Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/25
tarix21.01.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#30246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
qishloq xojaligida investitsiyon jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish


Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

-respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag‘ni keng jalb etishni ta'minlaydigan xuquqiy ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa shart- sharoitlarni tobora takomillashtirish;
-respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan va iqtisodiyotning zamonaviy
tarkibini vujudga keltirishga ko‘maklashayotgan xorijiy investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini
yurgizish;
mablag‘larni respublika mustaqilligini ta'minlaydigan, import o‘rnini qoplovchi va raqobatbardosh
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim ustuvor yo‘nalishda jamlash.
Shuningdek respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyani jalb etishni faollashtirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
-investitsiya loyihalarini malakali ekspertlar nazoratidan o‘tkazish va mukammal tayyorlanishiga
erishish;
-qo‘shma korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyatini
ro‘yxatdan o‘tkazishdagi to‘siqlarni butunlay olib tashlash.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda quyidagi ustuvor
yo‘nalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir:
1)
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarini rivojlantirish;
2)
mineral xomashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish,
qayta ishlash bo‘yicha ekologik ishlab chiqarishni tashkil etish;
3)
transport
va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
4)
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilmtalab va jahon bozorlarida
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
5)
turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro va ichki turizmning zamonaviy
infratuzilmasini yaratishga erishish.
"Chet el investitsiyalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokidagi korxonalarni, shuningdek
ularning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va bu korxonalarning faoliyat tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga
binoan mulkida o‘zbek va xorijiy yuridik shaxslari hamda fuqarolari ishtirok etuvchi korxonalar
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi qo‘shma korxonalar hisoblanadi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosat jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuv
jarayonini faqat davlat tarkibiy tuzilishi bo‘yicha emas, balki xususiy sektor darajasida ham jadallashtirishni
nazarda tutadi. Ochiq bozorning faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar G‘arb va Sharq
ishbilarmonlarining mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishining ortib borishini ta'minlamoqda. Bu shuning
uchun muhimki, bizning tadbirkorlarimiz ham xorijiy investorlarni hamkorlikka jalb etish imkoniyatlari
haqida tez-tez bosh qotirishmoqda.
1998 yil Respublikamizda investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 3 ta -
1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Republikasining "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi va "Chet el
investorlarining kafolatlari va ularning huquqlarni himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi hamda 1998 yil 24
dekabrda "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar mamlakatimizda
investitsiya muhitini yaxshilashga va uning iqtisodiyotga investitsiya joylashtirish hajmlarini oshirishga
yo‘naltirilgan.
Turli birlashmalar, uyushmalar, konsernlar, konsorsiumlar O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy
investitsiyasi bo‘lgan korxonalarni ixtiyoriy asoslarda barpo etishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 22 martdagi farmoniga muvofiq quyidagi
mezonlarga javob beruvchi chet el, shu'ba va qo‘shma korxonalar chet el investitsiyasi bo‘lgan ishlab
chiqarish korxonalari qatoriga kirishi belgilab qo‘yildi: ustav jamg‘armasi miqdori 150 ming AQSh doll.
dan kam bo‘lmagan korxonalar; korxona ishtirokchilaridan biri albatta chet el yuridik shaxsi hisoblangan;
korxonaning ustav faoliyatida o‘z ishlab chiqarishi yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar servis xizmat
hissasiga xo‘jalik faoliyatidan tushumlar umumiy hajmining 60% dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladigan
korxonalar.
1
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar qatnashgan korxonalar ichida qo‘shma korxonalar yetakchi
o‘rinda turadi. To‘liq xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar kam. Ko‘pchilik davlatlarda
xorijiy investitsiyalar qatnashgan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish har xil. Ba'zi davlatlarda bu vazifani
Moliya vazirligi bajarsa, boshqalarida Adliya vazirligi bajaradi. O‘zbekistonda bu vazifani Adliya vazirligi
amalga oshiradi. O‘zbekistondagi xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar respublika hududida o‘zining
filiallari yoki vakil korxonalarini tashkil etishlari mumkin. Bundan tashqari ular boshqa davlatlarda ham o‘z
filiallarini ochishlari mumkin.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar O‘zbekiston
Respublikasi hududida xo‘jalik assotsiatsiyalari, konsernlar va boshqa birlashmalar tuzishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalarning huquqiy himoyasi ta'minlangan. Bu himoya har bir korxonada bo‘lgani kabi
xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar uchun taalluqli. Milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalari va
hududlariga investitsiya kiritgan xorijiy investorlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan
qo‘shimcha imtiyozlar berilishi mumkin. Shu bilan birga qonunda xorijiy investorlarning faoliyat turlari
ham belgilangan. Xorijiy investorlar yoki xorijiy investitsiya qatnashgan korxonalar mavjud qonunchilikka
muvofiq, o‘z maqsadlari va nizomlaridan kelib chiqib, barcha turdagi faoliyatlarni olib borishlari mumkin.
Xorijiy investorlar investitsiya hajmi, turlari, yo‘llarini belgilaydilar va ularni xohlagan korxonaga
mustaqil ravishda kiritishlari mumkin. Investor o‘zi kiritgan investitsiya ob'ektlari va natijalariga egalik
qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega. Shu bilan birga reinvestitsiya va savdo operatsiyalarini
O‘zbekiston hududida milliy qonunchilik asosida, undan tashqarida esa xalqaro qonunlar asosida amalga
oshirish huquqlariga ega. Investor egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini qonun bo‘yicha
boshqa huquqiy va jismoniy shaxsga berishi mumkin. Tomonlarning o‘zaro huquqlarini bir-biriga o‘tkazish
vaqtidagi aloqalarni faqat ular o‘rtasida tuzilgan hujjat-shartnomalar hal qila oladi. Xorijiy investorlar va
korxonalar qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlarda yer uchastkalarini sotib olishlari mumkin. Xorijiy
investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etish zarur:
-O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonunchilikka amal qilishi;
-O‘zbekistonda mavjud qonunchilik talablari asosida soliq to‘lash va boshqa to‘lovlarni amalga
oshirishi;
-investitsiya loyihasining sanitariya-gigienik ekologiya talablariga amal qilish bo‘limidagi ekspertiza
xulosalarini olishi;
Xorijiy investitsiyani o‘z iqtisodiyotiga jalb etayotgan har bir davlat xorijlik sheriklariga huquqiy va
tashkiliy kafolatlar yaratib beradi. Bu jarayon jahon tajribasida sinovdan ijobiy ravishda o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi qonunining 11- moddasida shunday yozilgan:
Respublika hududida o‘z investitsiya faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar huquqlarining
himoyasini O‘zbekiston Respublikasi kafolatlaydi. Bu kafolat albatta, xalqaro huquq normalari asosida
beriladi. Agarda O‘zbekistonning yangi qabul qilingan qonunchiligi investitsiya sharoitlarini
yomonlashtirsa, o‘n yilgacha xorijiy investitsiyalar ular jalb qilingan davrda qabul qilingan qonunchilik
shartlari saqlanib qoladi. Bu talab mudofaa, milliy havfsizlik, jamoat tartibini saqlash va atrof-muhitni
muhofaza qilishni ta'minlash bilan bog‘liq qonunchilikni o‘zgartirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat
organlari xorijiy investorlarning huquqlariga putur yetkazadigan huquqiy normativlarni qabul qilgan
taqdirda, investorlarga yetkazilgan zarar shu organlardan sud orqali undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Germaniya, Hindiston, Janubiy Koreya, Turkiya, Indoneziya, Malayziya,
Isroil, AQSh va bir qator boshqa mamlakatlar bilan investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoyalash
to‘g‘risida bitimlar tuzdi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirishda dunyoning 25 dan ortiq
mamlakatlari ishtirok etmoqda. Investitsiyalarni jalb etish vazifasini davlatimiz ko‘p ukladli bozor
iqtisodiyotini yaratish va rivojlantirish asosida haqiqiy mulkdorlarni shakllantirish bilan bog‘laydi.
"Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash
va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoniga binoan xalq iste'mol
mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar ro‘yxatga olingan paytdan boshlab besh yil
muddatga xorijiy valyutadagi tushumdan soliq to‘lashdan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga
valyutani majburiy sotishdan ozod qilish ko‘zda tutilgan. Xorijiy investitsiya jalb etilgan korxonalarga
quyidagi imtiyoz va rag‘batlantirish omillari berilgan:
-
tovarlar eksporti ishlab chiqarish hajmining kamida 30 foizini tashkil etadigan korxonalarga,
mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, foyda solig‘ini amaldagi stavkalardan ikki barobar kamroq to‘lash
huquqi;
-
xorijiy investitsiyali korxonalar daromadining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiyani
yangilashga sarflanadigan qismidan soliq olmaslik;
-
respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan yetti yil
muddatga ozod etish;
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

-
ishlab chiqarilgan mahsulotning 25% bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, korxona ishga tushgandan
boshlab soliqlar to‘lashdan besh yil muddatga ozod etish. Keyingi yillarda bu korxonalarning foydasidan
olinadigan soliq amaldagiga qaraganda ikki marta pasaytirilgan stavkalarda undiriladi;
-
ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish
eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosishga mo‘ljallangan bo‘lsa soliqlar to‘lashdan ikki yil
muddatga ozod etish;
-
foydadan to‘lanadigan soliq-18%;
-
agar ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli va ustav kapitalning
hajmi 500000 AQSh dollaridan 1000000 AQSh dollarigacha bo‘lsa, foydadan to‘lanadigan soliq-15%;
-
agar ustav kapitalning 50% va undan ko‘proq qismi xorijiy sherikka tegishli va ustav kapitalning
hajmi 1000000 AQSh dollaridan va undan ko‘p bo‘lsa, foydadan to‘lanadigan soliq-16%;
-
agar ustav kapital hajmi kamida 500000 AQSh dollarini tashkil etsa, mol-mulk solig‘idan ozod
qilish;
-
yer solig‘idan ikki yilga ozod qilish;
-
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz chetga sotish;
-
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalaridan foydalanish va ularni tasarruf
etish huquqini tanlov asosida sotib olish;
- jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatning mulkini xususiylashtirishda bemalol ishtirok etishlari
mumkin.
1
O‘zbekistonda xorijiy investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olgan foydalari va boshqa
daromadlarini biror-bir cheklovlarsiz istalgancha chet davlatga o‘tkazish imkoniyati kafolatlanadi. Bundan
tashqari xorijiy investorlar Respublika banklarida hyech bir cheklovlarsiz istalgan valyutada hisob raqamiga
ega bo‘lishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyasi bo‘lgan korxona amaldagi qonunlarga binoan o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni
litsenziyasiz eksportga chiqarish va o‘z ishlab chiqarish extiyojlari uchun zarur mahsulotlar importini
amalga oshirish xuquqiga egadir. Xorijiy investorlarga tabiiy boyliklarni qidirish, ishlab chiqarish va
foydalanish va boshqa xo‘jalik ishlarini yuritish uchun konsessiyalar berilishi mumkin. Konsession
shartnomalar xorijiy investorlar bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakil qilingan
organlari o‘rtasida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasida barpo etilayotgan korxonalar ustav sarmoyasiga xorijiy investorlarning
hissasi sifatida yoki xorijiy xodimlarning o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan mulk bojxona to‘lovidan
ozod qilinadi va import solig‘i undirilmaydi.
