18.2-ish. Ozuqa sifatini ipak qurti rivojlanishiga ta’siri.
Ishdan maqsad. Talabalarga ozuqa sifatini aniqlash usullari bilan tanishtirish. Ozuqaning tarkibi, to’yimliligi, eyilishi va singishi. Tut navlari bo’yicha ozuqa sifatini o’rganish. Talabalarga turli xil tut navlarining ozuqa sifatini qurtning rivojlanishi, pilla hosili va sifatiga ta’sirini o’rgatish.
Kerakli jihozlar:
1.Turli xil tut navlari barglari bilan boqilgan ipak qurtlarining pilla namunalari;
2.Bargning ozuqalik qiymatini ifodalovchi jadvallar.
3.Bargning ozuqalik sifati tut daraxtining navlariga bo`liqligini ifodalovchi jadvallar.
4.Ozuqa sifatini ipak qurtining rivojlanishi va pilla sifatiga ta’sirini ifodalovchi tablitsalar.
5.O’lchov asboblari /tarozi toshlari bilan/.
6.Darslik va Amaliy amaliy mashg`ulot o’quv qo’llanmalar.
Ishni bajarish tartibi.
1.Tut bargini qiymatini aniqlash: biologik, kimyoviy va fizikaviy usullari bilan tanishib chiqing.
2.Bargning to’yimliligi va eyilishini aniqlang. Eyilish koeffitsientini toping.
3.Tut daraxtining navlari bo’yicha bargning ozuqalik sifati to’`risidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.
4.Tut daraxtining navlari bo’yicha kimyoviy tarkibi bilan tanishib chiqing.
5.Ipak qurtlarini yoshlari bo’yicha ozuqaning eyilish miqdori bilan tanishib chiqing.
6.O’rganilgan ma’lumotlarni yozib oling.
7.Turli xil tut navlarini ipak qurtining qurtlik davri davomiyligiga, hayotchanligi va pillalarning navdorlik xususiyatlariga ta’siri bilan tanishib chiqing.
8.Turli xil tut navlari barglari bilan boqilgan ipak qurtining pilla namunalarini olib, o’rtacha o`irligi va pilla qobi`ining o`irligini aniqlang.
9.Ozuqa miqdorining ipak qurti mahsuldorligiga ta’siri bilan tanishib chiqing.
10.Tut bargining to’yimliligini ipak qurti mahsuldorligiga ta’sirini ifodalab bering.
11.Tut bargining suragatlari bilan tanishib chiqing.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
1.Hayvonlarni rivojlanishida ozuqa sifatining roli?
2.Ipak qurti ozuqasining tarkibi?
3.Bargning oziqaviy qimmati, to’yimliliga va eyilishini aniqlash?
4.Tut navlari bo’yicha oziqa sifatining farqlari qanday?
5.1 quti qurt boqishda sarflanadigan barg miqdorini yoshlari va kunlari bo’yicha hisoblab chiqing.
6.Tut bargining suragatlari to’`risida o’tkazilgan tajribalar natijalarini o’rganing.
Dostları ilə paylaş: |