20.1-ish. Ipak qurtini boqishda tashqi muhitni ta’siri.
Ishdan maqsad. Talabalarni qurt boqish davrida qurtxonaning harorati, namligi, shamollatishni boshqarish usullari bilan tanishtirish va o’rgatishdan iborat. Talabalarni qurtlarni po’st tashlash davrida qanday parvarish qilish qoidalari va tartibi bilan tanishtirish.
Kerakli jihozlar.
1.O’zbekiston va o’rta Osiyo Respublikalari iqlim sharoiti uchun tavsiya etilgan qurt boqish agrotexnik normativlar.
2.Turli xil tipdagi qurtxonalarning plakatlari.
3.qurtxonalarda isitgich va shamollatgich asboblarni joylashtirish sxemalari va tartibi.
4.Turli xil tipdagi qurtxonalarning turli joylarida gigrotermik rejimni o’zgarishini ifodalovchi jadvallar.
5.Harorat, namlik va havo xarakatini o’lchovchi asboblar, ularni o’rnatilishi va o’lchash usullari.
6.Turli yoshlarda po’st tashlash davrida fiksatsiyalangan qurtlar namunalari.
7.Po’st tashlayotgan qurtlarning plakatlari.
8.qurt tashlagan po’stlardan tayyorlangan preparatlar.
9.Tosh tarozi.
Ishni bajarish tartibi.
1.Turli xil tipdagi qurtxonalarning turli joylarida harorat va namlikni turli darajada bo’lishi bilan tanishib chiqing va aniqlang.
2.O’zbekiston va O’rta Osiyo Respublikalari iqlim sharoiti uchun tavsiya etilgan va qurtlarning yoshlari bo’yicha qurtxona harorati va namligini ifodalovchi normativlar bilan tanishib chiqing va yozib oling.
3.qurtxona harorati me’yoridan past yoki yuqori bo’lganida ko’riladigan choralarni ta’riflang.
4.qurtxona namligi me’yoridan past yoki yuqori bo’lganda ko’riladigan tadbir-choralarni ta’riflang.
5.qurtxonani shamollatish usullari, muddati va vaqti bilan tanishib chiqing va amalda bajaring.
6.qurtxonaning harorati, namligi va havo harakatini o’lchash va uni boshqarishni ta’riflang, o’lchang va yozib oling.
7.qurtxona gigrotermik rejimini qurtning rivojlanishiga ta’sirini ifodalab bering.
8.Birinchi yoshining oxirida ipak qurtini po’st tashlash jarayoni va xolatini kuzating.
9.Ikkinchi va uchinchi yoshining oxirida po’st tashlash jarayoni va xolatini kuzating.
10.To’rtinchi yoshning oxirida qurtlarni po’st tashlash xolati va jarayonini kuzating va ta’riflang.
11.Ipak qurtining po’st tashlash /uyqu/ davomatini kuzating va ifodalang.
12.Uyquga ketayotgan qurtlarni boqishni bajaring.
13.Uxlayotgan qurtlarni bezovtalantirishni ta’sirini kuzating.
14.Ipak qurti po’st tashlashiga gigrotermik rejimni ta’sirini ifodalang.
15.qurt po’st tashlash jarayoniga harorat va namlikni hamda oziqlanish maydonini ipak qurtiga ta’sirini ifodalab bering.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
1.qurtxonaning gigrotermik rejimi nima?
2.Gigrotermik rejimni o’lchaydigan asboblar.
3.qurtxona gigrotermik rejimini ipak qurtining rivojlanishi va pilla hosiliga ta’siri?
4.qurtxona haroratini boshqarish?
5.qurtxona namligini boshqarish?
6.qurtxona havosini almashtirish.
7.Nima uchun qurtlar po’st tashlaydi?
8.Tut ipak qurtlari necha marta po’st tashlaydi va qurtlarni yoshlari?
9.Ipak qurtining po’st tashlashiga tashqi omillarni ta’siri?
10.Ipak qurti po’st tashlashga kirishish davrida oziqalantirish xususiyatlari?
11.qurtlarni o`irligini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: |