Xorijiy investorlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning aksiyalari, hissalari va
paylarini, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonadan chiqish yoki bunday korxonanining tugatilish hollarida xorijiy
investorlar shu korxona mulkidan o‘zining hissasini korxona mulki bilan qiymatiga mutanosib ravishda pul
yoki natura tariqasida qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalarning xo‘jalik ishlarida hisob-kitoblar
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida olib borilishi lozim. Bu holatlar ham Qonunda
ko‘rsatilgan. Bu korxonalar bankrot holatiga tushib qolganda u o‘z mulki, ya'ni savdo ob'ektlari, xizmat
ko‘rsatish sohalari, yer uchastkasi, binolari, qurilishlari, uskunalaridan kelib chiqib majburiyatlari
ta'minlanadi. yerdan foydalanish va egalik qilish huquqi bundan mustasno.
Agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan shart- sharoitlar xalqaro shartnoma va
xorijiy investorlar bilan kelishuvlarda ko‘rsatilgan shart-sharoitlar farq qilsa, xalqaro shartnoma va
kelishuvga asosan faoliyat yurgiziladi. Shunday qilib, yaratilgan huquqiy asoslar xorijiy hamkorlarning
keng investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning huquqlari va sarflagan investitsiyasini
himoya qiladi.
Hozirga kelib, O‘zbekiston hududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy asoslarini
shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga yetkazildi va amalda qo‘llanilmoqda. Bu faoliyatni
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning quyidagi tizimi ishlab chiqilgan:
-xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning qatnashishi;
-texnikaviy qayta qurollanish;
-xalq iste'moli va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
Jadal va mutanosib iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilishda faol va aniq yo‘naltirilgan investitsiya siyosatiyuritish eng muhim omil
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalarni milliylashtirish va rekvizitsiya qilinmasligiga
kafolat beradi. Xorijiy investitsiyalar faqat favqulodda holatlarda, avariya, epidemiya tarqalgan vaqtlarda
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan rekvizitsiya qilinishi mumkin. Bu holat investorga ko‘rsatilgan zarar
miqdorida kompensatsiya qilinadi.
Xorijiy investorlar uchun zarur moliyaviy-iqtisodiy kafolatlarni ta'minlash uchun hukumat tomonidan
xorijiy investorlarni himoyalashning Milliy sug‘urta jamg‘armasini barpo etish to‘g‘risida qaror qabul
qilingan. Bu jamg‘arma respublika hududida ta'sis etilgan chet el banklarida O‘zbekiston Respublikasi,
xorijiy investitsiya ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalari valyuta qadriyatlarining bir qismini deponentlash
yo‘li bilan hosil qilinadi.
Xorijiy investorlarning qonuniy faoliyatlari orqali qilingan daromadlari xorijiy valyutada,
chegaralanmagan miqdorda chegaradan olib o‘tishlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu qonunda xorijiy
investitsiyalarning sug‘urtasi haqida kam yozilgan, chunki har bir xorijlik hamkor o‘zi sarflagan mablag‘ni
to‘liq qaytarib olishga va ularni sug‘urtalashga harakat qiladilar. Bu haqda Qonunda shunday keltirilgan:
investitsiya va tavakkalchilikni sug‘urta qilish xorijiy investorlarning hoxishlari asosida amalga oshiriladi.
7
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar sug‘urta tizimiga kiruvchi milliy sug‘urta
kompaniyasi, Rasmiy davlat sug‘urta agenti, Xorijiy sug‘urta tashkilotlari bilan tuzilgan qo‘shma sug‘urta
kompaniyalari tomonidan ta'minlanadi. Xorijiy investitsiyalarni sug‘urta qiluvchi sug‘urta tashkilotlari
O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlariga javob bermaydilar. Shunga mos tarzda O‘zbekiston Respublikasi
(faqat ikki tomon kelishuvidan tashqari holatlarda) sug‘urta tashkilotlarining majburiyatlariga javob
bermaydi. Davlat o‘z majburiyat va qonunlariga, sug‘urta tashkilotlari esa o‘z majburiyat va qoidalariga
o‘zlari javobgardir.
12-MAVZU. INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH VA DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy
resurslarni jalb qilish yo‘li bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan holda, qimmatli
qog‘ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi. Davlat mulkini xususiylashtirish tufayli mamlakat
miqyosidagi manbalarni tarkibida mablag‘larning kamayib borishi kuzatilmoqda. Aksincha turli mulk
egalarining mablag‘lari, yangidan tashkil etilayotgan fondlarning ulushi, chet el investitsiyalarining miqdori
ortib boradi. Albatta, bu borada har bir mamlakatning investitsiya siyosati hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Investitsiya manbalarini tashkil etishda mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, milliy valyuta birligini
konvertrlanishi, tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, aholi ehtiyojining ishlab chiqarish hisobiga
qondirilishi va boshqalar muhim rol o‘ynaydi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish davlat tomonidan olib boriladigan ichki moliya siyosatiga
chambarchas bog‘liqdir. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash hamda u yoki bu yo‘nalishda
sarflash va jamg‘arish mamlakatda qabul qilingan va amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan taqsimot tizimiga
bog‘liqdir. Qonunchilikni rivojlanishi, adolatli qonunlar qabul qilinishi va ularni hayotga tatbiq etilishi
bozor munosabatlarining rivojlantirishga, tadbirkorlik, ishbilarmonlikni keng ko‘lamda tarqalishiga
qaratilsa investitsiya manbalari tarkibida davlat mablag‘lari kamayishi hisobiga boshqa mulkdorlar
mablag‘lari o‘sib boradi. Ishlab chiqarish munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va davlatning samarali
moliya siyosatini yuritish alohida ahamiyatga egadir. Xorijiy kapitalni kirib kelish darajasi ustun darajada
mamlakatni olib borayotgan moliya siyosatiga bog‘liqdir.
O‘tish iqtisodiyotida investitsiya manbalarining mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
- investorlarni o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari, fuqarolar,
huquqiy shaxslarning jamg‘armalari va boshqa manbalar);
-
investorlarni qarzga olgan moliyaviy mablag‘lari (zayom obligatsiyalari, bank kreditlari va byudjet
ajratmalari);
-
investorlarni jalb qilgan moliyaviy mablag‘lari (aksiyalar va boshqa qimmat baho qog‘ozlarni
sotishdan tushgan mablag‘lar, fuqaro va huquqiy shaxslarning paylari va turli xil badallar hamda turli xil
maqsaddagi nodavlat fondlar, mablag‘lari);
-
davlat byudjetining investitsiya ajratmalari.
7
 "

 13-
. 5 
 1994 
.
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m

Bozor munosabatlari shakllangan sharoitda investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari tarkibini
12.1-chizmada ko‘rish mumkin.
12.1-chizma
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari tarkibi
Davlat
Kreditga
Qarzga
Qimmatbaho
Investorni
byudjetidan
olgan
olingan
kog‘ozlar va
o‘z
ajratmalar
mablag‘lar
mablag‘lar
zayomlar
mablag‘lari
chiqarish
hisobidan
hisobiga
Xalq xo‘jaligini uzoq yillar mobaynida ekstensiv usulda rivojlanishi davlat tomonidan
muvofiqlashtirib bo‘lmaydigan investitsiya xarajatlariga olib keldi. Natijada, haddan tashqari ko‘p asosiy
ishlab chiqarish fondlari barpo etildi. Asosan ular harbiy sanoat majmuida va tugallanmagan qurilishda
o‘lchamsiz moliyaviy resurslarni qaytarilishiga - (mablag‘ ajratilishini to‘xtatilishiga) va tugallanmagan
qurilishlarni to‘xtatilishiga olib keldi. Bunday ahvolning asosiy sabablari sobiq ittifoq hududida uzoq yillar
davomida markazlashgan rejalashtirishni mavjud bo‘lganligi hamda uning oqibatida ijtimoiy va sanoat
mahsulotlarining tarkibida ishlab chiqarish qurollarining haddan tashqari o‘sishidir.
Markazlashgan rejalashtirishning rivojlanishni asosiy usul qilib olinishi, ashyolar va pul oqimlari
orasidagi mutanosiblikni buzilishiga olib keldi. Oxirgi yillarda esa mollar bilan pul o‘rtasidagi nisbatning
buzilishi, byudjet qoplamalarining o‘sib borishi hisobiga bo‘ldi. Baho siyosatini o‘z vaqtida tartibga
solinmaganligi byudjet qoplamalarini talab etilishiga va uning hisobiga korxonalar hamda aholi
daromadlarini tez o‘sishiga olib keldi. Ma'muriy rejalashtirish doirasida bu daromadlarga nisbatan moddiy
boyliklar yetarli bo‘lmay qoldi. Umumlashtirib aytganda, xalq xo‘jaligining nomutanosibligini uchta
ko‘rsatkich bilan ifodalash mumkin; davlat byudjetining kamomadligi, xo‘jalik tashkilotlarini banklar
oldida istiqbolsiz qarzlarining paydo bo‘lishi hamda aholi daromadlarining xarajatlarga nisbatan ko‘payib
borishi.
Aholi daromadlarining o‘sib borish davri ishlab chiqarishni pasayib borishi bilan to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib, xalq xo‘jaligida ishlab chiqarish bilan bog‘lanmagan holda turli xil pul daromadlarining
o‘sib borishi jarayoni yuzaga keldi. Birjalar, auksionlar, qimmatbaho qog‘ozlar bozorining barpo etilishi bu
jarayonni yanada tezlashtirdi. Davlat tomonidan olib borilayotgan aholini iqtisodiy muhofaza qilish siyosati
esa ushbu jarayonga qo‘shimcha bo‘ldi. Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yilishida esa raqobat muhiti tashkil
etilmadi, bu esa asosan tadbirkorlar tomonidan mlrd. so‘mlab moliyaviy kapitalni hamda noishlab chiqarish
mulkini jamg‘arishga olib keldi. Inflyasiya asosida jamg‘arilgan tijorat kapitali ishlab chiqarishga
kiritilmadi, bu esa o‘z navbatida giperinflyasiya rivojlanishiga hamda mutlaq mol kamomadligiga olib keldi.
Shuning uchun ham bugungi kunning asosiy vazifasi tadbirkorlarning tijorat kapitalini ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yishga, ya'ni ishlab chiqarish investitsiyalariga aylantirishga da'vat etadi.
Markazlashgan ittifoq boshqaruv tizimi barbod bo‘lgan va yangi muvofiqlashtirish tizimlari mustaqil
respublikalarda vujudga kelmagan bir davrda investitsiya faoliyatida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. 1990-
1992 yillar bir tomondan davlat investitsiyalarining keskin qisqarishi bilan ikkinchi tomondan esa tijorat
tizimlari kapitallarini noishlab chiqarish sohasida jalb qilinishi bilan tavsiflanadi. Oqibatda chuqurlashib
borayotgan investitsiya inqirozini bartaraf etish, davlat tomonidan investitsiya faoliyatini
muvofiqlashtirishni talab etadi.
O‘zbekistonda investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar 1991 yilning yanvaridan
kuchga kirgan "Investitsiya faoliyatini qonuniy asoslari" hujjatlari bilan muvofiqlashtirib borildi. Qabul
qilingan va 1991 yildan boshlab kuchga kirgan bu hujjatda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan
muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprel "Chet el investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni
himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijiy
investitsiyali korxonalarni tashkil etish va faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida"gi 31.05.96 y. UP-1467 sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Investitsiya
loyihalarini amalga oshirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 19.01.98
y. Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni
amalga oshirishni mexanizmini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida" 09.02.98 y. Farmoni.
1
 Unda
muvofiqlashtirishni maqsadlari va shakllari tasdiqlangan. Ushbu hujjatlarga ko‘ra, investitsiya faoliyatini
davlat tomonidan muvofiqlashtirish qo‘yidagi maqsadlarda olib boriladi:
Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin