Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
-bozor iqtisodiyotiga kirib borish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish;
-davlat fan-texnika siyosatini o‘tkazish va uning asosida dunyo xo‘jalik aloqalarini mustahkamlash
hamda jahon bozoriga chiqish.
Byudjetdan tashqari investitsiya fondlarini tashkil etish va undan foydalanish ham davlat tomonidan
investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda iqtisodiy usullardan biri hisoblanadi. Mulkchilikning
shakllanishi va uning turli xil shakllari vujudga kelishi munosabati bilan bu borada ham davlat oldida,
yangidan tashkil topayotgan tijorat tizimlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliyotda birinchi
marotaba hal qilinadigan muammolarning kelib chiqishi ma'lum.
Davlat investitsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan
muvofiqlashtirishni yana bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bunda, boshqarish byudjet mablag‘lari, byudjetdan
tashqari fondlar, boshqa jalb qilinadigan mablag‘lar hisobiga investitsiyalarni basharotlashtirishni,
investitsiyalashni shart-sharoitlarini aniqlashni va aniq faoliyatlarni amalga oshirishni o‘z ichiga qamrab
oladi.
O‘zbekistonni mustaqillikka erishishi munosabati bilan respublikamizda investitsiya faoliyatini
muvofiqlashtirish endilikda mustaqil ravishda olib boryapmiz. Bu borada ham ayniqsa bozor
munosabatlarini yo‘lga qo‘yilishini hisobga oladigan bo‘lsak, tajribamiz yetarli emas. Shuning uchun
bugungi kunda bu faoliyatda tajriba orttirish, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirishni
yo‘lga qo‘yish iqtisodiyotimizni barqarorlashtirishda alohida ahamiyatga egadir.
Investitsiya faoliyatidagi sub'ektlar huquqlarining doimiyligi davlat tomonidan kafolatlanishi zarurdir.
Davlat idoralari va undagi xodimlar investitsiya faoliyatidagi sub'ektlar faoliyatiga aralashish huquqiga ega
emaslar. Agar investitsiya faoliyatiga sub'ektlar shartnomalardagi majburiyatlarini bajarmasalar qonunchilik
hamda bitilgan shartnomalarga binoan mulkiy va boshqa javobgarliklarga tortiladilar.
Barcha investorlarning investitsiyalari muhofazasi, mulk shakllaridan qat'iy nazar davlat tomonidan
ta'minlanadi.
Investitsiyalar to‘lovsiz milliylashtirilmaydi, rekvizitsiya etilmaydi. Agar qabul qilingan qonunchilik
aktlariga asosan investorlarning banklarga qo‘yilgan maqsadli bank jamg‘armalari, aksiyalar va boshqa turli
xildagi qimmatbaho qog‘ozlari davlat tomonidan olinsa, u holda investorlarning to‘lovlari yoki bo‘lmasa
ijara huquqlari ta'minlanadi. Faqatgina investorlarning o‘zlarining xatti-harakatlari oqibatida yoki ularning
ishtiroklari bilan yo‘qotilgan qiymatlar davlat tomonidan qaytarilishi ta'minlanmaydi.
Ma'lumki, bozor munosabatlari rivojlanishi bilan moliya bozori ham asta-sekinlik bilan rivojlanib va
takomillashib boradi. Ma'lumki, har bir mamlakatda qonunchilikning rivojlanishi uning tizimiga, tanlangan
yo‘liga, bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi va boshqa omillarga bog‘liqdir. Bu sohada chet elga
chiqish, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, ularning qonunlarini o‘rganib chiqib, respublika
xususiyatlari, an'analarini hisobga olgan holda, tez, qisqa vaqt ichida ishga solish alohida ahamiyatga
egadir. Ma'lumki ish yuritishning aniq shakl va murvatlari har bir sohada qabul qilingan qonunlarda o‘z
aksini topadi.
Qo‘shma korxonalarni faoliyatida dividendlarni o‘tkazish chet el personaliga ish haqi to‘lash va
boshqa to‘lovlarni yuritish doimiy xususiyatga egadir.
Xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ri yo‘nalishlarda kirib kelishida "loyiha moliyalashtirishni" yo‘lga
qo‘yishda, loyihalarni tahlil qilishda, umumiqtisodiy izlanishlarni olib borish, tavakkalchilikni baholash,
ijobiy hal qilish va o‘lchash hamda moliyaviy hisob-kitoblarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish juda katta ahamiyatga
egadir.
Loyihalarni moliyaviy jihatdan tahlil qilishda, xalqaro amaliyotda qabul qilingan ko‘rsatkichlar
asosida, hisob-kitoblarni olib borish, loyihalarni hayotiy qobiliyatlarini aniqlash imkoniyatlarini yaratadi.
Moliyaviy tahlilning maqsadi loyiha sikli davomida investitsiyalardan keladigan foydaga baho berishdan
iboratdir. Agar olinadigan daromad loyiha qiymatidan yuqori bo‘lsa unda loyiha maqsadga muvofiq deb
hisoblanadi.
Investitsiyalarni jalb qilish muruvatlari ancha murakkab hisoblanadi: xalqaro va milliy iqtisod
darajasida investitsiyalarni jalb qilishda yetarli tajribalar mavjud. Bu masalada boy tajribaga ega bo‘lgan
Jahon banki investitsion faoliyat olib borishda sezilarli natijalarga erishgan: Jahon banki bir dollar
investitsiyaga, chetdan qo‘shimcha ravishda 7-8 dollarni jalb qilish imkoniyatiga ega.
Jahon banki moliya bilan ta'min etuvchi loyihalar ustida ishlovchi tashkilot va shaxslarning nazoratiga
asoslangan va bank tomonidan "loyiha sikli" deb nomlangan loyihalarni tayyorlash va ularni amalga
oshirishni cheklangan jarayonga majburiy kiritilgan deb hisoblanadilar. Ushbu tushunchaga binoan sikl
tajribaga bir-biridan farq qiluvchi loyihani tayyorlovchi, ishlab chiqish, ekspertiza qiluvchi va baholovchi
bosqichlar hamda turli nuqtai-nazarlar va o‘lchamlar to‘plami kiradi. Ular asosida loyihani amalga oshirish
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
xulosalarini baholash mumkin bo‘ladi.
Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan usullar nimani, qanday qilishni, investitsiyalarni qaerdan
kelishini, loyiha bo‘yicha yaratiladigan mahsulotni sotish va yetkazib berish, yangi kelajak loyihalarni
amalga oshirishda qo‘lga kiritilgan tajribalarni qanday hisobga olish masalasini yechishda ishlatiladigan
yagona yondashuvdan foydalanish imkonini beradi. Baho usuli loyihalarni amalga oshirish xarajatlarini va
turli holatlardan olingan natijalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan: ya'ni mehnat jamoasi tomonidan yoki
aksioner tomonidan; loyihani amalga oshiruvchi tashkilot tomonidan; loyihani amalga oshirish tabiati yoki
ijtimoiy mehnat. Jahon banki tomonidan taklif qilingan usullar, ishlab chiqilgan loyihani iqtisodiy va texnik
nuqtai- nazaridan foydali bo‘lishi uchun va bunda faqat loyihani texnologik va jiddiy texnik tomonlarini
hisobga olib qolmasdan, balki investitsiyalash, boshqaruv va moliya ta'minot tizimini, shuningdek loyihani
yashay olish qobiliyatini va uzoq xizmat qilishi natijalarini ham hisobga olish zarur.
Milliy mulkka xorijiyliklar egalik qilishiga hamma vaqt va hamma joyda xavotirlik bilan qaralgan va
ziyraklik talab qilingan. Har qanday ko‘chmas mulkni xorijiy shaxs tomonidan sotib olinishi an'anaviy
gumonsirash va xavf bilan qabul qilinadi. Erkin kapital, yangi texnika va dastgohlarni olib kelishga
qo‘shimcha ish joylarni yaratishga qaramasdan xorijiy investorlarga nisbatan hushyor bo‘lish davlatning
investitsiya siyosati va investitsiya muhiti shakllanishiga haqiqiy omil bo‘lib hisoblanadi.
1
Jahon tajribasidan ma'lumki, asosan eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni hamkorlik asosida
eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muvaffaqiyat qozonishga olib keladi va
korxonalarni valyuta jihatdan o‘z-o‘zini qoplashni ta'minlaydi.
Yuqorida qayd etilgan masalalarni va muammolarni yechishda davlat tizimlari tomonidan investitsiya
faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘lini to‘g‘ri aniqlash ayniqsa iqtisodiyotni inqirozdan olib chiqish davrida
muhim masaladir.
Bozor munosabatlarini yo‘lga qo‘yish tugatilmagan qurilishlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini
taqozo etadi. Buning asosida esa qurilish muddatlari tugab ketgan, me'yor muddatlariga nisbatan cho‘zilib
ketgan ishlab chiqarish qurilishlari to‘xtatilishini, keraksizlarini, bozor munosabatlariga o‘tish munosabati
bilan voz kechish masalasini ham ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Tugatilmagan qurilish ob'ektlarini ularni boshqa
mulk egalariga sotish, ijaraga berish imkoniyatlari aniqlanadi. Ijaraga topshirish bu qurilish ob'ektlarini
qisqa davr ichida tugatilishini, ishga tushirilishini ta'minlaydi va qurilish cho‘zilishini oldini oladi. Bozor
munosabatlariga o‘tish davrida kichik va o‘rta qurilish ob'ektlarini ham ta'minlash zarurdir. Investitsiya
bozorini barpo etish tugatilmagan qurlishlarning tahlili natijalari bo‘yicha, jami kerak bo‘lmagan zahiradagi
va ortiqcha vositalarni ulgurji savdosini tashkil etish lozim bo‘ladi.
Investitsiyalar bozorining barpo etilishi turli kichik, o‘rta va yirik quruvchi pudrat tashkilotlarini
vujudga kelishini ta'minlaydi. Ular turli xildagi mulkchilik egalari tomonidan tashkil etiladi va raqobat
rivojlanishiga olib keladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mavjud bo‘lgan
ko‘pgina zararli, past rentabelli korxonalarni tugatilishini talab qiladi.
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida investitsiya faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtirish
maqsadida davlat moliya va kredit murvatlari keng ravishda foydalanishi lozim. Moliya va kredit murvatlari
turli xil tarmoqlardagi turli xil yakka hokimlikning tugatilishiga qaratilmog‘i kerak.
Tarkibiy siyosat-o‘tish davrida davlat iqtisodiy siyosatini muhim maqsadlaridan biridir. Xo‘jalik
tizimining bir shakldan boshqa shaklga o‘tishi jarayonida tarkibiy o‘zgarishlarning zarurati dastavval rejali
iqtisodiyotdan qolgan texnik qoloqlik va nisbatlarini aks ettirmaydigan buzilgan narxlar, doimiy taqchillik
va resurslardan foydalanishning xarajat murvatlari hukmronligi sharoitida muayyan siyosiy vaziyatga
bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish eksportni kengaytirish va importni almashtirishga qaratilgan dastur
hamda loyihalar davlat tamonidan qo‘llab-quvvatlash hisobiga amalga oshadi. Hamma investitsiyalarning
60% ga yaqini ustuvor tarmoqlarni rivojlanti-rishga yo‘naltirilmoqda, ilg‘or texnologiya va uskunalarni
keltiruvchi to‘g‘ri investitsiyalar mamlakat uchun o‘ta muhim bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun
qo‘shma korxonalar barpo qilish o‘smoqda.
O‘zbekiston sanoatining muhim xususiyatlaridan biri uning qishloq xo‘jaligi bilan chambarchas
aloqasidir, chunki mashinasozlik (kimyo va neft kimyo hamda qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash)
bilan hamda qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash (yengil, qayta ishlash va boshqa.) sanoatini
resurslar bilan ta'minlaydi. Respublika sanoat mahsulotining 2/3 miqdorga yaqini qishloq xo‘jaligi bilan
o‘zaro harakat qiluvchi tarmoqlarga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birgalikda O‘zbekistonda boy ma'dan konlariga asoslangan rangli va qora metallurgiya,
yoqilg‘i-quvvat, qurilish ashyolari kabi sanoat tarmoqlari rivojlandi. Yirik neft va gaz konlari negizida
yoqilg‘i sanoatini rivojlantirish, yirik issiqlik elektrostansiyalarini, kimyo va neft-kimyo sanoati
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
korxonalarini qurish imkoniyatini berdi. Investitsiya faoliyatini boshqarishda albatta boshqarish maqsadini,
mazmunini ham to‘g‘ri anglash lozim bo‘ladi. Investor faoliyatini asosiy mazmunini investitsion jarayon
tushunchasi bilan ta'riflash mumkin. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: tashkilot faoliyatining maqsadi va
cheklovlar asosida investitsiya strategiyasini hamda bozor beradigan imkoniyatlarni shakllantirish; umuman
bozorni tahlil qilishni, uni segmentlarini, alohida qimmatli qog‘ozlarni nazarda tutuvchi investitsiyalarni
tahlil qilish; investitsiya qarorlarini shakllantirish; portfelni boshqarish; investitsiya faoliyati
samaradorligini baholash;
Albatta yuqorida keltirilgan vazifalar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ularni ajratib bo‘lmaydi.
Investitsiya strategiyasining asosi moliyaviy institutlar faoliyatining maqsadi va cheklovlari
hisoblanadi. Samarali investitsiyalarni tanlash maqsadini oldindan aniq shakllantirmasdan hal qilib
bo‘lmaydi. Ushbu holatni har qanday investitsiya boshqaruvchisi uchun o‘ta muhim hisoblanadi. "Qaysi
qimmatli qog‘oz eng foydali?" yoki "Qanday portfel eng samarali?" -degan savollarga javob yo‘q.
Vazifani to‘g‘ri qo‘yishni quyidagicha shakllantirish mumkin: maqsadlardan kelib chiqqan holda,
rejali istiqbolda, ushbu tashkilot uchun mijozlar oldidagi majburiyatlar nisbati, qonuniy va boshqa
cheklovlarga qarab investitsiya qarori yaxshi bo‘ladi. Investitsiya institutlarining (investitsiya fondi,
investitsiya kompaniyalari) strategiyasi odatda investitsiya deklaratsiyasi deb nomlanadigan maxsus hujjat
bilan shakllantiriladi.
Aslida investitsiya deklaratsiyasi investitsiya fondining yoki investitsiya kompaniyasi nizom
fondining bir qismi hisoblanib matbuotda e'lon qilinishi, uni asosiy mazmuni esa aniq tartiblanishi lozim.
Ammo investorlar mablag‘lariga raqobat uchun ob'ektiv sharoit yo‘qligi ko‘pchilik investitsiya fondlari va
kompaniyalari deklaratsiyalari ularni nomigagina ishlashiga sababchi bo‘ladi va faqatgina me'yoriy
talablarni qondirish maqsadida tuziladi.
1.
Tashkilot
maqsadi. Strategik maqsadlar inflyasiyadan ma'lum foiz ortiq
bo‘ladigan kafolatlangan eng kam daromadni ta'minlashdan iborat bo‘lishi kerak. Deklaratsiya
ba'zi andoza portfelining (ma'lum fond indekslari asosida shakllantirish) daromadliligidan
ortadigan majburiyatlarni aks ettirishi mumkin.
2.
Rejali istiqbol. Deklaratsiya qilinadigan rejali istiqbol bu joriy investitsiya
strategiyasi mo‘ljallangan vaqt oralig‘idir. Rejali istiqbol investitsiya qarorlarini maqbullashtirish
uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
3.
Portfel
tarkibi va investitsiya faoliyatini cheklash. Investitsiya deklaratsiyasi
ko‘pincha portfel tarkibiga umumiy cheklovlarni aks ettiradi: masalan, investitsiyalash
majburiyati yuqori sifatli daromadli majburiyatlarga eng kam foizini belgilaydi (eng yuqori
reytinga ega bo‘lgan davlat qog‘ozlari yoki korporatsiya obligatsiyalari). Shu bilan bir vaqtda
bozorning boshqa segmentlarida investitsiyalar bo‘yicha cheklovlar belgilanadi hamda bir
emmitentning qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalar bo‘yicha cheklovlar qo‘yiladi.
4.
Bozorni asosiy segmentlarini daromadliligi haqida taxminlar. Bozorni asosiy
segmentlarini tavakkalligi va daromadligi haqida tashkilot taxminlarini deklaratsiya qilish hamda
investitsiyalar samaradorligini baholash va qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladigan inflyasiyani bo‘lajak darajasi keng tarqalgan hisoblanadi.
5.
Hisobot,
samaradorligini baholash, daromadlar to‘lash muddatlari va tarkibi.
Investitsiya deklaratsiyasida investitsiya faoliyatini samaradorligini baholash birinchi navbatda,
qo‘yilgan maqsadlarga erishishga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan har qanday holat haqida ildam
axborot to‘g‘risidagi majburiyatlar bo‘lishi mumkin. Investitsiya institutlari uchun mustaqil
tashkilot tomonidan o‘tkaziladigan davriy audit majburiydir.
Investorlar tomonidan bo‘ladigan ishonch omiliga investitsiya vositachiligi muhiti juda ham sezgir,
shuning uchun deklaratsiyalangan faoliyatni haqiqiy natijasiga muvofiq nazorat imkoniyatlarini mavjudligi -
raqobat doirasida bo‘lgan va bozor uchun ham har qanday moliyaviy institut uchun muhim hisoblanadi.
Samoya qarorlarini qabul qilish tamoyillarini ta'kidlab o‘tilganidek, ikki asosiy toifaga bo‘lish
mumkin, ular aktiv va passiv. Passiv yondashuv moliya bozorini samaradorligini o‘rtacha bozor darajasidan
past bo‘lmagan darajasini ta'minlashi, shu bilan birga tavakkalchilikning turli-tuman omillaridan
investitsiyalarni xavfsizlantirishdir. Passiv yondashuvning asosi - investitsiyalarni diversifikatsiyalashdir.
Diversifikatsiyalash, yoki investitsiyalarning turlicha segmentlari, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha
taqsimlash har bir muayyan turi bilan bog‘liq, yakka xavfdan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. Bir yo‘la
diversifikatsiya bozor yoki tizimli tavakkalchilikni o‘rtachalashtiradi. Passiv yondashuvga ergashadigan
investor, ma'lum ma'noda bozorga ergashadi.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Har qanday moliyaviy institut uchun tavakkalchilikning bosh manbai foiz tavakkali hisoblanadi.
Tashkilotlar investorlari muvozanatini tashkil qiluvchi moliyaviy aktivlar va majburiyatlar qiymati, bevosita
bozor stavkalari ta'siri ostida bo‘ladi. Ideal holatda, tashkilotning barcha aktivlari muddatlari bo‘yicha
moliyalashtirilgan majburiyatlari mos kelsa, foiz stavkalarining ta'siri muammolari bo‘lmaydi. Aktivlarni
vaqtincha tarkibi va majburiyatlarining muvofiq kelish muammosi hal qilishining samarali usuli muddatli
tahlil qilishdir. Muddatlilik ko‘rsatkichi faqatgina obligatsiyalarga emas, balki har qanday vaqtda
joylashgan pul oqimlari tarkibiga ham qo‘llanishi mumkin.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazardan, turli miqdorlar o‘rtasida moddiy va
nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, zarur ijtimoiy-iqtisodiy
(investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me'yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha
sub'ektlari - chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar
(rezidentlar va norezidentlar) gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai
nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va
tasarruf etish bilan bog‘liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati
shakllari foyda olish maqsadida ko‘pdan - ko‘p qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga ega bo‘ladi.
Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o‘z
ifodasini topadi. Investitsiya faoliyati rivojlanishining ob'ektiv sharoitlarini aks ettiradigan alohida
investitsiya munosabatlarining mavjudligi tartibga solishning mustaqil predmeti bo‘lishini taqozo qiladi.
Huquq nuqtai nazaridan investitsiya faoliyatini tartibga solish umumiy huquqiy va xususiy huquqiy tartibga
solish me'yorlarini qamrab oladi. Bu me'yorlarning birligi ijtmoiy va alohida investitsiya munosabatlarining
xarakteri va mohiyatini ifoda etadi hamda ularni tartibga solish usuliga aylanadi. Tartibga solish usullari
huquq me'yorlarining ham alohida, ham ijtimoiy zarur investitsiya munosabatlari xarakteriga o‘ziga xos
tarzda ta'sir ko‘rsatish yo‘llaridan iborat.
Investitsiya faoliyati predmetining ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish davridagi ahamiyati bu
faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish to‘g‘risida qonunlar qabul qilinishini talab etadi.
O‘zbekiston investitsiya faoliyatini tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining "Chet el
investitsiyalari to‘g‘risida", "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish
choralari", "investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari huquqiy asos bo‘lib
xizmat qiladi.
8
Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning
iqtisodiy, ilmiy - texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi.
9
Kapitalning mamlakatlararo ko‘chib yurishi kengaygan sharoitlarda investitsiya faoliyati, bir
tomondan, milliy, ikkinchi tomondan, xalqaro investitsiya munosabatlarini milliy va xalqaro huquq tizimi
asosida tartibga solish yo‘li bilan amalga oshirilishini talab etadi. Investitsiya faoliyatini tartibga solishdagi
xalqaro tajribalarni hisobga olish, chet el investorlariga investitsiyalashning barcha turlari va shakllarida
milliy tartibotni berish yanada qulay investitsiya muhitini yaratadi va chet el investitsiyalarining kirib
kelishini tezlashtiradi.
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu
faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub'ektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali
ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi. Hozirgi davrda investitsiya
munosabatlari kapitallarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish borasidagi
munosabatlarni qamrab oladi va nafaqat milliy iqtisodiyot doirasida, balki xalqaro iqtisodiyot darajasida
resurslarni taqsimlash, qayta taqsimlash jarayonlarini aks ettiradi.
Bozorga o‘tish sharoitlarida investitsiya munosabatlarida ham davlatning, ham o‘z manfaatlarini
amalga oshiradigan sub'ektlar ishtirok etishi sabali ular mulkchilik xususidagi munosabatlar majmuidan
iborat bo‘ladi. Xalqaro investitsiya munosabatlari ayrim mamlakatlar, korparatsiyalar , kompaniyalar,
xalqaro moliya va kredit muassasalari, yakka investorlar hamda shu kabilar manfaatlarining ro‘yobga
chiqishini ifoda etadi.
Respublikada ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitlarida investitsiya faoliyatini davlat
tomonidan taritbga solishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: ijtimoiy va xususiy manfaatlarni; ayrim
mamlakatlar, korparatsiyalar, xalqaro moliya institutlari, yakka investorlar manfaatlarini to‘g‘ri aniqlash;
ularning o‘zaro maqbul nisbatlarini kelishib olish; ularni hayotda ro‘yobga chiqarishning teng huquqiy
8
1998
24
. «
»
.-1999.
9
. "
,
"
", 2006
13
, 29 (10.586)-
.
Dostları ilə paylaş: |