kredit bo‘yicha qarz oluvchining to‘lovlarini tahlil qilish.
3. Kurilish ob'ektiga chiqish orqali kreditdan maqsadli foydalanilayotganini har chorakda tekshirib
borish.
4. Kredit shartnomasi, texnik tartib talablari va loyiha monitoringi rejasining bajarilishini nazorat qilish.
Kurilish jarayoni va ob'ektni ishga tushirish monitoringi kuyidagi shakl va yo‘nalishlarda olib boriladi:
1. Kurilish muddatlarining uskunalarni keltirish va ularning ishlab chiqarish jadvaliga mos holdagi
kurilish-montaj ishlari muddatlarini, ishlarni joriy etish jarayoni haqidagi hisobot ma'lumotlarini, tekshirish
natijalarini bevosita o‘rganish bilan bog‘liqlikda, shuningdek kurilishni olib borish saviyasining pasayish
sabablarini aniqlash va iqtisodiy choralar qo‘llash bilan hamda yuqori tashkilotlar va prokuratura organlari,
xo‘jalik sudlariga zarur hollarda ma'lumotlarini yetkazish yo‘li bilan kuzatuvlarni nazorat qilish.
2. Pudratchi va buyurtamchilar tomomnidan uskunalarni yetkazib berish, ob'ektni ishga tushirish
bo‘yicha kurilish-montaj ishlari va boshqa xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyat-
larning bajarilishini nazorat qilish.
3. Ob'ekt bo‘yicha kurilish-montaj ishlari va xizmatlarni o‘rnatilgan tartibda va sotib olingan uskunani
inventarizatsiya qilish bo‘yicha yilida kamida ikki marta sanoqli, o‘lchovli va hisobli nazorat ishlarini olib
borish.
4. Uskunalarni ishga tushirishga qabul qilishda ishtirok etish va loyiha ko‘rsatkichlarining loyihani
amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan strategiyalariga mosligini nazorat qilish.
Moliyalashtirish va kurilish jarayonidagi monitoringda jarayonida kuyidagi tadbirlar ham amalga
oshirilishi kerak:
1. Kredit bo‘yicha ta'minlanganlik holati va sifatini nazorat qilish.
2. Bank kreditiga bo‘lgan talabning o‘sishi yoki qisqarishi bilan bog‘liq risklarni hisobga olgan holda,
qarz oluvchining moliyaviy holatining o‘zgarishini baholash.
3. Bozordagi iqtisodiy holatini baholash, loyihani amalga oshirishning tasdiqlangan strategiyasidan
chetlanishini va loyihaning pul mablag‘lari oqimi bashoratini uning real holatiga taqqoslash.
Banklar xizmat ko‘rsatayotgan mijozning faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘lish, kreditga
layoqatliligini tahlil etish, berilgan kreditlardan samarali foydalanishligini, hisob-kitob va to‘lovlarning
barcha turlari bo‘yicha to‘g‘ri yuritilayotganligi, asosiy qarz va u bo‘yicha foizlarni qaytarish jarayonlari
ustidan tekshiruv va nazorat olib borish tartibini ishlab chiqishi kerak.
Shuningdek har chorakda bank xodimning (loyiha menejerining) joylarga borib, olib borilayotgan ishlar
bilan bevosita ob'ektiv tanishib, ularni baholab, zarur bo‘lgan hollarda o‘z takliflarini berib kelishi.
Korxonaning rahbari bilan yuzma-yuz holda olib borilayotgan ishlar, ular bo‘yicha kelgusidagi rejalar,
natijalar yuzasidan suhbat qilishi ham talab tutilmagan salbiy holatlar paydo bo‘lganda,bank bergan
kreditlarni qaytarib olish uchun zarur choralarni qo‘llashi ham talab etiladi.
 Umuman olganda, bu kabi loyihalarni kreditlash va ularning hayotiyligi yuzasidan banklarda
monitoring o‘tkazish kuyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1. Joriy monitoring.
2. Muammoli kreditlar monitoringi.
Joriy monitoringning boshlanishi loyiha bo‘yicha xulosani asbob-uskunalarni olib kelish bitimini, kredit
shartnomasini va monitoring rejasini o‘z ichiga oladigan xujjatlarni qabul qilish bilan boshlanadi. Qarz
oluvchi bilan savol-javob o‘tkaziladi va qarz oluvchi bankka loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashni taqdim
etadi.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Monitoring bo‘yicha ishni rejali tashkil etish va loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun
bank tomonidan barcha loyihalar bo‘yicha monitoring rejalarini bir xil tizimga keltirish talab etiladi. Shu
bilan birga loyihaning amalga oshirilishi  bo‘yicha loyiha monitoringi rejasi ishlab chiqiladi. Kreditning
himoyasi tashkil etilishini ko‘zda tutgan holda monitoring rejasi kreditlash bo‘limidagi mutaxassislar
(ekspertlar) bilan monitoring bo‘limi mutaxassislari o‘rtasida birgalikda kreditning barcha davriga tuziladi.
Bunda monitoring rejasida har chorakda kamida bir marta bank xodimining tekshiruv uchun joylarga borib
kelishi ko‘zda tutiladi.
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida loyiha monitoringi bo‘yicha mutaxassislar
loyiha holatini moliyaviy-iqtisodiy tahlildan o‘tkazadilar:
-korxonaning har oyda Davlat Statistika ko‘mitasining joylardagi bo‘limlari va boshkarmalariga ishlab
chiqarish faoliyati haqidagi topshiradigan oylik jadvalli hisobotlari;
- qarz oluvchining choraklik moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha hisoboti. Bunda loyihaning iqtisodiy
holatini tahlil qilish bo‘yicha ma'lumotlar bazasini bir tizimga keltirish zarur;
- loyiha monitoringi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan choraklik moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar tahlili
asosida kreditlarni anketalash o‘tkaziladi va kredit reytingi aniqlanadi, loyihalar monitoringi boshqarmasiga
risklar darajasini bir xil tizimga keltirish va zaxiralarni shakllantirish uchun erkin axborotlar taqdim etiladi;
- kreditlardan maqsadli foydalanishni tekshirish har chorakda ish o‘rnida tekshirish dalolatnomasini
tuzish  orqali amalga oshiriladi. Kreditlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha ma'lumotlar monitoring
boshkarmasi tomonidan berib boriladi;
- loyihani o‘zlashtirish bo‘yicha kreditlarning jadvalli o‘zlashtirish muddatlari oylar bo‘yicha
taqqoslanadi;
- kreditning ta'minlanganligi bo‘yicha nazorat. Har bir  aniq kredit uchun alohida garovga qo‘yilgan
mulkni tekshirish dalolatnomasi va har chorakda garovga qo‘yilgan mulkning holati haqidagi dalolatnoma
ishlab chiqiladi;
- hamma manfaatdor sub'ektlarga loyihalar rivoji, kreditlar va ularning foizlari qaytarilishi haqida
hisobotlar tuzish va ularni taqdim etish;
- qarz oluvchining so‘mdagi mablag‘larini erkin almashinuvchi valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha
ishlarni amalga oshirish. Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun xom ashyo va materiallar sotib olish
maqsadida mablag‘larni konvertatsiya qilish, xujjatlarni tayyorlash, miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisob-
kitoblarni tekshirish;
- xom ashyo sotib olish va tayyor mahsulotlarni sotish maqsadida marketing izlanishlarini
(tadqiqotlarini) doimiy ravishda olib borish. Mahsulotlarning omborda turib qolishi sabablarini aniqlash va
ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- qarz oluvchining aylanma mablag‘lari holatini doimiy ravishda o‘rganish va uni bir maromda saqlashi
uchun chora-tadbirlar ko‘rish va hattoki, kreditlar berish.
Amaliyotda banklar tomonidan o‘z mijozlarini kreditlash hamisha samarali natijalar bilan
yakunlanavermaydi. Ayrim hollarda korxonalarning o‘z biznes rejalarini nomukammal ishlab chiqishlari va
faoliyatini maqsadli amalga oshirmaganliklari, shuningdek boshqa turli sabablar natijasida banklar
tomonidan taqdim etilgan kreditlarning qaytarilish muammosi vujudga keladi.
Albatta, muammoli kreditlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va ularni vujudga keltirishning o‘ziga xos
omillari mavjud bo‘ladi.
Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan omillarning belgilari kuyidagilar hisoblanadi:
1. Kreditning mo‘ljallangan maqsadi bo‘yicha ishlatilmasligi.
2. Shartnoma, biznes-rejada, texnik-iqtisodiy asoslash va boshqa kredit xujjatlarida aks ettirilgan
jadvallarning amalga oshmasligi:
- moliyaviy-statistik hisobotni «uzatish» jadvalining amalga oshmasligi;
- sifatsiz asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarni o‘zlashtirish va raqobatbardosh bo‘lmagan
mahsulotlarni ishlab chiqarish.
3. Qarz oluvchining moliyaviy-iqtisodiy holatining yomonlashish tendensiyasi, shu jumladan:
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelishi;
- mahsulot sotilishining sustlashishi;
- qarz oluvchining faoliyatidagi rejalarida keskin o‘zgarishlar yuz berishi;
- qarz oluvchi holatining tarmoqlarda yoki sotish bozorida yomonlashishi.
4. Qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatini bajara olmasligiga olib keluvchi «fors-major»
holatlarining vujudga kelishi, jumladan:
- qarz oluvchining ishlab chiqargan mahsuloti narxining pasayishiga sabab bo‘luvchi omillarning kelib
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

chiqishi;
- rahbariyat va mulkdorlar tarkibidagi radikal o‘zgarishlar oqibatida menejmentning yomonlashuvi;
- mol yetkazib beruvchilarning xom ashyo va materiallarni o‘z vaqtida yetkazib bera olmasligi;
- qarzdorning biznes-hamkorlari ishonchsizligini ko‘rsatuvchi dalillarning vujudga kelishi.
Kreditlar muammoli bo‘lib qolgan paytlarda to‘rt bosqich asosida tashkiliy tadbirlar o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich. Agar qarz oluvchining vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklari tufayli loyihalar amalga
oshirilishida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar kuzatilsa, kuyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
a) bank bo‘limlarining ma'sul xodimlari bilan fikr almashishi;
b) quyidagi maqsadlarda xo‘jalik organlariga tashrif buyurish:
- loyihaning bajarilishini  baholash;
- qarz oluvchining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish;
- loyihaning rivojlanish muammolarini aniqlash;
- risklarni baholash;
- kreditni o‘zlashtirishning qolgan davriga loyihaning biznes rejasini (TIA) o‘rganib chiqish;
- korxona ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etishi uchun qarz oluvchilar va manfaatdor shaxslar
o‘rtasida muzokaralar olib borish;
- muammoli kreditlarning hal etilishini tashkil etish maqsadida kredit komitetini jalb etish va ular bilan
muzokaralar olib borish.
Ikkinchi bosqich. Qarz oluvchining kredit yuzasidan muddati uzaytirilgan qarzlar bo‘yicha majburiyati.
Bu bosqichda ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagicha:
a) qarz oluvchining debitorlik majburiyatlari bilan ishlash. Bu ish qarz oluvchi faoliyatiga bog‘liq
hamma faoliyatlar tahlilini talab etadi. Majburiyatlar zanjiri tuziladi, bir-biriga bog‘liq majburiyatlar
qoplanishi sxemasi ishlab chiqiladi;
b) mijozning hisob-raqamlari yopiladi. Ta'sir ko‘rsatishning bu turi juda ehtiyotkorlik bilan amalga
oshiriladi, chunki bu qarz oluvchining aylanma mablag‘larini butunlay yo‘qotishiga olib kelishi mumkin;
v) to‘lov muddatini uzaytirish. Kreditni uzaytirishni amalga oshirishda barcha moliyaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlar tahlili amalga oshiriladi, naqd pul bilan ta'minlanganlik tekshiriladi, biznes-reja ishlab
chiqiladi va materiallar loyihalar monitoringi boshqarmasiga beriladi.
Bu yerda o‘zgargan ko‘rsatkichlar yordamida yangi loyiha monitoringi rejasi ishlab chiqiladi va xulosa
bilan birgalikda loyiha bo‘yicha kredit komitetiga taqdim etiladi. Kredit anketasi tuziladi va kredit portfeli
monitoringi boshqarmasiga beriladi. Hisobotning hamma turlari va ma'lumotlar bazasi bo‘yicha tegishli
o‘zgartirishlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich. Xizmat ko‘rsatuvchi bank mutaxassilari, loyihalar monitoringi boshkarmasi
xodimlari, loyiha ekspertlari, hokimiyat vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan birgalikda
korxonaning ishlab chiqarishni maromiylashtirish maqsadida tekshiriladi. Tegishli hollarda korxonaning
rahbarlarini o‘zgartirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
To‘rtinchi bosqich. Muddati uzaytirilgan majburiyatlarni qoplash maqsadida o‘tkaziladigan monitoring
garovga qo‘yilgan mulkni sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Vujudga kelgan muammoli kreditlarning yuqoridagi bosqichlar asosida hal etilish tamoyili muammoli
kreditlar bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlarning ijobiy natijasi, samarasini ta'minlashi bilan o‘z
ahamiyatini ko‘rsatib turadi. Lekin har bir investor yoki kreditlovchi bank va tashkilotlar o‘zlarining
maqsadlari va faoliyat yo‘nalishi xusuiyatidan kelib, chiqib mustaqil tarzda o‘ziga xos shakl va usul
bo‘yicha muammoli kreditlarni hal etish chora-tadbirlarni tizimini ishlab chiqadilar.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin