Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

biznes-rejaning asosiy qismi xaridorlarga taklif qilinadigan maxsulot, umuman amalga
oshirilmoqchi bo‘lgan tad- birning mohiyati bayon qilingan bo‘limdan iborat bo‘ladi. Bu bo‘limni
yoritganda rahbar xodim taklif qilgan mahsulot raqobatchilarnikidan ma'lum xususiyatlari bilan ajralib
turmogi lozim;
- rahbar tadbirkor taklif etgan yoki amalga oshirayotgan tadbiri natijasida ishlab chiqarayotgan
mahsuloti faqatgina uning sa'y harakati mahsuli bo‘lmasdan, balki moliyaviy ta'minotiga ham bog‘liqdir.
Shular sababli rahbar xodim taklif qilgan tadbir asosida ishlab chiqarishni xom-ashyo bilan va boshqa zarur
moddiy resurslar bilan ta'minlash, yangi texnika, ilgor va tejamkor texnologiyalarni jalb etish, ularga yetarli
shart-sharoitlarni yaratib berish rahbarlarga ma'lum bo‘lishi va boshlangich faoliyati negizini tash kil
qilmog‘i lozim.
Tadbir rahbari quyidagi savollarga aniq va tushunarli javob berishi shart:
-taklif qilingan mahsulotlarga (xizmatga) bozorda talab bormi yoki yo‘qmi? Talab darajasi qanday?
(yuqori, o‘rta, past).
-taklif etilayotgan mahsulotlari (xizmat) iste'molchiga nimasi bilan yoqadi?
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatchilar mahsulotidan nimasi bilan farqlanadi?
-mahsulot bozorgirmi va u necha yil davomida bozorni egallab turadi?
-mahsulot patentlanganmi, mualliflik guvohnomasi bormi, ular qaerlarda va kim tomonidan ro‘yxatga
olingan, bankda hisob raqamiga egami?
Biznes-rejaning bu bo‘limida taklif qilinadigan mahsulotning sotilish narxi, hajmi va uni ishlab
chiqarishga ketadigan xarajatlar qiymati, olingan naf-foyda miqdoriga baxo berilishi shart.
Biznes-rejada bozorni o‘rganish:
-
biznes-rejaning bu qismida tadbirkor, o‘z hamfikrlari va sarmoyadorlari bilan marketing rejasining
asosini tashkil qiluvchi masalalarni bayon qilishi kerak. Bu qism nihoyatda muhim bo‘lib, uning tafsiloti
tadbirkorlar, dehqon va fermerlar uchun istiqbol reja va bajaradigan ishlarda dastur vazifasini o‘taydi.
Ularg‘a quyidagilar kiradi:
-
tovar mahsulotini iste'molchiga yetkazish usuli va yo‘llari;
-
narx-navo tizimi;
-
tovar mahsulotini tashvikot (reklama) qilish yo‘llari;
-
tovar mahsuloti sotilishini rag‘batlantirish yo‘llari;
-
tovar mahsulotini olganlarga xizmat ko‘rsatish;
-
korxona va tovar mahsulotining obro‘-e'tibori (imidj) haqida istemolchilar va keng omma o‘rtasida
ijobiy fikr uygotish.
Yukorida qayd qilingan har bir masala bo‘yicha ijara va oila pudrati jamoalari, dehqon va fermerlar
quyidagilarni bilishlari lozim. Birinchidan, mahsulotlar qaysi usulda sotiladi, o‘z do‘konlarida-mi? yoki
boshqalar orqalimi? Ikkinchidan, mahsulot narxi nimaga asoslanib belgilanadi, ketgan xarajatlarni qoplash
uchun qaysi darajada foyda ko‘rish yetarli? Uchinchidan, mahsulotlarni tashvikot qilishni qanday tashkil
qilish mumkin va bunga qancha mablag ajratiladi? To‘rtinchidan, mahsulot sotish qanday yo‘llar bilan
kengaytiriladi: sotuvchilar sonini ko‘paytirib-mi? yoki yangi bozorlar topish hisobigami? Beshinchidan,
mahsulot va korxona haqida iste'molchilar o‘rtasida obro‘-e'tibor, yaxshi fikr paydo qilish uchun qanday
ishlar amalga oshirilmoqchi?
Bu to‘g‘rida xorijiy davlatlar tadbirkorlari, dehqon va fermerlari tajribasini o‘rganish zarur.
Taklif etilayotgan loyiha turiga qarab (qanday mahsulot ish- lab chiqarish yoki xizmat turlariga qarab),
biznes-rejaning bo‘limlari ham turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin, bunday xujjatning mazmuni ozmi-ko‘pmi
namunaviy bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Rezyume (xulosa). Bu biznes-rejaning boshlanuvchi va eng qisqa bo‘limi bo‘lib, u o‘zidan keyin
keladigan barcha bo‘limlarning xulosasini o‘zida jamlaydi. Ko‘pgina sarmoya ajratuvchi investorlar,
bankirlar (chunki ularning aksariyati, eng avvalo tadbirkorlardir) bir yoki
ikki varaqli
 biznes-rejaning ushbu
qisqa mazmunli bo‘limini o‘qishni yaxshi ko‘radilar. Chunki ular bu orqali loyihaning eng kerakli
xususiyatlarini va afzal tomonlarini payqay oladilar. Shuning uchun bu bo‘limni tayyorlash juda mushkul
ish va u biznes-rejani tayyorlovchi xodimlardan katta mahorat hamda bilimlarni talab qiladi.
Bu ishni faqatgina biznes-rejaning barcha bo‘limlari ishlab chiqilgandan so‘nggina yuqori saviyada
bajarish  mumkin.  Shuni  yodda  tutish  lozimki,  rezyume  (xulosa)  -  bu  birinchi  material  bo‘lib,  sarmoya
ajratuvchi investor, bankir, uning mazmunidan loyiha haqida hukm chiqaradi.
Rezyumeda (xulosada) juda qisqa tarzda quyidagilar yoritiladi:
-
loyihaning mazmuni: uning maqsadi va imkoniyat darajasidagi samaradorligi;
-
ma'lum bir aniq bozor sharoitida loyihani amalga oshirish mumkinligi;
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

-
loyihani kim va qanday amalga oshiradi;
-
loyihani moliyalashtirish manbalari;
-
loyihani investitsiyalashdan keladigan, kutilgan foydalar: sotuv hajmi, ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari, foyda normasi, investitsiya mablag‘larini qaytarish hamda xarajatlarni qoplash vaqti.
 2. Korxona
(firma) haqida ma'lumotlar keltiriladi. Unda quyidagilar yoritiladi:
-
korxonaning (firmaning) tashkil etilgan vaqti;
-
ro‘yxatdan o‘tganligi;
-
korxona sarmoyasining tarkibi;
-
korxonaga xizmat ko‘rsatayotgan bank;
-
korxona rahbariyati haqida ma'lumot;
-
korxonaning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
-
korxonaning imidji (ya'ni - xaridorlarning korxona haqidagi fikri, korxonaning boshqa xuddi
shunday shakldagi firmalardan afzallik tomonlari, kimlar uning tovaridan yoki xizmatidan foydalanadi,
korxonaning savdo belgisi qaerlarda ma'lum va asosiy xaridorlari kimlardan iboratligi ko‘rsatiladi).
-
korxona harakat qilayotgan ichki va tashqi bozor tahlil qilinadi.
3. Tovar mahsulot (xizmat turlari) tavsifi:
-
ishlab chiqarishga taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat qanday ehtiyojlarni qondiradi;
-
bozordagi hozirgi kunda mavjud bo‘lgan xuddi shu turdagi mahsulot yoki xizmatdan sizning
mahsulotingiz yoki xizmatingiz qaysi afzal tomonlari bo‘yicha ajralib turadi;
-
taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat qanday mualliflik hujjatlari bilan himoya qilingan;
-
taklif etilayotgan mahsulot va xizmatning narxlari qanday bo‘lishi mumkin hamda qanchalik
raqobatga bardosh beradi;
-
mahsulot yoki xizmatni sotish natijasida qanchalik foyda normasiga erishish mumkin.
4. Sotuv bozori:
-
mahsulot yoki xizmatning asosiy xaridorlari kimlar bo‘ladi;
-
hozirgi vaqtda hamda kelajakda sotuv hajmi qanday bo‘lishi mumkin;
-
asosiy - raqobatchilar kimlar, ularning sotuv xajmi qancha, marketing strategiyasi va daromadlari
qanday;
-
raqobatchilarning mahsuloti qanday: asosiy tavsifnomasi hamda sifat darajasi qanday;
-
raqobatchilar mahsulotlari yoki xizmatlarini qaysi narx- larda sotmoqdalar, ularning narx siyosatlari
qanday.
5. Marketing strategiyasi:
-
ichki va tashqi bozorlarda mahsulot yoki xizmatni taklif etayotgan taqsimot hamda sotuv tizimi;
-
sotuv narxi va narxni tashkil etish tizimi;
-
reklama bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar, taklif etilayotgan reklama vositalari hamda ularga
ketadigan xarajatlar tarkibi;
-
sotishga ko‘maklashadigan chora-tadbirlar (pablik re- leyshnz), xaridorlar uchun qo‘shimcha
imtiyozlar, sotuvdan so‘nggi xizmat ko‘rsatish va xrkazolar.
6. Ishlab chiqarish dasturi:
-
mahsulot ishlab chiqarish qaerda tashkil etiladi;
-
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish lozimmi;
-
yoki harakatdagi korxona quvvatlaridan (qayta qurollanti- rib) foydalanish mumkinmi;
-
rejalashtirilayotgan korxonada ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq hajmi qanday bo‘lishi kerak;
-
me'yordagi quvvatlarga erishish uchun qanday investitsiyalar zarur;
-
korxona xom-ashyo mahsulotlari hamda boshqa ishlab chiqarish omillari bilan qanday ta'minlanadi;
-
qanday texnologiya va vositalardan foydalaniladi;
-
korxona boshqa korxona bilan ish jarayonini takomillashtirish ustida ishlaydimi.
7. Ishlab chiqarishni tashkil etish:
-
rejalashtirilayotgan korxonaning tashkiliy tuzilmasi qanday bo‘ladi;
-
korxona kadrlar bilan qanchalik ta'minlangan, mavjud mutaxassislarning ro‘yxati, ularning malakasi
hamda ish tajri- basi;
-turli xil kategoriyadagi ishlovchilarni, sotsial imtiyozlarni qo‘shgan holda, ish haqi shakllari hamda
darajasi qanday bo‘ladi;
-
korxonaning texnologik tuzilmasi qanday bo‘ladi.
8. Korxonaning tashkiliy shakli:
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

-
rejalashtirilayotgan korxonaning mulk shakli hamda huquqiy statusi qanday (xususiy korxona,
hissadorlik jamiyati, fermer xo‘jaligi, ijara korxonasi, ko‘shma korxona va hokazolar);
-
korxonaga yordamlashuvchi investor qanday huquqlarga ega bo‘ladi (boshqarishda qatnashishi,
aksiyalar paketidagi hissasi va hokazolar);
-
rejalashtirilayotgan korxonaning homiylari yoki investor- lari kimlar (davlat tashkilotlari, bank,
fermer xo‘jaligi, xususiy korxona va boshqalar);
-
mavjud homiylar yoki investorlar uchun qanday huquqlar berilgan (boshqarish, moliyaviy nazorat);
-
ushbu mulk shaklidagi korxona qanday yuridik huquqlarga ega (korxonaning huquqiy statusini
tartibga soladigan qonun nor- malarini qisqacha yoriting), potensial investor, unga beriladigan huquqlarga
ega bo‘lishi uchun, qanday yuridik holatlarni amalga oshirish kerak (birgalikda egalik qilish, homiy,
hissador) va bu esa mahalliy hamda joydagi qonunlar bo‘yicha qanday huquqiy ja- vobgarlikka olib keladi.
9. Moliyaviy reja:
-
korxonani tashkil etish uchun qancha miqdordagi umumiy investsiya hajmi kerak;
-
moliyalashtirish manbalari qanday (aksiyalar sotish, qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish, bank kreditini
olish, korxonani tashkil etayotganlarning o‘z mablagi);
-
moliyalashtirish manbalari va valyuta turlari bo‘yicha tar- kibi qanday bo‘lishi kerak (agarda xorijiy
valyutalarda investi- siyalar rejalashtirilayotgan bo‘lsa, u xolda qaysi ayriboshlash kurslarida ularni jalb
etishmoqchi);
-
uzoq muddatli investitsiyalarga va aylanma vositalarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun qanday
shartlar asosida moliya mablag‘lari jalb etiladi.
10. Loyihaning rentabelligi (foydaliligi):
-korxonani tashkil etish bo‘yicha investitsiya xarajatlarining
umumiy hajmi hamda mahsulot birligiga to‘g‘ri kelishi qanday (asosiy va aylanma vositalarga,
infrastrukturaga va xokazolar uchun investitsiyalar);
-
rejalashtirilayotgan korxonani ishlatish, mahsulotini coram yoki xizmatni tashkil etish qanchaga
tushadi;
-
maxsulotni sotishdan yoki xizmatdan keladigan umumiy daromadlar hajmi qancha bo‘lishi mumkin;
-
rejalashtirilayotgan korxona qanday turdagi soliqlarni to‘lashi kerak;
-
ijaraga olingan mablaglarni qaysi muddatlarda va qanday hajmlarda qaytarish rejalashtirilayapti;
-
rejalashtirilayotgan korxonaning umumiy foyda hajmi va normasi qancha bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan biznes-rejaning bo‘limlaridan tashqari, yana qo‘shimcha ravishda quyidagi
axborotlarni keltirish mumkin, ya'ni moliyaviy mablag‘lar hamda majburiyatlar, foyda va zararlar hisoboti,
moddalari bo‘yicha xarajatlar va hokazolar.
Xulosa qilib aytganda, muvaffaqiyatli tuzilgan biznes-reja korxonaning holatini chuqur tahlil qiladi
hamda uning kelajakdagi rivojlanishiga xolisona va ob'ektiv baho beradi.
Biznes-reja muhim hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham uni begona odamlarga hamda korxona
boshqaruviga aloqador bo‘lmagan shaxslarga berish taqiqlanadi.
Biznes rejani tayyorlash
Tadbirkorlik bilan shugullanuvchi xo‘jalik, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lganidan so‘ng samarali
faoliyat yuritish maqsadida o‘z biznes rejasini tuzishi zarur. Biznes reja avvaldan faoliyat ko‘rsatayotgan
hamda yangidan tashkil etilayotgan xo‘jaliklarniig hammasida tuziladi. U xo‘jalikning bir yillik faoliyati
bo‘yicha yoki ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha alohida tuzilishi mumkin.
Biznes rejaning asosiy maqsadi xo‘jalikdagi barcha vositalardan oqilona foydalanish natijasida uning
rivojlanishini hamda samaradorligini ta'minlashdir.
Maqsadni hal etish uchun rejada ichki va tashqi talablarni e'tiborga olgan holda qanday mahsulot ishlab
chiqarish hamda xizmatlarni bajarish kerakligini aniqlab olish tadbirlari tuziladi:
-
qancha mehnat, mablag va boshqa vositalar talab etilishini rejalashtirish, ularni olish manbalari va
yo‘llari;
-
mavjud bo‘lgan barcha vositalardan to‘la va samarali foydalanish tadbirlari;
-
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qaerda, kimlarga, qachon va qanday tartibda sotish va taqsimlash
tadbirlari;
-
amalga oshiriladigan barcha xarajatlar (yo‘nalishlari bo‘yicha), mahsulot sotishdan, xizmat
ko‘rsatishdan olinadigan pul daromadlarini, foydalarni, ularning taqsimlanishini aniq, ifodalovchi hisob -
kitoblar bo‘lishi kerak.
Biznes reja oldiga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda, uning tarkibi yukorida qayd etilgan 9
qismdan tashkil topgan bo‘lishi maqsadga muvofikdir:
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Biznes rejaning mazmuni, tuzilish tartibi.
Biznes rejaning titul varag‘ida xo‘jalikning nomi, manzili, ta'sischilarning ismi-sharifi, manzili,
telefoni, faksi bir betda joylashtirilishi zarur.
Kirish qismida rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatining holati, hududdagi o‘rni, ahamiyati va
samaradorligi aniq ma'lumotlar yordamida ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek unda mahsulot ishlab chiqarish
texnologiyasi, mahsulotlar assortimenti, ularning miqdori, sotilishi, umumiy mulki va mablag‘i, ishchi-
xizmatchilarning umumiy soni hamda raqobatchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar o‘z aksini topishi kerak. Bu
qismning mazmuni ishonchli bo‘lishi kerak. Chunki u sarmoyachilar e'tiborini o‘ziga jalb eta bilishi lozim.
Tarmoq mahsulotlari bozorini tahlil etuvchi qismida, hududda, xo‘jalikda sotilgan, kelajakda sotilishi
mumkin bo‘lgan mahsulot turlari, miqdori, sifati, bahosi to‘grisidagi ma'lumotlar batafsil ko‘rsatilishi
lozim. Shu o‘rinda xo‘jalikning bozordagi o‘rni ko‘rsatilsa, yanada yaxshi bo‘ladi. U xo‘jalikda sotilgan
mahsulot miqdorini shu hududda yoki tumanda sotilgan shunday mahsulot miqdoriga taqsimlab, 100 ga
ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Agarda bu ko‘rsatkich ortib borsa unda, xo‘jalikning bozordagi o‘rni
rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Undan xo‘jalikning bozordagi mavqyei qanday o‘zgarayotganligini
ko‘rish mumkin. Bu erkin bozor sharoitidagi eng muxim shartlardan biridir. Chunki bozorda o‘rni
yuksalayotgan xo‘jalik raqobatbardosh hisoblanadi va u kelajakda samarali rivojlanadi. Shu qismda
raqobatchilar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar, xo‘jalikning tashqi bozorga chiqish imkoniyatlari, masalan,
paxta tolasini, qorako‘l terisini, sabzavot hamda bog‘dorchilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha imkoniyatlar
ham asoslangan xolda ko‘rsatilsa foydadan holi bo‘lmaydi. Lekin yuqoridagi masalalarga oid ma'lumotlar
qishloq xo‘jalik korxonalarida e'lon qilinmaydi. Ma'lumotlar taqchilligi mavjud. Uni hal etish uchun esa
Respublika radiosi, ro‘znomalari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim. Tadbirkorlar ma'lumotlarni birjalardan,
ro‘znoma va oynomalardan, radio, televidenie xabarlaridan olishlari mumkin.
Rejaning mazmuni qismida xo‘jalik ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning ichki va tashqi
raqobatchilar mahsulotlaridan farqlari, afzalliklari (sifati, bahosi, xarajati va boshqa), tovarlarining belgilari,
ularni sotish bo‘yicha mavjud bo‘lgan litsenziyalari hamda mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari
bo‘yicha ma'lumotlar to‘liq keltirilishi lozim. Masalan, xo‘jalik paxtaning ma'lum bir navini yetishtirish
bilan shug‘ullansa, uni yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa navlar bilan bir jadvalda taqqoslab berish
kerak. Shunda ularning farqlari, afzalliklari yakkol ko‘rinadi. Shu qismda ishlab chiqarishning qanday
joylashganligi, mahsulotlarni sotishga chiqarish imkoniyatlari to‘grisidagi ma'lumotlar keltirilishi kerak.
Masalan, paxta qaerda yetishtiriladi va u qaerda qayta ishlanadi, ya'ni tolaga aylantiriladi. U joyning temir
yo‘l, avtomobil yo‘li, havo hamda suv yo‘liga yaqin-uzoqligi, qulayligi ko‘rsatilishi zarur. Shuningdek,
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning chakana va ulgurji savdo maskanlariga yaqinligi ham ko‘rsatilishi
kerak. Rejaning shu qismida xo‘jalikni kelajakda rivojlantirish uchun talab etiladigan kapital qo‘yilmalar va
shular evaziga barpo etiladigan barcha turdagi ob'ektlar, ularning afzalligi va samaradorligini ifodalovchi
ma'lumotlar ham keltirilishi lozim. Nihoyat, bu qismda rejaning bajarilishini ta'minlovchi asosiy omillar,
yo‘llar ko‘rsatiladi.
Ishlab chikarish rejasi qismida mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, turli
xildagi tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari
bo‘yicha sarflanishi mumkin bo‘lgan mehnat, material hamda mablag‘ xarajatlari (miqdori, summasi)
ko‘rsatilishi lozim. Hisob-kitoblar natijasida xo‘jalik qancha mahsulot ishlab chiqarishi va unga qancha
mehnat, material va mablag‘ sarflanishi aniqlanadi. Bu qismda ishlab chiqarishni takomillashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan masalalar ham rejalashtiriladi. Masalan yangi texnika, texnologiya yoki kichik korxonalarni
ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar hisob-kitoblar asosida ko‘rsatilishi lozim. Tadbiqorlar shu
qismni tuzishda texnologik jarayonlarini bajarish uchun belgilangan normativlarni, chunonchi, ekinlarni
ekishda urug‘, yoqilg‘ilarni, o‘g‘itlarni sarflash, mehnat sarfi me'yorlarini, shuningdek barcha
materiallarning baholarini va boshqalarni bilishlari lozim.
Marketing rejasi qismida biznes rejani tarmoq mahsulotlari bozori qismidagi ma'lumotlarga
asoslangan holda mahsulotlarni iste'molchilarga sotishning asoslanganligi, bu jarayon hyech qanday
qiyinchiliklarni vujudga keltirmasligini ko‘rsatuvchi tadbirlar belgilanadi. Shu qismda korxona
mahsulotlarini iste'mol etuvchilar to‘g‘risida, ular tomonidan qo‘yiladigan talablarning barqarorligini aniq
raqamlar bilan isbotlash lozim. Xo‘jalik mahsulotiga bo‘lgan talab darajasiga ta'sir etuvchi omillar
ko‘rsatiladi. Masalan, xo‘jalik mahsuloti sifatining yaxshiligi, ekologik jihatidan tozaligi, bahosining
nisbatan arzonligi, transport yo‘llariga yaqinligi va boshqalar. Xo‘jalikning boshqa raqobatchilar bilan
raqobatlashishida yutib chiqish strategiyasi imkoni boricha raqamlar yordamida asoslanishi zarur. Nihoyat,
sotiladigan mahsulotlarning baholari belgilanadi, mahsulotlarni qanday tartibda sotish tafsilotlari batafsil
yoritiladi hamda reklama xarajatlari keltiriladi. Xo‘jalikning bozor sohasidagi ayrim talab etiladigan
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

xolatlari ham rejalashtiriladi.
Tashkiliy reja qismida xo‘jalik yuritish faoliyatining huquqiy asoslari, qaysi qonunlar, farmonlar
hamda qarorlar asosida faoliyat ko‘rsatishi, mulk shakli, mulk egalari, xususiyatlari qayd etiladi.
Hissadorlik, paychilik xo‘jaliklarida esa ularning mulkiy payining umumiy miqdori, taqsimlanishi kabi
ma'lumotlar ko‘rsatilishi lozim. Bu qismda moliyaviy hujjatlarga kimlar qo‘l qo‘ya olishi, ularning
huquqlari ko‘rsatiladi. Ular xo‘jalikning ustavi (nizomi) ga mos kelishi shart.
Tavakkalchilik rejasi qismida turli holatlarning ta'sir ko‘rsatishi aniqlanishi lozim. Ular texnikaviy,
ekologik, boshqarish, moliyaviy-siyosiy hamda xalqaro miqyosdagi holatlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ularni ayrim sabablarga (xo‘jalikka bog‘liq bo‘lmagan) ko‘ra amalga oshirilmasligi xo‘jalik faoliyatiga
qanday salbiy ta'sir etishi mumkinligini ko‘rsatish kerak. Masalan, xo‘jalik sinalmagan iste'molchiga
mahsulot sotishda, ekologiyaning o‘zgarishida, mahsulotlarni transport vositalarida tashilishi, iqtisodiy va
siyosiy barqarorlik shakllanmagan hududlarga mahsulot sotish natijasida tavakalchilikka yo‘l qo‘yishi
oqibatida yuz beradigan holatlar yoritilishi lozim. Yuqoridagi omillar ta'sirini maxsus ishlab chiqilgan balli
tizim yordamida aniqlash mumkin.
Ularni olishda tadbirkorlar biroz qiynaladilar. Bu mushkullikni yengillashtirish uchun Respublika tovar
ishlab chiqaruvchilar palatasi, birjalar, vazirliklar tegishli ballarni gazetalarda berib borib, tadbirkorlarga
ko‘maklashishlari lozim.
Moliyaviy reja qismida avvalgi qismlarda mahsulot turlari bo‘yicha aniqlangan ishlab chiqarish
xarajatlari, ularning tannarxlari hamda baholariga asoslangan xolda har bir maqsulot turi bo‘yicha olinishi
lozim bo‘lgan pul tushumi rejalashtiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy hamda o‘zgaruvchan
xarajatlarga bo‘lgan holda aniqlash maqsadga muvofiqdir. Doimiy xarajatlarga ishlab chiqarish mumkin
bo‘lgan mahsulot miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, ya'ni asosiy vositalarning ijara
haqi, amortizitsiya summalari, yer va suv solig‘i summalari va boshqalar kiritiladi.
O‘zgaruvchan xarajatlarga esa mahsulot miqdorining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya'ni
mahsulot yetishtirishda sarflangan ish haqi summasi, yoqilg‘i, o‘g‘itlar qiymati va boshqalar kiradi.
Shuningdek, xo‘jalik bo‘yicha sarflangan ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdori, davriy
xarajatlar, moliyaviy sarflar hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar summasi aniqlanadi. Shu xarajatlarni
rejalashtiriladigan davrda kamaytirish yo‘llari, imkoniyatlari aniqlanib hisob-kitob qilinadi. Hisob-
kitoblarga asoslangan holda ularni kamaytirish rejalari ishlab chiqiladi. Barcha xarajatlar, daromadlar
hamda foyda summasi aniqlanganidan so‘ng, xo‘jalikning rentabellik darajasi aniqlanadi. Shuningdek
ayrim ishlab chiqariladigan mahsulotlar hamda xo‘jalik bo‘yicha xarajatlarni qoplash darajasi ham
aniqlanadi. Shu ko‘rsatkich yordamida mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish zarurmi yoki
to‘xtatish kerakmi, degan masala hal etiladi. Agarda olinadigan daromad unga qilinadigan xarajatdan kam
bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish kerak emas. Shu qismda olinishi mumkin bo‘lgan sof
foydaning taqsimlanishi ham rejalashtiriladi.
Biznes reja tuzishda xo‘jalik rahbari va mutaxasislari quyida ko‘rsatilgan masalalarga asosiy e'tiborni
qaratishlari kerak:
-
aniq bozordagi mahsulot turlariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda foyda keltiruvchi ekin
turini ekishni rejalashtirish, sotish shakllarini aniq bilish;
-
rejalashtirilgan yilda ekiladigan ekin turlarini, yerdan to‘g‘ri foydalangan holda joylashtirish;
-
ekiladigan har bir ekin turi bo‘yicha xo‘jalikda texnologik xaritalarni tuzishda mavjud me'yorlardan
kelib chiqqan holda, har bir hududning va xo‘jalikning iqtisodiy geografik xususiyatlarini hisobga olish;
-
mehnat va moddiy xarajatlar me'yorlariga qat'iy rioya qilish;
-
ekiladigan ekinni hosildorligini to‘g‘ri belgilash;
-
chorvachilikda poda harakatini tuzish;
-
mollar mahsuldorligini to‘g‘ri belgilash;
-
mollar va parrandalarning oziqaga bo‘lgan talabining hisob-kitobini qilish;
-
100 bosh urg‘ochi mollardan buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolasi olish hisob-kitobi, xo‘jalikning
yo‘nalishini hisobga olgan holda belgilanadi;
-
ekin ekish yoki chorva mollarini parvarish qilish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlarni aniq hisob-
kitob qilish;
-
yil boshida mavjud qoldiqni, mahsulotlarni saqlash xarajatlari hisob-kitobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
-
erkin va shartnoma asosida sotiladigan mahsulotlarga bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan
holda narx belgilash va yil davomida bozor baholarining o‘zgarishiga qarab mahsulot sotishning shartnoma
bahosini to‘g‘rilab borilishini shartnomada ko‘zda tutish;
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin