13-MAVZU. KO‘P TARMOQLI FERMER XO‘JALIKLARI INVESTITSIYA FAOLIYATINI
MOLIYALASHTIRISH MANBALARI VA USULLARI.
Fermer xo‘jaliklarining asosiy va qo‘shimcha tarmoqlari tushunchasiga aniqlik kiritib oldik. Endi ko‘p
tarmoqli fermer xo‘jaligiga tarif bersak bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlarimizga tayangan holda:
“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi” – fermer xo‘jaligi tashkil etilishi paytida yer uchastkalarini uzoq
muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan asosiy ixtisoslashuv yo‘nalishidan boshqa sohalarda
ishlab chiqarishni tashkil etib mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan fermer xo‘jaliklari hisoblanadi.
Ayni paytda qo‘shimcha tarmoq turli yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Eng muhimi mavjud
qonunlarimiz bilan taqqilanmagan va boshqa fermer xo‘jaliklariga zarar keltirmaydigan ishlab chiqarish
(xizmatlar ko‘rsatish) faoliyati bo‘lsa bo‘lgani.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning qo‘shimcha tarmog‘i asosiy tarmoq bilan
11
"
"
13-
. 5
1994
.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
bog‘liq holda yoki asosiy tarmoq bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda tashkil etilishi mumkin. Xususan:
· qo‘shimcha tarmoq asosiy tarmoq bilan bog‘liq holda tashkil etilganda – masalan, fermer xo‘jaligi
sabzavotchilik yo‘nalishida (asosiy tarmoq) faoliyat yuritsa qo‘shimcha tarmoq sifatida sabzavotni qayta
ishlash sexlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, mahsulotlarni tayyorlash, tashish va saqlash, chorvachilik
mahsulotlari yetishtirish kabi sohalarda o‘z faoliyatini kengaytirishi nazarda tutiladi;
· qo‘shimcha tarmoq asosiy tarmoq bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda tashkil etilganda – masalan,
fermer xo‘jaligi paxta g‘allachilik yo‘naligida (asosiy tarmoq) yuritsa qo‘shimcha tarmoq sifatida aholiga
taransport xizmati ko‘rsatish, xo‘jalik qoshida kichik tikuv sexlarini tashkil etish kabi sohalarda o‘z
faoliyatini kengaytirishi nazarda tutiladi.
Fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoq asosiy tarmoq bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda tashkil
etilganda hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda quyidagi yo‘nalishlarda faoliyatni yo‘lga qo‘yish
mumkin.
Fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoqlarni yo‘lga qo‘yish - fermer xo‘jaliklari asosiy faoliyat
yo‘nalishi bo‘yicha yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shimcha ravishda iqtisodiyotning
boshqa sohalaridagi xo‘jalik yuritish sub'ektlarida ishlab chiqarilayotgan xomashyo va yarim tayyor
mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash, shuningdek, turli yo‘nalishda ta'minot va xizmat
ko‘rsatish sohalari faoliyatini tashkil etgan holda, o‘z daromadini qo‘shimcha moliyaviy manbalar asosida
barqaror ko‘paytirishni ta'minlashga qaratilgan faoliyati ham hisoblanadi.
Yana bir masalani ta'kidlashni xoxlardik. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari bugungi kunda o‘ylab
topilgan emas balki, uzoq tarixga esa.
Ko‘p tarmoqli ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi muhim shartlardan biri bu - har qanday fermer
xo‘jaligi o‘z daromadini (sof foyda) oshirish maqsadida o‘z xoxishiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda
qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil etgan holda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylanishi mumkinligidir.
Bu boradagi fermerning faoliyati to‘liq ixtiyoriy va fermer xo‘jaligining xususiy manfaatlariga bo‘ysinishi
lozim.
Qo‘shimcha tarmoqlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini joylarning o‘zida ortiqcha nobudgarchiliklarga yo‘l qo‘ymasdan qayta ishlash,
raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, ularni ichki va tashqi bozorlarga chiqarish hamda
qishloqlarda ish joylari yaratish, qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, xayot farovonligini
yaxshilashga xissa qo‘shadi. Bu ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish asosida jamiyat ko‘radigan
naf hisoblanadi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoq faoliyati hisobiga yetishtirilgan mahsulotlar
fermer xo‘jaliklarining ichki iste'moliga yo‘naltirilishi va shuningdek bozorga chiqarilishi ham mumkin.
Lekin, iqtisodiy jihatdan qo‘shimcha tarmoq yuqori tovarlilik darajasiga ega bo‘lishi maqasdga muvofiq. Bu
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini rivojlatirishda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga ham mos keladi.
Umuman olganda, korxona moliyaviy resurslarining barcha manbalarini quyidagi ketma-ketlikda aks
ettirish mumkin:
- o’z shaxsiy moliyaviy resurslari va ichki xo’jalik zaxiralari;
- qarz moliyaviy mablag`lari;
- aksiyalarni sotish, pay va boshqa turdagi badallardan olinadigan, jalb qilingan moliyaviy mablag`lar;
- korxonalar uyushmalari tomonidan markazlashtirilgan moliyaviy mablag`lar;
- nobyudjet fondlari mablag`lari;
- davlat byudjeti mablag`lari;
- chet el investorlari mablag`lari.
O’z moliyaviy resurslari. O’z moliyaviy resurslarining tuzilmasi 13.1.-rasmda keltirilgan.
O‘z moliyaviy mablag‘lari
Korxona egalari
badallarining puldagi qismi
(ustav fondlari)
Xo‘jalik faoliyati natijasida paydo
bo‘lgan jamg‘armalar
Ichki aktivlar
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
13.1.-Rasm. O’z moliyaviy mablag`lar tuzilmasi
O’z va qarz moliyaviy mablag`lar o’rtasidagi asosiy farq shundaki, foiz to’lovlari soliq to’lagunga
qadar chegirib tashlanadi, ya'ni yalpi xarajatlarga kiritiladi, dividendlar esa foydadan to’lanadi.
Qarz moliyaviy mablag`lar. Qarz moliyaviy mablag`larning tuzilmasi 13.2.-rasmda aks ettirilgan.
13.2.-Rasm. Qarz moliyaviy mablag`larning tuzilmasi.
Investitsiyalarning ichki manbalari.
O’zbekistonda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish ichki manbalar va chet el kredit liniyalarining
resurslari hisobiga amalga oshirilgan.
Investitsiyalarning ichki manbalari 13.3.-rasmda ko’rsatilgan.
Kapital qo’yilmalarni moliyalashtirishning ichki imkoniyatlari ahvoliga ta'sir etuvchi asosiy omil
bo’lib, moliyaviy-iqtisodiy barqarorsizlik hisoblanadi. Bunga qaramasdan, ichki investitsion salohiyat
yetishmasligini nisbiy deb qarash mumkin.
13.3.-Rasm. Investitsiyalarning ichki manbalari .
O’zbekistonda chet el investitsiyalari quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- chet el kapitalining ulushli ishtiroki bilan qo’shma korxonlar tuzish;
- to’liq chet el investorlariga tegishli korxonalar, ularning filiallari va vakolatxonalarini tuzish;
- chet el investori tomonidan korxonalar, bino, inshootlar, korxonalardagi ishtirok ulushlari, aksiya va
obligatsiyalarni sotib olish;
- yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqini va boshqa mulkchilik huquqlarini sotib olish;
- zayom, kredit, mulk va mulkchilik huquqlarini taqdim etish.
Asosiy muammo chet el kapitalining samarali oqimini rag`batlantirishdan iborat. Ushbu munosabat
bilan quyidagi ikkita savolga aniq javob topish lozim: qaysi sohalarga chet el investitsiyalari kirib kelishi
chegaralanishi, qaysi sohalarga esa ularni birinchi navbatda jalb qilish lozim?
Bevosita kirib kelgan chet el investitsiyalari, bu faqatgina iqtisodiyotga kiritilgan oddiy kapital
qo’yilma emas, balki o’zbek korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini va texnik darajasini
oshirishning birdan-bir yo’li hamdir. O’zbekiston o’z kapitalini joylashtirish orqali chet el kompaniyasi
yangi texnologiyalar, ish faoliyatini tashkil etishning yangi uslublari va jahon bozoriga chiqish imkoniyatini
ham olib keladi.
Hozirgi kunda o’zbek korxonasi uzoq muddatli moliyalashtirishning quyidagi manbalaridan
foydalanishi mumkin:
- tijorat banklari;
- chet el banklari va kredit liniyalari;
- portfel investorlari - xususiy fondlar;
Investitsiyalarning ichki manbalari
Daromad
investitsiya
manbasi sifatida
Amortizatsion
ajratmalar
Byudjetdan
moliyalash-
tirish
Qarz moliyaviy mablag‘lari
Bank krediti
Qarz majburiyatlariga olingan yuridik
shaxslar ssudalari
Obligatsiyalarni joylashtirish
Lizing
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
- strategik investorlar.
Shuningdek, aksiyalarning ommaviy emissiyasi, obligatsiyalar, konvertatsiya qilinadigan
obligatsiyalar va lizing kabi uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari ham e'tiborga loyiq.
Strategik investorlar bo’lib quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
- mazkur yoki o’xshash sohada faoliyat yurituvchi va o’z faoliyatini kengaytirish istagida bo’lgan
kompaniyalar;
- boshqa sanoat sohalarida faoliyat yurituvchi va o’z aktivlaridan samaraliroq foydalanish istagida
bo’lgan kompaniyalar;
- strategik aloqalarni rivojlantirish istagida bo’lgan moliya-sanoat guruhlari (MSG).
Strategik investorlar, ko’pgina hollarda, korxona aksiyalarini portfelli investorga nisbatan yuqoriroq
baholaydilar. Bu holatni, strategik investorlarning uzoq muddatli hamkorlik va korxonada qaror qabul
qilishda ishtirok etish istagi bilan tushuntirish mumkin.
O’zbek korxonalari strategik investordan investitsiya olishni ma'qul biladilar, chunki ular investordan
quyidagilarni olishga intiladilar:
- yangi texnologiya va uskunalar;
- bozor va tarmoq to’g`risidagi bilimlar;
- chet el bozorlariga kirib borish imkoniyati;
- mahsulot assortimentini kengaytirish;
- bozor tomonidan tan olinish;
- ishlab chiqarish, ta'minot va savdo miqyoslarini kengayishidan samara olish (miyos samarasi);
- sinergetik samara (ishlab chiqarishda o’zaro to’ldiruvchanlik);
- yetkazib berishlar (agarda investor yetkazib beruvchi bo’lsa) yoki tayyor bozor (agarda investor
xaridor bo’lsa);
- tajriba.
Obligatsiyalar investitsion vosita bo’lib aksiyalardan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:
- obligatsiyalar bo’yicha foizlarning belgilangan to’lovlari amalga oshiriladi;
- obligatsiyalar belgilangan amal qilish muddatiga ega;
- obligatsiyalar qoplanishida asosiy summa qaytarilishi nazarda tutilgan;
- obligatsiyalar bo’yicha majburiyatlarni bajarish birinchi darajali (ustuvor) hisoblanadi.
14-MAVZU. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHDA MOLIYAVIY
VOSITALAR
Investitsiya institutlari - qimmatli qog‘ozlar bilan o‘z faoliyatini asosiy faoliyat sifatida amalga
oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari hisoblanadi.
Investitsiya instituti bo‘lgan yuridik shaxsning ustavida uning asosiy faoliyat turi albatta ko‘rsatilishi
kerak (bu - investitsiya institutlarini oddiy xo‘jalik yurituvchi sub'ektlaridan ajratib turuvchi birinchi
xususiyat). Boshqa mamlakatlarda investitsiya institutlari qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z faoliyatini
maxsus faoliyat sifatida amalga oshiruvchi tashkilot, deb ta'riflanadi.
1
Investitsiya institutlari uchun maxsus yoki asosiy faoliyat turi haqidagi talab tartibga soluvchi
organlarning yuqori ixtisoslashuvini ta'minlashga va shu orqali qimmatli qog‘ozlar bilan doimiy ravishda
faoliyat olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar kasbiy mahoratining yuqori darajasiga erishishga
intilishi bilan shartlangan. Bundan asosiy maqsad pirovardida investorlar manfaatlarini eng yuqori darajada
himoyalashga erishishdan iborat.
Biroq mamlakatimiz fond bozori endigina shakllanish bosqichida bo‘lib, qimmatli qog‘ozlarning
likvidligi yuqori bo‘lmagan hozirgi vaqtda investitsiya muassasasi maqomini olishga da'vogarlik qiluvchi
tashkilotlar uchun bunday sharoitda o‘z faoliyatini amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun fond
bozorida ishlashga ixtisoslashgan tashkilotlar shakllanish bosqichida o‘zlarini ular faoliyatining
taqiqlanmagan boshqa aniq investitsiya institutining faoliyati bilan qo‘shib olib borilishidan olingan
daromadlar hisobidan qo‘llab- quvvatlashi havfsizdir.
Shu bilan birga, qonun hujjatlarida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ayrim faoliyat turlarining birgalikda
olib borilishi ta'kidlanadi. Chunonchi, investitsiya maslahatchilari, investitsiya fondlari va boshqaruvchi
kompaniyalar o‘zlariga tegishli faoliyat turini qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatning
boshqa turlari bilan birgalikda olib borish huquqiga ega emas. Reestr saqlovchilar o‘zlarining qimmatli
qog‘ozlar egalari reestrini yuritish bo‘yicha faoliyatini fond bozoridagi depozitar faoliyatdan tashqari
professional faoliyatning boshqa turlari bilan birgalikda olib borishi man etiladi. U bu cheklovlar investorlar
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
huquqlarini himoyalash, ularning qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdagi xatarlarni kamaytirish uchun,
shuningdek, investitsiya instituti hamda mijozlar manfaatlarining qo‘shilib ketishi va shu munosabat bilan
nizoli vaziyatlarning sodir bo‘lishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur. O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar
bozoridagi har xil faoliyat turlarining birlashtirilishi bir shaxsning o‘ziga investitsiya muassasasining har xil
turlari sifatida faoliyat yuritish uchun bir necha litsenziyani berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Investitsiya institutlari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Yuridik shaxs
hisoblangan investitsiya muassasalarining faoliyati litsenziyalanishi lozim. Litsenziyalar 5 yil muddatga
beriladi. Investitsiya muassasalarining litsenziyalanishi ular faoliyatining davlat tomonidan nazorat
qilinishini anglatadi. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi har bir faoliyat turiga mazkur bozorni tartibga soluvchi
organning muayyan litsenziyasi to‘g‘ri keladi. Jismoniy shaxslar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya
maslahatchisi va investitsiya vositachisi sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ushbu faoliyatni amalga
oshirish uchun jismoniy shaxslar mahalliy hokimiyat idoralarida tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinishi
hamda fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga va
litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Malaka shahodatnomasi 3 yil muddatga beriladi. Investitsiya institutlarining
ikkinchi o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni xodimlarining asosiy tarkibi, xususan:
investitsiya institutlarining rahbarlari;
investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bilan investitsiya instituti nomidan bitimlar tuzishda
bevosita ishtirok etuvchi, shuningdek, mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislari fond bozorining ahvoli uchun
mas'ul bo‘lgan organda majburiy ravishda shahodatlashdan o‘tishlari kerak.
Investitsiya institutida ishlovchi va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarishga doir hujjatlarga
imzo chekish huquqiga ega bo‘lgan shahodatlashdan o‘tgan mutaxassislar kamida ikkita xususiyatga ega
bo‘lishi zarur.
Va nihoyat, investitsiya institutlarining uchinchi o‘ziga xos xususiyati shuki, ular yetarli darajadagi
o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishi lozim. O‘z mablag‘lari deganda ustav, qo‘shimcha, zaxira fondlari va
bevosita foydadan tashkil topgan mablag‘lar hajmi tushuniladi. O‘z mablag‘larining yetarli bo‘lishini
ta'minlash maqsadida investitsiya institutlari ularning har biri uchun maxsus belgilangan iqtisodiy
me'yorlarga dosh berishlari kerak, bu me'yorlar qo‘yidagilardan iborat:
Ustav fondining eng kam miqdori.
Qo‘yidagi formula bo‘yicha aniqlanadigan o‘z sarmoyasi va mijozlar mablag‘lari o‘zaro nisbatining
koeffitsienti:
S
N1 = .......... ,
K
H1 - o‘z sarmoyasi va mijozlar mablag‘lari o‘zaro nisbatining koeffitsienti;
S - investitsiya institutining o‘z sarmoyasi;
K - mijozlarning umumiy mablag‘lari.
Bir mijoz uchun xatarning eng ko‘p miqdori investitsiya institutini o‘z mablag‘ining bir mijoz
tomonidan taqdim etilgan mablag‘larning umumiy hajmiga nisbati sifatida quyidagi formula bo‘yicha
belgilanadi:
S
N2 = ------ ,
1K
N2 - xatar koeffitsienti;
S - investitsiya institutining o‘z sarmoyasi;
1K - bir mijoz tomonidan taqdim ztilgan mablag‘lar summasi.
4.2. Investitsiya maslahatchilari
Investitsiya maslahatchisi - maslahat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi investitsiya institutidir.
1
Maslahat
faoliyati qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari ahvolini tahlil va taxmin qilish, moliyaviy
vasitalarni ekspertizadan o‘tkazish, ishlab chiqish va tavsiyalar berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni,
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, jaylashtirish hamda ularning muomalada bo‘lishi, mutaxassislarni qayta
tayyorlash, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan investitsiya siyosatini amalga oshirish
masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatishni nazarda tutadi. Investitsiya institutlarining boshqa
turlaridan farqli o‘laroq, investitsiya maslahatchisi sifatida yuridik yoki jismoniy shaxslar ishtirok etishi
mumkin. O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyatining o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, u imkoniyatli investorga muayyan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotish
bo‘yicha tavsiyalar berish huquqiga ega emas, faqatgina unga mustaqil qaror qabul qilish uchun zarur
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
bo‘lgan axborotni berishi mumkin.
Investitsiya maslahatchisi ustav sarmoyasining eng kam miqdori eng kam ish haqining 100 barobariga
teng bo‘lishi kerak. Investitsiya maslahatchilari uchun iqtisodiy me'yorlar sifatida N1 va N2 koeffitsienti
qo‘llanilmaydi.
Investitsiya maslahatchilari quyidagi ish turlarini amalga oshiradi:
a) aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish hamda qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish
konsensiyalarini ishlab chiqish, emissiya prospektini tayyorlash, emissiya prospektini davlat tomonidan
vakolatlangan organlarda ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish;
b) davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish bilan bog‘liq ishlarni tayyorlash va
ularni amalga oshirish, ta'sis hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazishga
ko‘maklashish, qimmatli qog‘ozlar nashrini depozitariyda ro‘yxatdan o‘tkazish, xususiylashtirilayotgan
korxonaning aksiyalashtirish va shunga o‘xshash masalalar bo‘yicha manfaatlarini davlat boshqaruvining
barcha idoralarida ifoda etish;
v)
kasbga o‘qitish (qimmatli qog‘ozlar bozori sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta
tayyorlash);
g) emitentlar, investorlar, investitsiya institutlari bo‘yicha ma'lumotlar bazasini yaratish, qimmatli
qog‘ozlar bozorining ishtirokchilariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish: maxsus byulletenlar, axborotnomalar
chiqarish, buyurtma bo‘yicha emitentlarning faoliyati, ularning qimmatli qog‘ozlari haqidagi axborotni
taqdim etish, vositachini tanlash bo‘yicha tavsiyalar berish va h.k.
d) mijozning topshirig‘iga ko‘ra u yoki bu qimmatli qog‘ozlarning reklama qilinishini tashkil etish;
ye) emitentlar, investitsiya institutlarining fond bozoridagi faoliyati bilan bolg‘iq konsalting
xizmatlari (kontragentlar, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini
o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish);
j) qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilariga ushbu bozorga: oid qonun hujjatlari bo‘yicha
maslahatlar berish;
z) qimmatli qog‘ozlarning birja savdolariga kiritilishiga, shu jumladan, listing tadbiridan o‘tish
uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashga yordam ko‘rsatish;
i) investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan o‘tkazish;
k) qimmatli qog‘ozlar bozoridagi vaziyatni tahlil qilish (narxning vujudga kelishi, bozor
kon'yunkturasini taxmin qilish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar qilish imkoniyati va h.k.);
l) bitimlarni tuzishda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining manfaatlarini ifoda qilish,
kontragentlar o‘rtasidagi nizolarni betaraf hakam sifatida bartaraf etish;
m) investitsiyani amalga oshirish uchun emitentni va uning qimmatli qog‘ozlarini baholash;
n) sarmoyadorning loyihada ishtirok etishdan bosh tortganligi munosabati bilan investitsiya
mablag‘larini qaytarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
Mijoz haqida ma'lumotlar olish ham investitsiya maslahatchisining majburiyatiga kiradi. Mijoz taqdim
etmoqchi bo‘lgan axborotning to‘liq va ishonchli bo‘lishi ko‘p jihatdan uning mazkur axborot boshqa
shaxslarning qo‘liga o‘tmasligiga ishonishiga bog‘liq. Aynan shuning uchun qator mamlakatlarning
qonuniy hujjatlari maslahatchilarni mijozlarning moliyaviy ahvoli haqidagi maxfiy axborotni oshkor
etmaslikka, ulardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanmaslikka, agar mijoz o‘zi haqida hyech
qanaqa ma'lumotlar bermasa, maslahat xizmati ko‘rsatishdan bosh tortishga, ular oldida majburiy tartibda u
yoki bu qimmatli qog‘ozlarga nisbatan shaxsiy manfaatlarini ochiq-oydin bayon qilishga majbur etadi.
Eng avvalo investitsiya maslahatchisi mijoz investitsiyani amalga oshirish natijasida erishishni
mo‘ljallayotgan maqsadlarini, ko‘zlangan maqsadlarga erishishga undovchi sabablarni, shuningdek,
omonatchi yo‘l qo‘yishga tayyor bo‘lgan xatar darajasini to‘liq asnoda o‘ziga tasavvur qilishi kerak.
Asosiy investitsiya maqsadlari quyidagilardan iborat:
-
omonatlarni qadrsizlanishdan eng ishonchli tarzda himoyalash;
-
yuqori joriy daromadni olish;
-
uzoq kelajakni mo‘ljallagan holda mablag‘larni foydali joylashtirishga intilish;
-
qisqa muddatda qo‘yilgan mablag‘larning maksimal darajada o‘sishiga erishishga urinib
ko‘rish;
-
yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlarga turli uyg‘unliklar bilan bir vaqtning o‘zida erishish
istagi.
Mijozni ma'lum investitsiya maqsadiga erishishga intilishini ta'minlovchi sabablar turlicha va ular bir
qancha o‘ziga xos sharoitlarga bog‘liq. Biroq bu yerda, yuqorida ta'kidlanganidek, mijozlarning yoshiga xos
Dostları ilə paylaş: |