Kichik yoshdagi qurtlarni boqish uchun agrotexnika qoidalari bilan tanishing va daftaringizga yozib oling.
Katta yoshdagi qurtlarni boqish agrotexnikasi bilan tanishing.
Qurtlarni po’st tashlash davrini aniqlang.
Qurtlarni pilla o’rashda parvarish qilish xususiyatlarini o’rganing.
Pilla o’rashda foydalaniladigan dasta turlarini tayyorlang.
Ipak qurtlaridan mo’l va sifatli pilla hosili olish yuqorida qayd etilgan tashqi omillarni o’rganish bilan bir qatorda ularni qurt boqishda bajarishga ham bog’liq. Qurt boqishning yutug’i ipak qurtiga berilayotgan tut bargining sifati va miqdoriga bog’liq, qurt boquvchi ipak qurtiga har bir yoshining kunlari bo’yicha beriladigan ozuq miqdorini hisoblashni bilish kerak. Ipak qurtlari o’zining 23 - 25 kundan iborat qurtlik davrida pilla o’ragunga qadar 4 marotaba pust tashlab 5 yoshdan iborat davrnio’tadi. SHundan 1 - 2 - 3 yoshini ipak qurtining kichik yoshlari, 4 - 5 yoshini esa katta yoshlari deb ataladi. Tuxumdan jonlanib chiqqan qurtlar birinchi yosh hisoblanib, shuni e’tiborga olgan xolda xonadagi haroratni 270 S da, xavo namligini esa 65 - 75% qilib ushlab turiladi.