Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

-
tayyorlov tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida oladigan mahsulotlarni tashish xarajatlarini
qoplash manbalarini, miqdorini aniqlashni shartnomada aniq ko‘rsatish;
-
ishlab chiqarishda ishlatilmay foydasiz yotgan inventar, mashina va texnikalarni sotishni yo‘lga
qo‘yish;
-
xo‘jalikdagi har bir tarmoqning foyda bilan ishlashini ta'min etish;
-
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga qilinadigan mehnat va moddiy resurslar
me'yori (kishi-soat, urug‘, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar va boshqalar) vakolatli organlar
tomonidan tasdiqlangan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda talab etiladigan me'yordan, mahalliy
sharoitdan kelib chiqqan holda foydalanish;
-
ekiladigan ekinlarning texnologik xaritalarda ko‘rsatilgan davrlar buyicha ish miqdorini bajarilish va
xarajatlari davr tugashi bilan tahlil qilib borilishi shart.
31-MAVZU. FERMER XO‘JALIKLARINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSION LOYIHA
TASHABBUSINI VA MONITORINGINI TASHKIL ETISH
Bank muassasalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga mablag‘ ajratib, kredit bergan vaqtdan
boshlab qarz oluvchining kreditga layoqatliligini tahlil qilish, kreditning maqsadi ishlatilishi ustidan
nazoratni (tekshiruvni), ya'ni loyihani moliyalashtirishning monitoringini olib boradi.
Qarz olgan bank mijozlari o‘z qonun va qoidalariga ega bo‘lgan bozor muhitida, raqobatchilik
sharoitida faoliyat yuritadilar. To‘g‘ri rivojlanish strategiyasini tanlab olmagan, bozor sharoitiga
moslashmagan korxonalar o‘z pozitsiyalarini boy beradilar. Qarz berilgan paytda rivojlanish istiqboliga ega
bo‘lgan qarz oluvchi bir necha oydan so‘ng ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sirida qiyin moliyaviy ahvolga
tushib qolishi mumkin. Natijada bank kreditining  qaytarilmasligi xavfi yuzaga kelishi mumkin. Shuning
uchun loyihani moliyalashtirishga mablag‘ ajratgan bank (kreditor) qarz holatini loyihaning butun muddati
davomida doimiy ravishda nazorat qilib borishi, o‘z vaqtida yuzaga kelayotgan muammolardan darak
beruvchi «signal»larni aniqlashi juda muhim ahamiyatga ega.
Loyihani moliyalashtirish monitoringi moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘lar qay yo‘sinda
ishlatilayotganligini nazorat qilish, uning maqomidagi o‘zgarishlarni aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni
ko‘rish tizimini ko‘zda tutadi. Uning maqsadi asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foizlarning o‘z
muddatida qoplanishini ta'minlashidan iborat.
Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag‘ berish bitimiga tegishli barcha xujjatlarni
va ularning shartlari bajarilishini, ularning bank-kredit siyosatiga, qabul qilingan me'yorlar va tartiblarga
muvofiqligini davriy tekshirib borishni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning moliyaviy
layoqatini baholash bo‘lib, uning balansini, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini hamda mijozning
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa xujjatlarini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Monitoringning yana bir muhim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi manbai-uning qaytarilishining
ta'minotini tekshirish hisoblanadi.
Bugungi kunda respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu
loyihalar davlat byudjeti mablag‘lari, xalqaro kredit liniyalari mablag‘lari hisobiga, biznes-fond  va
byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan moliyalashtirilar ekan,
albatta, bu mablag‘larning qaytarilishi va ma'lum miqdorda ularning foyda bilan ta'minlanishi talab etiladi.
Ushbu mablag‘larning muayyan foydasi bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va tahlil qilib turish
uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol yetkazib beruvchilar, xususan, lizing, sug‘urta kompaniyalari
va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loyihalarning monitoringi olib boriladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan
monitoring olib borishning umumiy tizimi joriy qilingan.
Har bir moliyalashtiruvchi  yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘zlarining faoliyat turi va
xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zlariga xos bo‘lgan monitoring o‘tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu
asosda faoliyat yuritadilar.
O‘zbekistonda Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat ko‘mitasi Moliya
vazirligi bilan birgalikda 1998 yil 30 martda «Korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etish va
monitoringni yuritish tartibi» asosida monitoring mexanizmi yo‘lga qo‘yilagn. Ushbu tartibga 1998 yil 19
avgustda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu tartibda monitoringning qisqacha mazmuni keltirilgan.
Ushbu tartibga ko‘ra, monitoring – bu loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli kuzatuv olib
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

borishdir.
Monitoringning mazmuni «ko‘zgu» degan ma'noni anglatadi.
Monitoringni yuritishda kuyidagilar ko‘zda tutiladi.
1. Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko‘zda tutilganligi.
2. Ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirigacha kuzatib borish.
3. Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik jihatdan asoslanishi
va tashkil etilishi.
4. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni amalga oshirish.
Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash;
- olingan ma'lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik holatini tahlil etish;
- tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish.
Investitsiyalarni jalb etish va ularning monitoringi mexanizmi korxonalarining kredit resurslariga
bo‘lgan talabining bankini shakllantirishda, investitsiyaviy jarayonning barcha ishtirokchilari bilan o‘zaro
hamkorlik mexanizmini, ularning kredit liniyalarini o‘zlashtirish jarayoniga ko‘shilishini, shu jumladan
investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida kredit liniyalari resurslaridan investitsiyaviy loyihalarni
amalga oshirish samaradorligini kuzatishni va baholashni ko‘zda tutadi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish samaradorligi monitoringini o‘tkazishning maqsadi
investitsiyalash jarayonining barcha darajalarini doimiy kuzatish hisoblanadi (ularning kengaytirilgan
vazifalari asosida):
- investitsiyaviy jarayonning barcha ishtirokchilari tomomnidan korxonalar loyihalarini (takliflarini)
investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida o‘tish muddatlariga amal qilish;
- investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni, shu jumladan, investitsiyaviy davrning barcha
bosqichlarida jalb qilinayotgan chet el kredit liniyalari samaradorligini ta'minlashga ko‘maklashish.
Qo‘yilgan mablag‘larining yuqori samarasini ta'minlash korxonalar tomonidan investitsiyaviy loyihalar
bo‘yicha majburiyatlarni bajarish monitoringning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Shakllantirilgan investitsiya loyihasining samarali amalga oshirilishi, ko‘p hollarda, uni amalga
oshirishning tezkor rejasining o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishiga bog‘lik bo‘ladi. Bunday tezkor reja
amaliyotida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning kalendar rejasi deb nomlanadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab chiqish muayyan tamoyillarga
asoslanadi va muayyan ketma – ketlikda amalga oshiriladi. Quyida biz Ushbu tamoyillarni ko‘rib chiqamiz:
1. Kalendar rejaning ob'ekt tabaqalanishi (differensiyasi) bo‘yicha tamoyili kalendar rejalashtirish
investitsiya loyihasining butun  davriga asoslanib amalga oshirishini kerakligini ko‘zda tutadi. Loyihani
amalga oshirishni kalendar rejalashtirish jarayoni uni amalga oshirishning baza muddatlariga va biznes
rejada aks ettirilgan investitsiyalar oqimi jadvaliga asoslanadi.
Har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha uni amalga oshirish uchun bank tomonidan loyiha monitoringini
olib boruvchi loyiha menejeri belgilanadi.
2. Kalendar rejaning vaqtinchalik tamoyili ishlab chiqish shakli bo‘yicha uning detallashtirilishining
turli xil darajasini nazarda tutadi. Investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kalendar rejaning
vaqtinchalik differensiyasining asosiy shakllari kuyidagilar hisoblanadi:
- kalendar reja investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik jadvalini tezkor rejalashtirish
natijalarini aks ettiruvchi boshlang‘ich va asosiy hujjat hisoblanadi. U (yillik jadval) bir necha yillar
davomida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan kalendar yil doirasida bajarilishi
ko‘zda tutilayotgan ishlar hajmini o‘z ichiga qamrab oladi. Shuningdek u bir yil mobaynida amalga
oshiriladigan loyihalarda loyihaning maqsadiga ko‘ra bajarilish  muddati va ketma-ketligi bilan tavsiflanadi.
- loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarnng choraklik yoki yillik rejasi ularning ko‘rsatilgan
vaqtinchalik oraliqlari doirasidagi aniq, hajmlarini qamrab oladi. Ularni ishlab chiqishning asosi bo‘lib,
detallashtirishning tegishli ketma-ketligi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik jadvali
hisoblanadi. Ishlarning choraklik rejasi yillik rejaning taqdim etilishi bilan bir vaqtda taqdim etiladi va
tasdiqlanadi.
- dekadali (o‘n kunlik) topshiriqlar ishlarni bajarishning oylik rejasini ketma-ket detallashtirish shakli
hisoblanadi. Bizning mahalliy amaliyotda kalendar rejani tabaqalashning bu shakli kamdan-kam hollarda
qo‘llaniladi. Biroq, yirik investitsiya loyihalari uchun jalb etiladigan ko‘pgina xorijiy pudratchilar kalendar
rejalashtirishning bunday shaklini keng tadbiq etadilar.
3. Kalendar rejaning funksional tabaqalanishi tamoyili uning alohida funksional qismlarga bo‘linishini
nazarda tutadi. Bu investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab chiqish jarayonining
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

birmuncha ma'suliyatli qismidir. Bunday bo‘linish loyihaning hajmi va amalga oshirilishi bosqichiga
bog‘liqdir. Uning asosiy funksional qismlari bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi:
a) loyihani amalga oshirishga tayyorlash;
b) loyiha-konstruksiya ishlari;
v) moddiy texnikaviy ta'minlash;
g) kurilish-montaj ishlari;
d) loyihani ekspluatatsiyaga kiritish;
ye) loyiha kuvvatlarini ishga tushirish;
j) loyiha bo‘yicha qarzlarni qaytarish.
4. Kalendar reja zaxirasini shakllantirish tamoyili unga alohida kiritilgan ishlar muddatlarining tahlili
qilingan buzilish hollarini aniqlashdan va ushbu zaxiraning loyihani amalga oshiruvchi ishtirokchilari
o‘rtasida taqsimlanishidan iborat. Kalendar rejadagi har bir ish uni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bilan,
ishlarning boshlanish va tugallanish muddatlari bilan tavsiflanishi kerak. Ishlab chiqilgan reja real
bo‘lishligi uchun alohida ishlarni bajarishningrejalashtirilgan vaqti 75-80%dan kam bo‘lmagan ishonch
bilan aniqlangan bo‘lishi kerak. Bunday ehtimollik asosida ko‘zda tutiladigan zaxira jami kalendar reja
muddatining 10-12%ini tashkil etishi kerak.
5. Kalendar reja bajarilishini doimiy nazorat qilish tamoyili investitsiya loyihasini amalga oshirishning
kalendar  rejalashtirilishi tegishli nazorat qiluvchi blokni ham o‘z ichiga qamrab olishidan iborat. Bu
tamoyilning bajarilishi uchun joriy monitoring qo‘llaniladi.
Loyihani amalga oshirishning yaxshi ishlab chiqilgan kalendar rejasidan tashqari investitsiya loyihasini
amalga oshirishning byudjeti ham juda muhim sanaladi. Investitsiya loyihasini amalga oshirishning
samaradorligi ko‘pgina hollarda uni moliyalashtirishning asoslangan rejasi bilan aniqlanadi. Amaliyotda bu
moliyaviy reja «nvestitsiya loyihasini amalga oshirishning byudjeti» deb nomlanadi (yoki loyiha byudjeti).
Byudjet investitsiya loyihasini  amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar va mablag‘lar  tushumini aks
ettiruvchi qisqa  muddatli (bir yilgacha) tezkor moliyaviy  reja sifatida o‘zini namoyon etadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish ikkita asosiy vazifalarni hal etishga
qaratilgan bo‘ladi:
1. Kalendar rejaning alohida bosqichlari hajmida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
xarajatlar hajmi va tuzilishini aniqlash.
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish  uchun belgilangan jami mablag‘lar hajmi
doirasidagi investitsiya resurslari oqimining zarur bo‘lgan xarajatlarni qoplashini ta'minlash.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish uchun asosiy ma'lumot xujjatlari bo‘lib
kuyidagilar hisoblanadi:
- investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi;
- alohida ko‘rinishidagi ishlarni bajarish va kalendar rejaning alohida funksional bloklari ko‘rinishida
ishlab chiqilgan xom ashyolar, materiallar, moslamalar va uskunalarni sotib olish xarajatlari smetalari;
- investitsiya loyihasini moliyalashtirishning umumiy strategiyasi;
- loyiha biznes-rejasini ishlab chiqish bosqichida tuzilgan investitsiyalar oqimining oldindan bashorat
qilingan jadvali.
 Investitsiya jarayoni bosqichlariga bog‘liq holda investitsiya loyihasini amalga oshirish vaqtida ikki xil
ko‘rinishidagi byudjet ishlab chiqilishi mumkin:
1. Kapital sarflar va mablag‘lar tushumi byudjeti. Bu byudjet yangi kurilish bilan ob'ektning
kengaytirilishi, ta'mirlanishi va texnik jihatdan qayta kurollantirilishi bilan bog‘lik kurilish-montaj ishlarini
amalga oshirish bosqichida ishlab chiqiladi.
2. Joriy pul sarflari va daromadlari byudjeti. Bu byudjet investitsiyalash ob'ektini ekspluatatsiya qilish
bosqichida (uning ishga tushirilishidan keyin) ishlab chiqiladi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjeti puxta ishlab chiqilgandan so‘ng
kuzatish, tekshirish va nazorat qilish tizimiga ega bo‘lgan monitoring olib boriladi.
Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyiha doimiy nazorat yoki monitoringni talab etadi. Investitsiya
loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimi investitsiya bozori kon'yukturasining doimiy o‘zgarib turishi
sharoitida barcha investitsiya loyihalarini amalga oshirishning muhim joriy natijalarini doimiy kuzatib
borishni ta'minlash uchun bank yoki kompaniyalarda ishlab chiqilgan mexanizm sifatida o‘zini namoyon
etadi.
Banklar tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari monitoringi tizimini ishlab chiqishning
asosiy maqsadi bo‘lib, investitsiya faoliyati samaradorligini keltirib chiqaruvchi rejalashtirilgan
ma'lumotlarga nisbatan yuz bergan chetlanishlarni o‘z vaqtida hal etish, bu chetlanishlarni keltirib
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

chiqaruvchi sabablarni tahlil etish va investitsiya faoliyatini me'yorlashtirish hamda samaradorligini oshirish
maqsadida uning alohida yo‘nalishlarini tegishlicha tartibga keltirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish
hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimini yaratish kuyidagi asosiy tamoyillardan
foydalanishga asoslanadi:
1. Kuzatish uchun investitsiya faoliyatining birmuncha muhim yo‘nalishini tanlash. Bu tamoyilning
amalga oshirilishi kompaniya investitsiya faoliyatining maqsadli shakllantirilgan ma'lumotiga asoslanadi,
shu bilan birga investitsiya loyihalarini amalga oishirish jarayonida kuzatishga tegishli bo‘lgan ushbu
faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarining aniqlanishi bilan bog‘liq holdagi real investitsiyalarning portfeli
bo‘yicha ma'lumotlarga ham asoslanadi. Birinchi navbatda, kuzatish kalendar reja va byudjetning ularning
asosiy bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi ustidan tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
2. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlari
tizimini yaratish. Ko‘rsatkichlarning bunday tizimi, birinchi navbatda, buxgalteriya hisobi va statistik
hisobot ma'lumotlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Kompaniyada alohida ko‘shimcha ko‘rsatkichlarni
kiritish zaruriyati paydo bo‘lganda «boshkaruv hisobi» deb nomlanuvchi tizim yaratiladi. Bu tizim tezkor
buxgalteriya hisobotini to‘ldirishga xizmat kiladi va samarali boshqarish ehtiyojiga bo‘ysindirilgan bo‘ladi
(investitsiya faoliyatini boshqarish bunday hollarda boshqaruv hisobining mustaqil bloki hisoblanadi).
Hisobot (ma'lumot)lar ko‘rsatkichlari tizimi loyiha bo‘yicha birmuncha muhim ko‘rsatkichlar tuzilishi
va hajmi bo‘yicha kalendar rejani amalga oshirish jarayonini, xarajatlar hajmi va tuzilishi bo‘yicha
byudjetning bajarilishini, shuningdek ularni xususiy, qarz va jalb qilingan manbalar ko‘rinishida
moliyalashtirish bo‘yicha ham aks ettirishi kerak. Hisobotlar ko‘rsatkichlari tizimida qarz oluvchilar
(mijozlar) bilan olib boriladigan suhbat asosiy o‘rinni egallaydi. Qarz oluchi bilan suhbatni ushbu
korxonalar bilan shug‘ullanuvchi bank xodimi olib borishi kerak, chunki u korxonada yuz beradigan holatlar
to‘g‘risida yetarli tasavvurga ega bo‘ladi.
Suhbatdan tashqari, bu tizimda bank xodimlari tomonidan loyiha ob'ektiga borib turish yaxshi
rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Ob'ektni bevosita ko‘zdan kechirish va tanishish investitsiya loyihasini
amalga oshirish jarayoni to‘g‘risbda aniq ma'lumotlar beradi.
3. Investitsiya loyihasini amalga  oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha umumlashtirib baho beruvchi
(analitik) ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi korxona investitsiya
faoliyatining alohida yo‘nalishlari monitoringi maqsadidan kelib chiqib yaratiladi va buning uchun jalb
etiluvchi ma'lumotlar (hisobotlar) ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Ketma-ket olib boriluvchi tahlilning
qulayligi uchun bu baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi uning asosiy bo‘limlari ko‘rinishida shakllantirilgan
bo‘lishi kerak.
Tahlilning  bunday bo‘limlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-  investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish;
- investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarni o‘zlashtirilishi;
- qurilish ob'ekti bo‘yicha ishlar rejasining bajarilishi;
- investitsiya loyihasi bo‘yicha aktivlarning shakllanishi;
- investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha joriy samara-dorlik va boshqalar.
Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimini yaratishdagi alohida bo‘limlar doirasida ularning funksional
bo‘linmalari alohida ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunga misol, «investitsiya loyihasini amalga oshirish
uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish» bo‘limida baholovchi ko‘rsatkichlarning kuyidagi bo‘linmalari
ajratilgan bo‘lishi mumkin:
- moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha vazifani bajarish darajasi;
- investitsiya loyihasini moliyalashtirishda xususiy va qarz mablag‘larining ishtirok etish darajasi;
- investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalarining hisoboti va boshqalar.
- har bir bo‘limning bo‘linmalarida birmuncha muhim baholovchi ko‘rsatkichlarning aniq ruyxati
shakllantiriladi.
Investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ko‘pgina banklarda umumiy baholovchi ko‘rsatkichlar
hisob-kitobi shaxsiy elektron hisoblash mashina (ShEHM)larida maxsus dasturlar yordamida avtomatik
tartibda amalga oshiriladi, shuning uchun ko‘rsatkichlarning shakllangan tizimiga bir vaqtda jalb qilingan
ma'lumotlar ko‘rsatkichlari asosida ularning har birining hisob-kitob amaliyotini ishlab chiqishga to‘g‘ri
keladi. Moliyalashtirish manbasining mosligi va moliyalashning ko‘rinishi ham baholovchi ko‘rsatkichlarni
hisoblash usuliga ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun har bir tomon o‘zini baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash
uchun dasturli ta'minot sifatida namoyon etadi.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

1.
Ma'lumotlarning (baholovchi  ko‘rsatkichlarning) hisobot bazasini shakllantirishning davriyligini
o‘rnatish. Bunday davriylik investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjetining
davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunday davriylikning  hisobga olinishi bilan u kuyidagilarga
ajratiladi:
– tezkor hisobot (dekadali yoki ikki haftali);
- oylik hisobot;
- choraklik hisobot;
- yarim yillik hisobot.
Yillik hisobot ko‘rsatkichlari investitsiya loyihalarini amalga oshirish joriy monitoringining ob'ekti
hisoblanmaydi, chunki ko‘rsatkichlar o‘zgarishining dinamikasini oylar bo‘yicha kuzatish mumkin emas.
Yuqorida ko‘rsatilgan to‘rtga tamoyillar bilan bog‘liq holda bajarilgan ishlar investitsiya loyihalarini
amalga oshirish monitoringining nihoyalangan (tugallangan) ma'lumot blokini tuzishga imkon beradi. Bu
ma'lumotdan, nafaqat, bank ichida, shuningdek korxonalar reytingini tuzishda ham foydalanish mumkin.
5. Ko‘zda tutilgan haqiqiy natijalardan chetlashishga olib keluvchi asosiy sabab (omil)larni tahlil etish.
Tahlilning bunday jarayonida, birinchi navbatda, kalendar rejadan yoki byudjetdan «kritik chetlashuvlar»
kuzatiladigan ko‘rsatkichlar ajratiladi. «Kritik chetlashuvlar» mezoni sifatida dekadali (ikki haftali) davr
bo‘yicha 20% yoki undan ortiq miqdordagi chetlashishlar; oylik davr bo‘yicha 15% yoki undan ortiq foizlar;
choraklik bo‘yicha esa 10% va undan yuqori bo‘lgan foizlar qabul qilinishi mumkin.
6. Alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini me'yorlashtirish imkoniyatlari va
zaxiralarini aniqlash. Monitoringni tashkil etishning mazkur tamoyilini amalga oshirish jarayonida zaxiralar
alohida funksional bloklar ko‘rinishida va loyihalarni amalga oshirish jarayonini me'yorlashtirish bo‘yicha
buyurtmachi va pudratchilarning imkoniyatlarini o‘rganish bilan qaraladi. Bunday imkoniyatlarini o‘rganish
bilan qaraladi. Bunday imkoniyatlarning biri sifatida byudjetning moliyaviy zaxirasidan foydalanish ko‘rib
chiqilgan bo‘lishi mumkin.
7. Alohida investitsiya loyihalaringi amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjetning o‘zgarishi
bo‘yicha takliflarni asoslash. Agar alohida investitsiya loyihalarini malaka oshirish jarayonini
me'yorlashtirish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa (ya'ni  to‘liq hajmda me'yorlashtirishga olib kelolmasalar)
yoki mavjud bo‘lmasa, u holda monitoringning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, byudjet va joriy
rejalashtirilgan-kalendar rejaning asosiy xujjatlariga tegishlicha tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflarni
asoslash hisoblanadi. Alohida hollarda investitsiya loyihasining investitsiya portfelidan «chiqishi»
to‘g‘risidagi taklif asoslangan bo‘lishi mumkin.
 Investitsiya loyihalari monitoringi faqat uni amalga oshirish jarayonigagina xos bo‘lmasdan, balki
ularni moliyalashtirishga bo‘lgan davrlarda ham o‘tkaziladi. Loyihani moliyalashtirishga qadar
o‘tkaziluvchi monitoringning ahamiyati shundaki, u loyihani moliyalashtirish davridagi monitoringga
nisbatan afzalroq va ahamiyatliroq hisoblanadi. Chunki uning natijasida investorlarning loyihani amalga
oshirishdagi maqsadlari oldindan ko‘proq ta'minlanish imkoniyatlari hosil qilinadi.
Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziladigan monitoring kuyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
- investitsiya konsepsiyalarini qidirish;
- loyihani boshlang‘ich  tayyorlash;
- loyihani so‘nggi shakllantirish va uning texnik-iqtisodiy moliyaviy afzalligini baholash;
- loyihani uzil-kesil ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Loyihaning ushbu bosqichlardan o‘tishi investitsiyalarning amalga oshirilishini ta'minlaydi. Bunday
vaziyatni keltirib chiqarish uchun investitsiya g‘oyasini amalga oshirishning barcha jihatlari puxta
tayyorlanishi va shunga mos biznes reja (investitsiya loyihasi) ishlab chiqilishi lozim. Bunday loyiha
salohiyatli (potensial) investorlar manfaatiga mos kelar ekan, demak, o‘tkazilgan tadqiqot ishlari ko‘zlangan
natijaning hosil qilinishini ta'minlaganligini ko‘rsatadi.
Natijalar va o‘tkazilgan tahlillarning foydali hisoblanishi loyihani amalga oshirish va uni
moliyalashtirishning eng yaxshi variantini (sxemasini) tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini
(bosqichiga o‘tishni) beradi.
Ushbu bosqich yondashuvining afzalligi loyihani tayyorlashga sarflangan xarajatlarning
samaradorligini ko‘rsatib berish va oshirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuningdek ushbu bosqich eng
ustuvor va samarali loyihani aniqlash va tanlab olish imkonini ham beradiki, bu esa istiqbolsiz deb topilgan
loyihalarning o‘z vaqtida aniqlanishini va rad etilishining oldi olinishini ta'minlaydi. Loyihalarni bunday
saralash esa hamisha muhim hisoblanib kelinadi.
Mablag‘lar kiritishga munosib biznes-g‘oyalarni qidirish va tanlash investitsiyalash bilan bog‘lik
faoliyatning eng muhim boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Sababi, ushbu hol, oxir-oqibatida, investitsiya
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin