Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Agarda ikki yoki undan ko’p texnik va texnologik variant, boshqa sharoitlar bir xilligida, teng foydani
ta'minlaydigan bo’lsa, tanlov jarayonida umumiy xarajatlar minimumi mezonini qo’llash mumkin.
Institutsional tahlil.
(institutum – lotinchadan, «muassasa»)
Loyihani amalga oshirish natijalari ko’p jihatlari bilan, bir tomondan, uni amalga oshiruvchi
tashkilotlarning ichki tavsiflariga, ikkinchi tomondan, loyiha amalga oshirilayotgan muhit (davlat iqtisodiy
siyosati va tartibga solish tizimi, qonunchilik, davlat hokimiyati institutlari tizimi va h.) institutsional
sharoitlariga bog`liq bo’ladi.
Loyihaviy tahlilning institutsional tahlil qismi, loyihani amalga oshirishning tashkiliy va siyosiy
sharoitlarni o’rganib chiqadi. Uning yo’nalishi quyidagilarga bog`liq tarzda shakllanadi:
- loyiha miqyosi (mamlakat, tarmoq, mintaqa, korxona, xo’jalik darajasi);
- loyihada ishtirok etayotgan kapital (davlat, xususiy, kooperativ va h.);
- ishtirokchilar tarkibi (soni, tashkiliy-huquqiy shakllari);
- loyiha vazifasi (jamiyat uchun ahamiyat kasb etuvchi, xususiy tadbirkorlikni rivojlanitirish uchun
mo’ljallangan va h.).
Institutsional tahlilning maqsadi – loyihani amalga oshirishning ichki va tashqi institutsional sharoitlari
sifatini baholash, hamda investitsiya qabul qiluvchi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha zaruriy
tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Oxir oqibatda vaqtinchalik qurilmalar va maishiy xonalarni barpo etish, qurilish chiqindilarini olib
tashlash, yangi ob'ekt hududini obodonlashtirish kabi xarajatlar ham muhim bo’ladi. Bunday tadbirlarni
amalga oshirishning aniq grafigi yo’qligi va mas'ul shaxslar borasidagi noaniqlik ob'ektni topshirish
muddatlarini ancha orqaga surishi va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ichki institutsional sharoitlarning tahlili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
- loyihani amalga oshirish va korxonani boshqarishning uslublari va texnik vositalari (monitoring va
natijalarni baholash shular jumlasidandir);
- korxonaning boshqaruv va tashkiliy tuzilmalari;
- rejalashtirish tizimi, investitsiyalarni rejalashtirishni o’z ichiga olgan holda;
- kadrlar va ularni tayyorlash;
- moliyaviy boshqaruv, buxgalteriya va audit;
- savdo-xarid faoliyatini tashkil etish tizimi;
- korxonaning ichki siyosati (strategiya va taktika);
- korxona mustahkamligini baholash.
Korxonada qo’llanilayotgan boshqaruv uslublari, boshqaruv xodimlarining texnik qurollanganligi
loyihani amalga oshirish jarayoniga, hamda uning joriy va so’nggi natijalariga samarali ta'sir ko’rsatish
imkoniyatlari nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxona tashkiliy va boshqaruv tuzilmalari, ularning loyiha sharoitlariga mos kelishi tahlil qilinishi
lozim. Misol uchun, korxonada loyihani boshqarish bilan shug`ullanadigan maxsus bo’lim tuzilganmi, yoki
bu funksiyalar mavjud tuzilmaviy bo’limga berilganmi? Agarda bu funksiyalar mavjud bo’limga berilgan
bo’lsa, ushbu bo’limning imkoniyatlari va boshqa bo’limlar bilan o’zaro munosabatlari, hamda uning
boshqaruv qarorlarini qabul qilish tizimidagi roli tahlil qilinishi lozim.
Rejalashtirish tizimi ham, loyihani amalga oshirish maqsadlari uchun samaradorligi nuqtai nazaridan
baholanadi. Rejalashtirish uslublari, davriyligi, sifati, qabul qilingan rejalar bajarilishi ustidan nazorat
o’rnatish yo’llari aniqlanadi. Bunda investitsiyalarni rejalashtirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida – identifikatsiyadan tortib to foydalanishga
topshirishgacha – jalb etilgan kadrlar malakasi loyiha talablari va sharoitlariga javob berishi lozim.
Xodimlar malakasi yetarli bo’lmagan taqdirda, ularni o’qitish, mutaxassislarni yollash, maslahatchilarni
taklif etish bo’yicha tadbirlar rejalashtiriladi.
Moddiy va moliyaviy rag`batlantirish tizimi hisobiga ta'minlanadigan, xodimlarning umumiy va shaxsiy
manfaatdorligi ham muhimdir. Tahlil jarayonida korxonada bunday tizim mavjudligi tekshiriladi va uni
takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, xodimlar o’rtasida funksiyalarning
to’g`ri taqsimlanganligi, har bir xodim uchun kasbiy o’sish imkoniyatlarining mavjudligi, xodimning
umumiy ishdagi ishtirokdan ma'naviy qoniqish hosil qilishi baholanadi.
Korxona tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy siyosat, moliyaviy oqimlarni boshqarish,
moliyaviy va hisobot hujjatlarini tayyorlashning sifati, to’g`riligi va davriyligi, shuningdek ichki va tashqi
auditorlik tekshirishlarning natijalari ham institutsional tahlil ob'ekti hisoblanadi. Bu quyidagi ikkita asosiy
maqsadni ko’zlagan holda amalga oshiriladi:
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

- korxonadagi moliyaviy boshqaruv va hisob tizimi loyiha talablariga qanchalik javob berishini aniqlash;
- topilgan kamchiliklarni yo’q qilish bo’yicha tadbirlar tizimini ishlab chiqish.
Savdo-xarid faoliyatining tahlili, savdo, xarid va ta'minot sohalaridagi kamchiliklarni aniqlash va ularni
bartaraf etish yo’llarini rejalashtirish imkonini beradi.
Yirik investitsiyaviy loyihalar, odatda, texnika va uskunalarni xarid qilishni maxsus shartlar bilan (misol
uchun tender asosida savdo o’tkazish) amalga oshirishi ko’zda tutilgan bo’ladi. Loyihani amalga oshiruvchi
korxona bunga tayyor bo’lishi lozim. Shuning uchun ham institutsional tahlil davomida, korxona bunday
vazifalarni bajarish uchun yetarli tajribaga egaligi, mutaxassislarni jalb qilish zaruriyati va boshqa tashkiliy
masalalar muhokama qilinadi.
Loyihani muvoffaqiyatli amalga oshishiga korxonaning o’ylab amalga oshirilgan ichki siyosati yordam
berishi mumkin. Tahlilning bu qismi, korxona rivojlanishi strategiyasi va uni amalga oshirish taktikasini
o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi. Mazkur strategiya va taktikaning loyiha maqsadlariga muvofiq kelishiga
alohida e'tibor qaratiladi.
Korxona mustahkamligini baholash uchun, uning bozordagi o’rnini, rentabelligini, moliyaviy
barqarorligini aniqlash imkonini beruvchi moliyaviy tahlil uslublaridan foydalaniladi.
Loyihani amalga oshirish natijalariga ta'sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashqi institutsional
sharoitlarning tahlili, quyidagi ikkita asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi:
- barcha pog`onalardagi davlat siyosatining tahlili. Amaldagi qonunlar va tartibga solish siyosatining
loyiha natijalariga ta'siri baholanadi. Xususan, atrof muhitni himoya qilish, soliqqa tortish, narxlarni tartibga
solish, dotatsiyalar, xalqaro savdo qoidalari, valyuta ayirboshlash siyosati va hokazolar ko’rib chiqiladi;
- investitsiya qabul qiluvchi korxonaning boshqa korxonalar, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar,
hokimiyat institutlari, tarmoq muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarining tahlili.
Bundan asosiy maqsad loyiha uchun foydali bo’lgan o’zaro munosabatlarni va ularni rivojlantirish
yo’nalishlarini aniqlashdir.
Ijtimoiy tahlil.
Ijtimoiy tahlilning asosiy vazifasi – loyiha maqsadlarining, u amalga oshiriladigan ijtimoiy muhit
manfaatlariga muvofiq kelishi darajasini aniqlashdir. Loyihani jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanishini
ta'minlovchi tadbirlar lozim, shu jumladan aholi ijtimoiy ahvolida o’zgarishlarni rag`batlantirish yo’li bilan
ham. Loyihaviy tahlilda ijtimoiy tahlil bo’lmagan vaziyatlarda, loyiha u bilan bevosita va bilvosita bog`liq
bo’ladigan aholi ijtimoiy guruhlari emas, balki faqatgina loyihani ishlab chiquvchilar tomonidan baholanadi.
Ijtimoiy tahlil, loyihaviy tahlilning boshqa jihatlari singari, investitsiyaviy loyihani baholashga bo’lgan
yagona integratsiyalashgan yondashuvning muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, loyiha xayotiy
siklining barcha bosqichlarini qamrab olishi lozim.
Ijtimoiy tahlil quyidagi to’rtta asosiy yo’nalishni o’z ichiga oladi:
- loyihani amalga oshirish hududidagi aholining ijtimoiy-madaniy va demografik tavsiflari (soni va
ijtimoiy tuzilmasi, shu jumladan etnik tarkibi, yoshi, ma'lumoti, daromadlari darajasi bo’yicha);
- mintaqada ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish shakllari, xo’jalik yuritish tuzilmasi, mehnat
resurslarining mavjudligi, yerga bo’lgan mulkchilikka munosabat, tabiiy resurslarga egalik qilish imkoniyati
va ulardan foydalanish ustidan nazorat o’rnatish imkoniyati;
- loyihani umumiy qabul qilingan ijtimoiy me'yorlar nuqtai nazaridan qabul qilinishi va ularga
moslashuv qobiliyati;
- loyihani amalga oshirish jarayoniga aholi va mahalliy tashkilotlarni jalb qilish strategiyasi (ularning
loyihani amalga oshirishdagi manfaatdorligini ta'minlash maqsadida).
Moliyaviy tahlil.
Loyihalar moliyaviy tahlilini amalga oshirishda quyidagi savollarga javob topish lozim:
- tahlil paytida loyiha ishtirokchilaridan har birining moliyaviy ahvoli qanday va u loyihani amalga
oshirish davrida qay tarzda o’zgarishi mumkin;
- loyiha, moliyaviy nuqtai nazardan, umumiy holda (xarajat va daromadlarni ishtirokchilar o’rtasida
taqsimlamasdan turib) qanchalik samarali;
- loyihadagi ishtirokni amalga oshirish mumkinmi va bunday ishtirok har bir ishtirokchi uchun, uning
moliyalashtirish manbalari va shartlarini hisobga olgan holda, qanchalik samarali;
- har bir ishtirokchi uchun moliyaviy tavakkalchiliklar tahlilini amalga oshirish. Loyihani amalga
oshirish sxemasi shunday bo’lishi lozimki, noqulay vaziyatlar sodir bo’lgan taqdirda barcha ishtirokchilar
o’z faoliyatini davom ettirishi mumkin bo’lsin, aks holda «eng ojiz» ishtirokchining tavakkalchiligi, barcha
va butun loyiha tavakkalchiligiga aylanadi.
Ikkita muhim holatni ta'kidlab o’tish lozim. Birinchidan, barcha loyihalar ham moliyaviy jihatdan
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

samarali deb tahlil qilinmaydi. Agarda loyiha foydasini qiymat shaklida ifodalash mumkin bo’lmasa, tahlil
ketma-ketligi o’zgaradi: ya'ni samaradorlikda maksimumidan xarajatlar minimumiga o’tiladi.
Ikkinchidan, tahlilning moliyaviy jihati umumlashtiruvchi bo’lishi lozim. Loyihani tijorat, texnik,
ijtimoiy, institutsional va ekologik jihatlar bo’yicha tahlil qilish jarayonida, mazkur jihatlarning
samaradorligini va loyiha amalga oshirilishi mumkinligini belgilab beruvchi foyda va xarajat turlari
aniqlanadi (misol uchun, reklama xarajatlari, korxona xodimlarini qayta o’qitish xarajatlari va undan
olinishi kutilgan foyda, ekologik tavakkalchilikni pasaytirishga yo’naltirilgan xarajatlar va h.). Butun loyiha
va har bir ishtirokchi nuqtai nazaridan amalga oshirilgan moliyaviy tahlil, loyihani amalga oshirishdagi
ularning manfaatdorligini namoyon qiladi.
Moliyaviy tahlilda o’z aksini topishi lozim bo’lgan ekologik masalalariga kelib to’xtaladigan bo’lsak,
baholashning quyidagi umumiy qoidalarini hisobga olish muhimdir:
1.  Barcha ahamiyatga ega bo’lgan ekologik foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni aniqlash va
ularga aniq ta'rif berish lozim;
2. Sanab o’tilgan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni miqdoriy o’lchash lozim (sentnerlarda,
donalarda, odam-soatlarda, foizlarda va h.);
3.  Miqdoran o’lchangan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni baholash (pul o’lchamidagi
qiymat bahosini berish) lozim.
Tabiiyki, barcha aniqlangan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarga qiymat bahosini berib
bo’lmaydi. Shuning uchun ham, ayrim hollarda, mazkur masalani bartaraf etishga yordam beradigan eng
arzon yechimni (foyda, yo’qotish va tavakkalchiliklarning berilgan darajasidagi xarajatlar minimumi)
izlashni taklif etish mumkin.
Umumiy ko’rinishda loyihaning moliyaviy tahlili quyidagi bosqichlardan tashkil topgan bo’lishi
mumkin:
- loyiha xarajatlari umumiy hajmini joriy (past inflyatsiya) va doimiy (yuqori inflyatsiya) narxlarda
baholash;
- pul mablag`larining kelajakdagi oqimlarini baholash, loyiha hayotiy sikli tugagandan keyingi
aktivlarning qoldiq qiymatini hisobga olgan holda;
- loyiha pul oqimlarining kutilgan qiymatlaridan mumkin bo’lgan o’zgarishlarini va ushbu
o’zgarishlarning loyiha samaradorligi ko’rsatkichlariga ta'sirini hisobga olish asosida tavakkalchilik
darajasini baholash;
- loyiha tavakkalchiligi darajasini hisobga olgan holda kapitalning alternativ qiymatini aniqlash;
- loyiha aktivlarining real qiymatini baholash (pul tushumlarini diskontlash va ularni joriy qiymatga olib
kelish yo’li bilan);
- kutilayotgan pul tushumlarining (foydaning) joriy qiymatini, loyihani amalga oshirish uchun
sarflangan xarajatlarning diskontlangan qiymati bilan taqqoslash (agarda foydalarning umumiy joriy
qiymati, xarajatlarning umumiy joriy qiymatidan yuqori bo’lsa, loyiha samarali sanaladi).
Moliyaviy tahlil loyihadagi ishtirokdan olinadigan foydani baholash maqsadida amalga oshiriladi.
Boshqacha qilib aytganda, o’z va qarz mablag`larini loyihaga sarflash, ulardan foydalanishning boshqa
alternativ variantlaridan foydaliroq ekanligiga ishonch hosil qilish lozim.
Moliyaviy tahlilda barcha moddiy oqimlar (mahsulot, xizmatlar, resurslar) pul ifodasida taqdim etiladi.
Bu loyihani tashqi muhit bilan bog`lovchi kirish va chiqish oqimlarini taqqoslash, yig`indisini hisoblash va
tuzilmaviy tahlilini amalga oshirish uchun zarur. Bunda inflyatsiyani hisobga olish muammosi paydo
bo’ladi. Barcha narxlar nominal (ya'ni inflyatsiya o’sishini o’z ichiga olgan) yoki inflyatsiyasiz bo’lishi
lozim. Loyihani baholashda, odatda, investitsiyalash jarayonida narxlarning keskin o’zgarishi va yuqori
inflyatsiya ro’y bermaydi deb qabul qilinadi. Ammo, bunday qabul qilish xaqiqatga yaqin bo’lmaydi, va
shuning uchun ham narxlarning mumkin bo’lgan o’zgarishi uchun zaxira oldindan hisobga olinadi. Bunday
zaxiralar loyiha xarajatlari qismiga kiritiladi.
Investitsiyaviy loyihaning moliyaviy tahlili, odatda, ikkita asosiy bosqichni o’z ichiga oladi:
- «moliyalashtirishdan oldingi» tahlil, ya'ni moliyalashtirishning aniq manbalarini jalb etish bilan
bog`liq masalalarni ko’rib chiqilmaydi;
- «moliyalashtirishdan keyingi» tahlil, ya'ni moliyalashtirishning aniq sharoitlarini hisobga olgan holda.
Iqtisodiy tahlil (jamiyat samarasini baholash).
Loyihani milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan baholashda moliyaviy tahlilga o’xshash qoidalar
qo’llaniladi, ammo moliyaviy tahlildan farqli ravishda muayyan ishtirokchi manfaatlari emas balki butun
jamiyat (mamlakat, qishloq xo’jaligi va h.) manfaatlarini aks ettirish lozim.
Birinchidan, loyiha ishtirokchilarining bittasiga ham tegishli bo’lmagan, ammo aholi va kelajak avlod
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

manfaatlariga ta'sir ko’rsatadigan, loyihani amalga oshirish natijalari aynan jamiyat samarasini baholashda
hisobga olinishi lozim. Ko’pgina hollarda, loyihaning ekologik oqibatlari ushbu kategoriyadan joy oladi.
Misol uchun, dalalardan o’g’itlarni yuvish hech kimni ko’ziga tushmasligi va jarimaga olib kelmasligi
mumkin, ammo quyiroq joylashgan korxonalar, dam olish hududlari va boshqa ob'ektlar suvni tozalash
uchun qo’shimcha xarajat qilishlari lozim bo’ladi. Butun mamlakat va uning iqtisodiyoti nuqtai nazaridan
ushbu xarajatlar yoki paydo bo’layotgan yo’qotishlar hisobga olinishi lozim.
Ikkinchidan, butun ishlab chiqarilayotgan mahsulot va barcha foydalanilayotgan resurslar, har bir
ishtirokchi nuqtai nazarini aks ettiruvchi moliyaviy narxlarda emas, balki jamiyat va milliy iqtisodiyot
nuqtai nazarini aks ettiruvchi «iqtisodiy boyliklar» bo’yicha baholanadi. Misol uchun, o’simliklarni himoya
qilish vositalarining chet ellik yetkazib beruvchisi o’z xarajatlariga (va keyinchalik mahsuloti narxiga ham)
bojxona bojlarini (turli xil yig`imlar, aksizlar va h.) ham kiritadi. Milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan ushbu
yig`imlar mamlakat va jamiyatning real xarajatlari sifatida qaralmaydi, va iqtisodiy samarani hisoblashda
ishtirok etmaydi.
Uchinchidan, korxona 50-70 yilda bir marta sodir bo’ladigan, misol uchun, havo sharoitlarining
ekologik zarari tavakkalchiligini hisobga olmasligi mumkin, ammo mamlakat nuqtai nazaridan ushbu zarar
albatta hisobga olingan bo’lishi kerak.
Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, ekologik tahlil iqtisodiy tahlil bilan yaqindan bog`langan, chunki
amaldagi qonunchilik bo’yicha ko’pgina ekologik oqibatlarni moliyaviy baholab bo’lmaydi, ammo jamiyat
samarasini aniqlashda ularni hisobga olish majburiydir.
Ekologik tahlil.
Loyihani ekologik nuqtai nazardan baholash, yuqorida tilga olingan jihatlaridan tashqari, o’z masalalari,
usullari va qoidalariga ega.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ekologik baholash majmuaviy xarakterga ega bo’lishi va uning natijalari
loyiha qabul qilinishi yoki rad etilishiga ta'sir ko’rsatuvchi asosiy mezonlardan biri bo’lishi lozim. Bir
vaqtning o’zida, amaliyotga nazar tashlaydigan bo’lsak, xo’jalik rahbarlari faqatgina boshqaruv
organlaridan tegishli buyruq kelgandagina ekologik ekspertizani amalga oshiradilar.
Bunda ekologik oqibatlar naqadar muhimligi va ularni bartaraf etish lozimligi hamma uchun ravshan,
ammo moliyaviy resurslarning yetishmovchiligi loyihani ekologik nuqtai nazardan majmuaviy tarzda
baholash imkonini bermaydi.
Ekologik tahlilning maqsadi – loyihani amalga oshirish va ob'ektning keyinchalik faoliyat yuritishi
davomida atrof muhitga ko’rsatilishi mumkin bo’lgan zararni oldindan aniqlash, va yo’qotishlarni
minimumga olib kelish yoki umuman bartaraf etish bo’yicha qaror qabul qilishdan iborat.
Loyihani ishlab chiqish jarayonida  faqatgina atrof muhit uchun mumkin bo’lgan oqibatlar bo’yicha
ma'lumotlar bazasi va monitoring tizimi emas, balki loyihani ekologiyaga ta'siri bo’yicha muayyan
me'yorlarni o’rnatish, hamda ularga rioya qilinishi ustidan nazorat tizimi talab qilinadi.
Mamlakat hukumatlari va (yoki) xalqaro ekologik tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadigan havfsizlikning
minimal me'yorlari tushunchasi mavjud. Bunday me'yorlar sog`liqni saqlash, hayvonot va o’simlik
dunyosini asrash va boshqa sohalarda mavjud. Loyihani ishlab chiqish jarayonida shuni hisobga olish
lozimki, qabul qilinayotgan havfsizlik parametrlari ushbu minimal me'yorlardan past bo’lmasligi lozim.
Investitsiyaviy loyihalashtirishda, ayrim hollarda, atrof muhitga muayyan darajada zarar yetkazishga
yo’l qo’yiladi. Misol uchun, loyiha tufayli yuzaga kelgan zararli oqibatlar uchun tegishli insonlarga
kompensatsiyaviy to’lovlarni amalga oshirish, ushbu oqibatlarni bartaraf etish yoki kamaytirishdan ko’ra
foydaliroq bo’lishi mumkin. Ammo, har qanday holatda ham, esda tutish lozimki, loyihaning atrof muhitga
zararli ta'sirini kamaytirish yoki bartaraf etish bo’yicha barcha xarajatlar, hamda kompensatsiyaviy to’lovlar
va jarimalar, loyihaning umumiy xarajatlariga kiritilishi va pul oqimlariga qo’shilishi lozim.
Ekologik qismi muhim rol o’ynaydigan loyihalarda, xarajat va daromadlarning to’g`ridan-to’g`ri
tahlilini o’tkazib bo’lmaydi. Muammo shundaki, ekologik loyihalardagi daromad va xarajatlarni aniq ko’rib
bo’lmaydi va (yoki) ular vaqt bo’yicha ancha surilgan.
Tabiat nafaqat insonga resurslarni taqdim etadi, balki boshqa tabiiy xizmatlarni ham ko’rsatadi
(suvlarning tabiiy tozalanishi, tuproqning himoyasi, chiqindilarni qayta ishlash va h.). Tabiatning bunday
takrorlanmas o’ziga xos qobiliyatiga yetkazilgan zararni qiymat bilan ifodalash juda ham qiyin, ayrim
hollarda esa umuman mumkin emas.
Ekologik o’zgarishlarning darajasi va xarakterini oldindan bilish mumkin bo’lgan holatlarda, mavjud
bozorlar va ulardagi narxlar bunday baho berish imkoniyatini tug`diradi. Misol uchun, sug`orish tizimidagi
suv sifatining yomonlashuvi tufayli, hosil hajmi yoki sifatidagi yo’qotishlar yuqori darajali aniqlik bilan
hisoblangan bo’lishi mumkin.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Ammo, havo yoki ichimlik suvining sifati pasayishi natijasida insonlar sog`lig`iga keltirilgan zararni
hisoblash ancha murakkab. Misol uchun, sog`liqni saqlash, turar joyni o’zgartirish yoki davolanish
xarajatlarini hisoblash mumkin, lekin baribir bir qancha boshqa xarajatlar hisobga olinmasdan qoladi va
zarar ko’rganlar tegishli kompensatsiya olmaydilar.
Loyiha salbiy oqibatlarini kamaytirish yoki bartaraf etish xarajatlarini rejalashtirishda,
moliyalashtirishning barcha mumkin bo’lgan manbalarini, va birinchi navbatda investitsiyadan asosiy foyda
ko’ruvchi shaxslarning mablag`larini hisobga olish lozim. Qo’shimcha daromad olish yo’lida atrof muhitga
zarar yetkazuvchi, uni tiklash bo’yicha asosiy xarajatlarni ham ko’tarishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bundan tashqari barcha pog`onalardagi davlat byudjeti, atrof muhitni himoya qilish maqsadli dasturlarining
mablag`lari, maxsus ekologik jamg`armalarning mablag`lari va boshqa manbalardan foydalanish mumkin.
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin