Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
moliyaviy instrumentlar mavjudligi ushbu sohadagi xizmatlar sifatini anglatadi. Investorlar uchun
mamlakatda yetarli miqdorda faoliyat ko‘rsatuvchi moliya institutlari va jahondagi yirik banklarga tegishli
filiallarning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda jahonning yirik savdo va investitsiya
kompaniyalari filiallarining faoliyat ko‘rsatishi investorlar uchun ishonchlilik darajasini oshiradi.
Hukumat tuzilmalaridagi rasmiyatchilik. Hukumat o‘z investitsiya siyosatini qanday baholashi muhim
emas. Bunda katta tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlar bergan baho muhimdir. Investorlar rasmiyatchilik,
qog‘ozbozlik avj olgan muhitga kamdan-kam o‘z mablag‘larini sarflaydilar. Hukumat uchun eng muhimi,
rasmiyatchilik sabab bo‘lib, amalga oshirilishi to‘xtab qolgan loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish, yo‘l
qo‘yilgan xatoliklarni tuzatishdir.
Mahalliy ishbilarmonlik muhiti. Bu tushuncha juda keng bo‘lib, unga: advokat, maslahatchilarning
ko‘pligi, malakali ish yurituvchilar, buxgalterlar, arxitektorlar va konstruktorlarning mavjudligi kiradi.
Bundan tashqari qo‘shma korxona ochishda mahalliy hamkorning tajribasi, aloqalari, mehnatsevarligi va
ishonchliligi ham hisobga olinadi.
Yashash sifati. Ushbu omil xorijiy investorga taklif qilinayotgan barcha narsalarda o‘z aksini topadi.
Aholi turmush tarzi va daromadlarining darajasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xilma- xilligi va
mehnat uchun qilinadigan xarajatlar hajmida o‘z aksini topadi. Xorijiy investor o‘zi uchun ishlash, yashash,
bank va boshqa xizmat turlaridan foydalanishda qulaylik qiladi.
Investitsiya muhiti tushunchasi o‘z murakkabligi va mukammalligi jihatidan makro va mikro
iqtisodiyot darajasida ko‘rib chiqiladi.
Makroiqtisodiyot darajasida u kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
holatlarni o‘z ichiga oladi.
Mikroiqtisodiyot darajasida investitsiya muhiti bir tomondan investor-firmasi va ikkinchi tomondan
xorijiy investitsiyani qabul qiluvchi xo‘jalik sub'ektlari, ya'ni sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda
kasaba uyushma va boshqa jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ikki yoqlama munosabatlarni aks ettiradi.
9-MAVZU. INVESTITSIYA FAOLIYATIDA KAPITAL QUYILMA VA KAPITAL QURILISH
Kapital qo‘yilmalar-ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida yangi qayta qurilgan hamda
kengaytirilgan joriy asosiy jamg‘armalar tashkil qilishga mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘lar.
Mablag‘lar muntazam tayyorlov bosqichidan qurilish ishlab chiqarish bosqichiga aylanadi, shundan
so‘ng mahsulotni sotish bosqichiga o‘tiladi, bunda ular jamg‘arma bo‘lib o‘zgaradi.
Kapital qo‘yilmalar quyidagi xarajatlarga yo‘naltiriladi:
-qurilish-montaj ishlariga;
-turli jihozlarni va asboblarni sotib olishga;
-boshqa har qanday xarajatlar-loyiha qidiruv ishlari, qurilish maydonini tayyorlash kabilar.
Yuqorida qayd qilingan uch elementning o‘zaro nisbati kapital qo‘yilmalarning tuzilishini tashkil
qiladi. U tarmoq texnologik va takror ishlab chiqarish tuzilishi bilan ta'riflanadi. Kapital qo‘yilmalar xalq
xo‘jaligi sohalarida buyurtmachilarga ularning mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji, rivojlanish va haqiqiy ishlab
chiqarish kuchlariga qarab taqsimlanadi. Bu esa soha tuzilishini tashkil qiladi. Kapital qo‘yilmalarning
texnologik tarkibi qurilish-montaj ishlarining, jihozlarning, asbob-uskunaning, shuningdek jamg‘armaning
mulkiy hajmi hisobidagi turlicha xarajatlarning ratsional hajmini aniqlashga qaratilgan. Kapital
qo‘yilmalarning texnologik tuzilishini qurilish-montaj ishlariga sarflayotgan xarajatlar miqdorini
kamaytirish yo‘li bilan amaldagi asosiy jamg‘armalardan ham to‘liq foydalanish imkonini beradi. Amaldagi
korxonalarning quvvatlarini qo‘llab-quvvatlashda, ularni texnik qayta qurollantirishda, kengaytirish va
qayta qurishda, shuningdek yangi korxonalarni qurishda kapital qo‘yilmalarining takror ishlab chiqarish
tuzilishini aks ettiradi.
Kapital qo‘yilmalar tarmoq, texnologik va takror ishlab chiqarish tarkiblari bilan ta'riflanadi. Kapital
qo‘yilmalarning tarmoq tarkibi-bu xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning miqdoriy
nisbatini aks ettiradi.
Kapital qo‘yilmalarning texnologik tarkibi - mashina va asbob- uskunalarni sotib olishga va qurilish
montaj ishlarini amalga oshirishga ketadigan xarajatlar orasidagi nisbatni aks ettiradi. Asosiy fondlarning
aktiv qismini (mashina va asbob-uskunalarni takror ishlab chiqarishning kapital qo‘yilmalardagi ulushini
oshirish yo‘li bilan ularning texnologik tarkibini takomillashtirish sarflar samaradorligini oshirishning
muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Kapital qo‘yilmalarni takror ishlab chiqarish tarkibi ularni bir tomondan yangi qurilishlarga, ikkinchi
tomondan mavjud korxonalarni qayta qurish va texnik qayta qurollantirishni va kengaytirishga saflanadigan
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
mablag‘lar miqdori o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi.
Mulkchilik shakllari o‘zgarib, rivojlanib borayotgan sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
(KB va XT)ni rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun strategik muhim vazifadir. Jahon tajribasi shuni
tasdiqlaydiki, KB va XT ichki bozorni istemol tovarlari va xizmatlar bilan mo‘l-ko‘l ta'minlaydi, eksport
imkoniyatini oshiradi, ish bilan ta'minlash muommosini hal etadi, aholining real daromadlari darajasini
oshiradi. Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida KB investitsiyalarni kam talab qilishi, epchilligi va
moslashuvchanligi o‘zgartirib turishni ta'minlaydi.
Tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslaridan, investitsiyalarni moliyalashtirishning noan'anaviy
usullaridan, ayniqsa xalqaro moliya institutlari ishtiroki bilan moliyalashtirish usullaridan, lizing
operatsiyalaridan bemalol foydalanishlarini ta'minlash va shu yo‘l bilan ularni xorijiy texnika va
texnologiya bilan qurollantirish ustuvor vazifadir. KB va XTni rivojlantirish orqali raqobat muhiti vujudga
keltiriladi, soliqqa tortish bazasi kengaytiriladi, aholinig ish bilan bandligi oshiriladi, bozorlar tovar va
xizmatlar bilan mo‘l-ko‘l ta'minlanadi.
Kapital qo‘yilmalar va ularning texnologik tarkibi
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligiga ularni texnologik tarkibi, ya'ni qo‘yilmalarni umumiy
yig‘indisida sarflarni alohida turlari - uskunalar, asboblar va ishlab chiqarishda ishlatiladigan buyumlar;
qurilish ishlari; loyiha va boshqa ishlarga saflar nisbati katta ta'sir ko‘rsatadi.
Kapital qo‘yilmalarning tarkibida uskunalarning ulushini hamda ishlab chiqarish ishtirokchilarini -
asosiy fondlarni faol qismini qurilish ishlariga nisbatan ko‘payishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni
birligiga kapital qo‘yilmalarni pasayishiga olib keladi va ularni iqtisodiy samaradorligini oshiradi.
Kapital qo‘yilmalarning tarkibini yangilashga: sanoatning texnik darajasi oshishi, ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning o‘sishi, uskunalarni takomillashtirishga, ishlayotgan
korxonalarni kengaytirish va qayta qurishga, ularning kooperatsiyalashuvi va guruhlarga birlashtirish va
hokazolarga sharoit yaratadi.
Kapital qo‘yilmalar tarkibini yaxshilashda rejalashtirishni yaxshilashga va qurilish ishlarining
qiymatini pasaytirishga qaratilgan tarbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Mamlakat iqtisodiyotida kapital
qo‘yilmalar muttasil oshib boradi. Ayniqsa butun xalq xo‘jalagi tarmoklarida texnik taraqqiyotni
ta'minlashga ko‘maklashuvchi: kimyo sanoati, elektroenergiya, mashinasozlik, neft va gaz sanoati, qurilish
materiallari sanoati kabi tarmoqlarga kapital qo‘yilmalar tez sur'atlar bilan o‘smoqda.
Yangi texnikani joriy qilish asosida ishlayotgan korxonalarni qayta qurish qisqa muddatlarda ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirishga va yangi korxonalarni qurishga qaraganda kamroq kapital saraflashga
imkon yaratadi.
Hozirgi vaqtda korxonalarni qayta qurish, kengaytirish va texnik qayta qurollantirishga katta
miqdorda kapital qo‘yilmalari yo‘naltirilmoqda. Ishlab turgan korxonalarga kapital qo‘yilmalarning
sarflanishi texnik taraqqiyotning jadallashib borishi va ishlab turgan texnikaning eskirib borishiga
bog‘liqdir.
Agarda mamlakatning yangi tabiiy boyliklar konlari ochilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mintaqalarda
kapital qo‘yilmalarni yangi korxonalarni qurishga va yangi quvvatlarni barpo qilishga sarflanishi to‘g‘ri
bo‘lsa, boshqa mintaqalarda, ayniqsa qayta ishlash sanoatidagi, ishlayotgan korxonalarni qayta qurish,
texnik qayta qurollantirish to‘g‘ri bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda ilgari qurilgan ko‘pgina korxonalarda eskirgan uskunalarni modernizatsiyalash
zarurati yuzaga kelgan. Bu ishlab chiqarishning intensivlashga va texnikani hozirgi zamon talablariga javob
berishiga va mehnat unumdorligini oshishga olib keladi. Qator mintaqalarda qayta qurish ushbu mintaqa
iqtisodiyotini ko‘p qirrali rivojlantirish, korxonalarni zarur buyumlar bilan ta'minlanishi uchun ham
zarurdir. Ammo ishlayotgan korxonani qayta qurish har bir holatda chuqur iqtisodiy asoslarni talab qiladi.
Tajribaning ko‘rsatishicha ayrim korxonalarda dastlabki iqtisodiy hisob-kitoblarning qilinmaganligi
natijasida qayta qurish bo‘yicha samarasiz ishlarni amalga oshirildiki, natijasida qayta qurishga ketgan
sarflardan ham oshib ketdi.
Hozirgi paytda kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirish birinchi navbatda korxonalarni texnik
qayta qurollantirish, mexanizatsiya va avtomatizatsiya, uni ixtisoslashtirish, texnologiyani yaxshilash va
tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi va bank kreditlari hisobiga korxonalarni
texnik qurollantirish ko‘payib boradi.
Kapital qo‘yilmalar dastavval boshlangan qurilishlarni tugatish va ishga tushirish lozim bo‘lgan
ob'ektlarga yo‘naltiriladi; shuning asosida ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni ishga tushirishga
erishiladi.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Kapital qo‘yilmalarni samaradorligini oshirish
Kapital qo‘yilmalarni samaradorligini oshirish vazifasini bajarish uchun har bir sarflangan so‘m uchun
mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishini oshirishga erishish va uning keng miqyosda tashkiliy-texnik
tadbirlarni amalga oshirish lozim: ularga
•
alohida tarmoqlarga va korxonalarga kapital qo‘yilmalarning yo‘nalishini iqtisodiy asoslash;
•
o‘zining texnik darajasi bo‘yicha mahalliy va xorij fani va texnikasining yangi yutuqlariga
javob beradigan va mehnat unumdorligini o‘sishini, mahsulot tannarxini pasaytirishni va ishlab
chiqarishning foydaliligini o‘stirishni ta'minlaydigan qurilishlarni va loyihalarning sifatini oshirish;
•
qurilishlarni va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni tezlashtirish, loyiha-smeta
hujjatlari va moddiy-texnik resurslar va ishlab chiqarishni tashkil qilishni ta'minlash.
Korxonalarda kapital qo‘yilmalarni rejalashtirish uning iqtisodiy rivojlanish rejasining ajralmas
qismi bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarishini va uni ishlab chiqarish salohiyatini takomillashtirish asosi
bo‘lib xizmat qiladi.
Rejalashtirish kapital qurilishni uzluksizligini ta'minlaydi va ularni amalga oshirishni o‘z vaqtida
tayyorlashga imkon yaratadi.
Kapital mablag‘lardan foydalanishda tarkibiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Buni barcha kapital
qo‘yilmalarining ikki muhim soha bo‘yicha taqsimlanishida kuzatish mumkin. Ya'ni sarflanayotgan kapital
qo‘yilmalarining 56% ishlab chiqarish ob'ektlariga va 44% noishlab chiqarish yohud xizmat ko‘rsatish
tarmoqlariga sarflanmoqda. Agrosanoat, oziq-ovqat majmualaridan tashqari moddiy ishlab chiqarish
sohalariga kapital mablag‘larni yo‘naltirish sur'atlari birmuncha pasayib, uning yo‘nalishi yanada ijtimoiy
tus olmoqda.
Barcha kapital qo‘yilmalarning asosiy qismi- 60% dan ziyodrog‘i qurilish-montaj ishlariga sarf
bo‘lmoqda. Uning qariyib chorak qismi, ya'ni 24% asbob-uskunalar va jihozlarga, mavjud inventarlarni
ta'mirlashga va qolgan 15% boshqa turli xil jarayonlarga ketmoqda.
Ishlab chiqarish ob'ektlari bo‘yicha davlat kapital mablag‘lari sarfining takror ishlab chiqarish
tuzilishini olib qaraydigan bo‘lsak, shu narsa ayon bo‘ldiki, bu maqsadga yo‘naltirilayotgan barcha kapital
qo‘yilmalarining yarmidan ko‘prog‘i ishlab turgan korxonalarni texnik jihatdan qayta qurollantirish va
ularni rekonstruksiya qilishga ketmoqda.
Kapital qo‘yilmalarni to‘g‘ri rejalashtirish uchun va qurilish ishlab chiqarishini to‘g‘ri tashkil qilish
uchun mahalliy tashabbusni kengaytirish lozim. Rejalashtirish kapital qurilish muntazamligini ta'minlashi
va qurilishlarning o‘z vaqtida tugatilishiga sharoit yaratishi lozim. Qurilish nisbatan ishlab chiqarish davrini
qayta muddat talab qilishi bilan ajralib turadi, shuning uchun ham tayyorgarlik davri uzoq vaqtni o‘z ichiga
oladi.
Kapital mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha rejalarning yo‘qligi qurilish va rekonstruksiya qilish
ishlarini qimmatlashtiradi. Shuning uchun kapital qo‘yilmalari joriy rejalashtirish va qurilish-montaj
ishlarining asosi bo‘lgan istiqbol rejalarini ishlash muhim hisoblanadi. Istiqbol rejalardan kelib chiqib,
ishlarni yillar bo‘yicha, yangi talablar asosida taqsimlash uchun aniqlashtirilgan rejalar va dasturlar
ishlanadi. Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha reja topshiriqlari muayyan tarmoqlar, iqtisodiy mintaqalar va
korxonalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishlarida mo‘ljallangan o‘sishni ta'minlovchi yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirishni ta'minlaydi.
Shuning uchun ham sanoatdagi kapital qo‘yilmalar rejasi sanoat ishlab chiqarishining ishlab chiqarish
dasturi bilan bog‘liq ravishda tuziladi. Shu bilan birga kapital qo‘yilmalar rejasi boshqa rejalar bilan
muvofiqlashtirib tuziladi, bu esa o‘z navbatida kapital qurilishlarni o‘z vaqtida moddiy va moliyaviy
resurslar bilan ta'minlash imkoniyatini beradi.
Kapital qo‘yilmalarni tarmoqlar bo‘yicha taqsimlash yoki sanoatda kapital qo‘yilmalarning
tarmoqlararo tarkibi o‘sha davrning xo‘jalik- siyosiy vazifalari bilan belgilanadi. Sanoatning ayrim
tarmoqlariga kapital qo‘yilmalar rejali miqdorini to‘g‘ri belgilash uchun ishlab chiqarish quvvatlarining
rejali muvozanatlari tuziladi. Shu bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalarni tarmoqlar bo‘yicha taqsimlash ishlab
chiqarish va kapital qurilishning rejalarini muvozanatli bog‘lash asosida hamda o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni
muvozanatlash orqali aniqlashtiriladi.
Sanoatning alohida tarmoqlariga kapital qo‘yilmalarini rejali miqdorini to‘g‘ri belgilash uchun,
ishlab chiqarish quvvatlarini rejali muvozanatlari ishlanadi. Ushbu muvozanatlarda reja davri boshiga
mavjud ishlab chiqarish quvvatlari aniqlanadi hamda mo‘ljallangan miqdorda mahsulot ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘ladigan quvvatlar aniqlanadi. Chuqur tahlillardan so‘ng mavjud quvvatlardan ishlab
chiqarish miqdorini ko‘paytirish va qayta qurish yoki yangi korxonalarni qurish yo‘li bilan ishlab chiqarish
quvvatlarini qo‘shimcha o‘stirish zarurati belgilanadi.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Kapital qo‘yilmalarning moliyaviy manbalari
Asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda yalpi milliy mahsulot va tarkibiy qismlarini
qoplash fondi va milliy daromad, iste'mol fondi va jamg‘arish fondi orasidagi aloqa va nisbatlarda o‘z
ifodasini topadi. Kapital qo‘yilmalarning bosh manbai- bir vaqtning o‘zida takror ishlab chiqarish
jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarishda foydalanish natijasi va ishlab chiqarish asosi sifatida ishtirok etuvchi
milliy daromad hisoblanadi. Asosiy fondlarni qo‘llash jarayonida, iqtisodiy doiraga tabiiy va mehnat
resurslarini kiritish bilan yaratilgan yalpi milliy mahsulotda alohida sarflar asosiy fondlarni qoplash va
jamg‘arishga qilinadi va ma'lum resurslar jamiyatning joriy ehtiyojlarini qondirishga sarflanadi.
Milliy daromad jamiyatning joriy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan iste'mol fondlaridan va
asosiy fondlarni shakllantirishga ketadigan jamg‘arma fondlaridan tashkil topadi. Hozirgi vaqtda davlat
kapital qo‘yilmalarining kattagina kismi jamg‘arma fondidan, qolgan qismi asosiy fondlarni oddiy takror
ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan amortizatsiya ajratmalaridan tashkil topadigan qoplama fondlar
hisobidan amalga oshiriladi.
Kapital qo‘yilmalarga bo‘lgan ehtiyoj maxsus mablag‘lar va turli fondlarga ajratmalarni hisobiga
shakllantiriladigan korxona va tashkilotlarning markazlashmagan mablag‘lari hisobidan ham qoplanadi.
Yangicha xo‘jalik yuritish sharoitlarida ham asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishda
markazlashmagan qo‘yilmalarning roli ham sezilarli darajada oshdi. Yangi texnikani joriy qilishga,
uskunalarni yangilashga, xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarishni kengaytirish va tashkil qilishga
sarflanadigan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondlari va bank kreditlari markazlashmagan mablag‘larni
barpo qilishning bosh manbai hisoblanadi.
Ko‘mir va gaz qazib chiqarish hisobiga yoqilg‘i sanoati tarmoqlarida ilg‘or o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Qurilish tashkilotlari shohobchalarini kengayishi va qurilish ishlab chiqarishni industrlashtirish darajasini
oshishi katta miqdorda kapital qo‘yilmalarining o‘zlashtirilishiga imkoniyat yaratdi. Davlat tomonidan yirik
mablag‘lar qishloq xo‘jaligiga, birinchi navbatda paxtachilikka va uning asosi bo‘lmish sug‘orma
dexqonchilikka ajratildi. Shu bilan bog‘liq qo‘riq yerlarning yangi massivlari o‘zlashtirildi. Transport
vositalarining o‘sishi va takomillashishi ta'minlandi, avtomobil va temir yo‘llarining keng shoxobchalari
barpo etildi, aloqa korxonalari, sog‘liqni saqlash, maorif muassasalari, kommunal xo‘jalik-maishiy xizmat
korxonalari qurildi.
Sanoat tarmoqlari bo‘yicha kapital qo‘yilmalarni miqdorini to‘g‘ri belgilash uchun ishlab chiqarish
quvvatlarining rejali balanslari ishlandi. Ushbu balanslarda reja davri boshida ishlab chiqarishning mavjud
quvvatlari hamda mo‘ljallanayotgan miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur quvvatlar belgilanadi.
Mavjud quvvatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish hamma rezervlarni hisobga olgan holda
chuqur tahlil qilingandan keyin ishlab turgan korxonalarni qayta qurish yoki yangilarini qurish yo‘li bilan
ishlab chiqarish quvvatlarini qo‘shimcha o‘stirish zaruriyati belgilanadi.
Tarmoq bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarining balansi quyidagicha belgilanishi mumkin: bo‘lajak
yilda mo‘ljallanayotgan miqdor mahsulot Mni ishlab chiqarish uchun Qni Mx. Fk ning teng bo‘lgan ishlab
chiqarish quvvati talab qilinadi, unda Fk-ishlab turgan quvvatlarni foydalanish koeefitsienti, ularning yangi
quvvatlarini kiritish muddatlari hamda rejalashtirilayotgan yilda harakatdagi quvvatlarning ro‘yxatdan
chiqarilishiga muvofiq kelishi kerak. O‘rtacha yillik quvvatni miqyosi qo‘yidagi miqdorlardan tuziladi:
-ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash texnologik jarayonlarni yaxshilash, uskunalarni o‘zgartirish va
boshqa tashkiliy-texnik tadbirlarni hisobiga o‘rtacha yillik quvvatlarning o‘sishi:
-ishlab turgan korxonalarga qayta qurish hisobiga quvvatlarning o‘rtacha yillik o‘sishi;
yangi qurilish hisobiga quvvatlarni o‘rtacha yillik o‘sishi: -jismoniy va ma'naviy eskirish bilan bog‘liq
quvvatlarni o‘rtacha yillik ro‘yxatdan chiqishi.
Quvvatalarning o‘rtacha yillik o‘sishi miqdori dastavval yil davomida yangi quvvatlar kiritilishiga
bog‘liq.
Yil oxiriga tarmoq ega bo‘ladigan ishlab chiqarish quvvati ishga tushirilayotgan quvvatdan ko‘p
bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish quvvatlarining rejali balansi kelajak yilga yangi quvvatlarni to‘g‘ri
asoslashga imkoniyat yaratadi. Uzoq davrni o‘z ichiga oladigan istiqbolli rejada sanoatda kapital
qo‘yilmalar tiplari bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishining mo‘ljalanayotgan o‘sishiga bog‘liq holda
belgilanishi mumkin.
Kapital qo‘yilmalarning tarmoqlararo balanslarda, shu jumladan kapital qo‘yilmalarning tarmoqlararo
balans tenglamalariga kiritish usuli masalalari aks ettiirishning ilmiy asoslari yetarli darajada
o‘rganilmagan. Shu nuqtai nazardan ularni bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha xo‘jalik yuritish
tamoyillariga mos holda amalga oshirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
10-MAVZU. DAVLAT INVESTITSIYA DASTURI
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining mazmuni, ahamiyati va uni shakllantirishning asosiy
tamoyillari va tartib qoidalari.
Investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) Respublika iqtisodiyotini barqaror va
tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mexnat resurslaridan
oqilona foydalanish yo'li bilan Respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy
ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro boglangan
chora tadbirlar kompleksidir.
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo'nalishlarini aks
ettiradi. Bu bilan birga Investitsiya dasturi loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning umumdavlat dasturlari bajarilishini ta`minlash uchun ob`ektni foydalanishga
topshirishgacha bo‘lgan bosqichlarni hisobga olgan holda, investitsiya loyihalarini amalga oshirish
muddatlarini va moliyalashtirish manbalarini hisobga olish, har yili dasturning asosiy ko‘rsatkichlari
aniqlashtirilgan va aniq ro‘yxati yangilangan holda 3 yillik davrga shakllantiriladi.
Investitsiya dasturi yigma jadvallar bilan tahliliy qismdan, aniq dasturdan va ustuvor investitsiya
takliflarining yigma ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‘yicha barcha ishlarni O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtirib boradi.
Investitsiya dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori bilan
tasdiqlanadi.
Investitsiya dasturining tahliliy qismi Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog'langan holdagi kapital qo‘yilmalar hajmlari va
moliyalashtirish manbalarini asoslashdan, Dastur samaradorligini baholash, loyihalarni tanlab olish
mezonlaridan iborat bo‘ladi.
Dasturning tahliliy qismi tarkibida investitsiyalarning takror ishlab chiqarish va texnologik tarkibini
hisobga olgan holda umuman Dastur, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari, moliyalashtirish manbalari va
hududlar, amalga oshirish yo'llari bo‘yicha kapital qo‘yilmalar tarkibi beligilanadi.
Dasturning yalpi ichki maxsulot o‘sishiga, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy o‘zgarishiga va import
tarkibiga, ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy soha ob`ektlarini ishga tushirish hajmlariga ta`sirining
prognozlashtirilgan natijalari hisob-kitob qilinadi.
Dasturning barcha hisob-kitoblari tadrijiy tarzda, Respublikani uch yillik davrda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish prognozlari va investitsion loyihalarining aniq dasturi asosida ishlab chiqiladi.
Dasturning aniq ro‘yxatiga markazlashtirilgan manbalar, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy
kreditlar va to‘gridan-to‘gri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari
kiritiladi.
Dasturning aniq ro‘yxati quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- iqtisodiyotni, ijtimoiy sohani va mamlakat mudofaa qudratini tarkibiy o‘zgartirishni ta`minlovchi
Respublika iqtisodiyoti ustuvor yo'nalishlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga yo'naltiriladigan
markazlashtirilgan investitsiyalar limitlaridan;
- xorijiy investitsiyalar va hukumat kafolati ostida kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan
investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
- to‘gridan-to‘gri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya
loyihalarining aniq dasturidan;
- ustuvor investitsiya takliflarining yigma ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Ijtimoiy soha ob`ektlarining prognozlashtirilayotgan hajmlari Dasturga yiriklashtirilgan,
buyurtmachilar va ob`ektlar bo‘yicha taqsimlanmagan holda kiritiladi.
Quyidagilar loyihalarni amalga oshirishning birinchi yilida ularni aniq dasturga kiritishning majburiy
shartlari hisoblanadi;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashlari,
texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari) mavjud bo‘lishi;
- moliyalashtirish manbalarining va kreditlarning shartnomada belgalangan muddatda qaytarilishining
tasdiqlanishi.
Aniq dasturni shakllantirish jarayoni har bir loyiha bo‘yicha mo‘fassal axborot tayyorlash, loyihani
ustuvorligi bo‘yicha tanlab olish va ro‘yxatni shakllantirishdan iborat bo‘ladi.
Har bir loyiha (loyihalar guruxi) bo‘yicha axborot buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi hamda unda
Dostları ilə paylaş: |