Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

Tayanch iboralar 
 
Moliyaviy mustahkamlik – korxonalarning moddiy aylanma mablag‘lar tegishli 
manbalar bilan qoplanish darajasi. 
Moliyaviy barqarorlik – korxonalar faoliyatini pasaytirmasdan bir darajada 
ushlab turishi yoki rivojlantirish. 


53 
Moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni qoplash manbalari –o‘zlik 
manbalar, uzoq va joriy majburiyatlar. 
Buxgalteriya balansini qaytarib berishga qodirlik darajasi. 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Korxonaning moliyaviy mustahkamligi deb nimani tushunasiz? 
2. Moliyaviy mustahkamlik bilan moliyaviy barqarorlik o‘rtasida qanday farq 
bor? 
3. Moliyaviy mustahkamlikka qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
4. Moliyaviy mustahkamlikni tahlil qilish uchun iqtisodiy adabiyotlarda qanday 
adabiyotlar tavsiya etilgan? 
5. Moliyaviy mustahkamlik darajasi qanday aniqlanadi? 
6. Moliyaviy mustahkamlik qaysi shakllarda ifodalanadi? 
6. Moliyaviy mustahkamlik shakllari qaysi moliyaviy vaziyatlarda ifodalanadi? 
7. Moliyaviy mustahkamlik shakllari qaysi moliyaviy vaziyatlarda ifodalanadi. 
8. Buxgalteriya balansini likvidligi deb nimani tushunasiz? 
9. Buxgalteriya balansi likvidligi ko‘rsatkichlar orqali tahlil etiladi va ular 
qanday aniqlanadi. 


54 
4- bob. AYLANMA MABLAG‘LARNING AYLANISHI, MAHSULOTLAR 
TANNARXI VA KORXONALARNING MOLIYAVIY HOLATI 
 
4.1. Aylanma mablag‘larning aylanishi va korxonalarning moliyaviy holati 
Ma’lumki, korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun ular kerakli miqdorda 
ishlab chiqarishning asosiy va aylanma fondlari, mehnat va boshqa resurslari bilan 
ta’minlanishi lozim. Ishlab chiqarishning asosiy fondlari o‘z tarkibiga bino, inshoot, 
uskuna, xo‘jalik jihozlarini olib, ular ishlab chiqarishning texnikaviy bazasini tashkil 
etadi va uzoq vaqt, ko‘plab ishlab chiqarish sikllarida xizmat qiladi. Ularning qiymati 
amortizatsiya hisoblash orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tannarxiga o‘tkaziladi. 
Ishlab chiqarish aylanma fondlari o‘z tarkibiga ishlab chiqarish zaxiralarini, pul 
mablag‘larini olib, ular ishlab chiqarishning bir siklida foydalaniladi va qiymati 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi. Ishlab chiqarishda 
ham asosiy, ham aylanma mablag‘larni borligi, holati, ulardan foydalanish darajasi 
korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, asosiy vositalardan samarali foydalanilsa, mehnat unumdorligi ortadi, 
tannarx kamayadi, foyda ko‘payadi, rentabellik darajasi ko‘tariladi. Aylanma 
mablag‘laridan samarali foydalanilsa, mahsulot tannarxi kamayadi, foyda ko‘payadi, 
rentabellik darajasi ko‘tariladi. 
Lekin korxonalarni moliyaviy holati tahlil qilinganda, faqat bir muammo — 
aylanma mablag‘lar aylanishi bilan korxonalarning moliyaviy holati o‘rtasidagi aloqa 
tahlil etiladi, chunki aylanma mablag‘lar aylanishining o‘zgarishi korxonalar 
moliyaviy holatiga bevosita va miqdoran ta’sir ko‘rsatadi. Undan tashqari amaliyot 
shuni ko‘rsatadiki, aylanma mablag‘larning aylanishi susaygan vaziyatda ham 
korxona moliyaviy holatining boshqa ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishi mumkin va 
aksincha, aylanma mablag‘larni aylanishi tezlashgan bo‘lsa, korxona moliyaviy 
holatining boshqa ko‘rsatkichlari yomonlashgan bo‘lishi mumkin. 
Demak, aylanma mablag‘larning aylanishi o‘zgarishiga qandaydir katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan muhim shart-sharoitlar, omillar ta’sir ko‘rsatar ekan va bu 
vaziyatni moliyaviy tahlil paytida ko‘ramiz. 
Aylanma mablag‘larning aylanishi tezlatilsa, uning bir qismi tejaladi, 
qo‘shimcha foyda barpo bo‘ladi, undan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun va 
boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Aksincha, aylanma mablag‘larning 
aylanishi sekinlashtirilsa, korxonaga aylanma mablag‘lar yetmay qoladi va korxonada 
faoliyatni davom ettirish uchun tashqi manbalardan (bank krediti va hokazo) 
foydalanib, korxona aylanma mablag‘lari to‘ldirilishi kerak. 
Shu sababli korxonalar aylanma mablag‘larining aylanishini o‘zgarishi va uni 
korxonalarning moliyaviy holatiga ta’siri tahlil etiladi. Bu tahlil ikki yo‘nalishda 
o‘tkaziladi: 
1. Umuman aylanma mablag‘lari bo‘yicha. 
2. Aylanma mablag‘larning alohida elementlari bo‘yicha.
Umuman aylanma mablag‘lar bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil etiladi: 
1. Aylanma mablag‘larni aylanish miqdori. 
2. Aylanma mablag‘lar bir marta aylanishi uchun o‘rtacha sarf qilingan kalendar 


55 
kunlar. 
3. Aylanma mablag‘larning birkitish ko‘rsatkichi. 
4. Aylanma mablag‘larni tejalgan yoki to‘ldirilgan summasi. Aylanma 
mablag‘larning o‘rtacha 70 foizi ishlab chiqarishda, 30 foizi ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni sotish jarayonida foydalaniladi. Demak, aylanma mablag‘larni 
aylanishiga ishlab chiqarish siklining muhlati va mahsulotni sotish uchun sarf 
qilingan vaqt ta’sir ko‘rsatadi. 
Aylanma mablag‘larning aylanish miqdori sotilgan mahsulotlardan olingan 
tushumni aylanma mablag‘larni o‘rtacha qiymatiga bo‘lish bilan aniqlanadi. Lekin 
tushumdan qo‘shilgan qiymatga solingan soliq bilan to‘langan aktsiz solig‘i olib 
tashlanadi, ya’ni: 
Sotilgan mahsulotlardan olingan tushum (qo‘shilgan qiymatga solingan va aksiz soliqlarsiz 
Joriy aktivlarning o‘rtacha qiymati 
Sotilgan mahsulotlardan olingan tushum «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobot»dan olinadi, aylanma mablag‘larni o‘rtacha qiymati buxgalteriya 
ma’lumotlariga asoslanib hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi. Aylanma mablag‘lar 
to‘g‘risidagi buxgalteriya ma’lumotlari ikki shaklda bo‘lishi mumkin: intervalli 
qatorlar va momentli (lahza) qatorlar. 
Intervalli qatorlar — aylanma mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq 
davrlarda beriladi. Masalan, aylanma mablag‘larni o‘rtacha qiymati oylar bo‘yicha 
beriladi: yanvar — 500 m.s, fevral — 550 m.s, mart — 540 m.s. 
Shunday ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, aylanma mablag‘larning chorakdagi 
o‘rtacha qiymati oddiy o‘rtacha arifmetik yo‘l bilan aniqlanadi, ya’ni: 
(500 + 550 + 540)/3=1590/3=530 m.s. 
Momentli (lahzalik) qatorlarda aylanma mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bu 
aniq davrlarning boshlanishiga keltirilishi mumkin. Masalan, 1 yanvarga — 500 m.s, 
1 fevralga — 550 m.s, 1 martga — 560 m.s. va 1 aprelga — 580 m.s. 
Shunday ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, aylanma mablag‘larning birinchi 
chorakdagi o‘rtacha qiymati xronologik yo‘l bilan aniqlanadi, ya’ni: 
550
3
1650
1
4
2
580
560
550
2
500
m.s. 
Korxonalar faoliyatida mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni sotishga sarf 
qilingan vaqt o‘zgarib turishi bilan aylanma mablag‘larni har bir aylanishiga turlicha 
vaqt sarf qilinishi mumkin. Aylanma mablag‘larning umuman aylanish yo‘nalishini 
ifodalash uchun yuqorida ko‘rsatilgan ikkinchi ko‘rsatkich aniqlanadi, ya’ni aylanma 
mablag‘larni bir marta aylanishi uchun sarf qilingan o‘rtacha vaqt. Buning uchun 
tahlil qilinayotgan kalendar kunlarni soni birinchi ko‘rsatkichga, ya’ni aylanma 
mablag‘larni aylanish miqdoriga bo‘linadi, ya’ni: 
miqdori
aylanish 
ng
aktivlarni
Joriy 
soni
kunlar 
kalendar 
an 
qilinayotg
Tahlil
Oxirgi paytda aylanma mablag‘larni aylanishini tahlil qilishda yangi 
ko‘rsatkichdan foydalanilayapdi. Bu aylanma mablag‘larni birkitish ko‘rsatkichi. 
Aylanma mablag‘larni birkitish ko‘rsatkichi yuqorida ko‘rilgan birinchi ko‘rsatkichni 


56 
— aylanma mablag‘lar aylanish miqdorining aksi bo‘lib, bu ko‘rsatkich aylanma 
mablag‘larni o‘rtacha qiymatini sotilgan mahsulotlardan olingan tushumga bo‘lish 
yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni: 
Aylanma mablag‘larni birkitish ko‘rsatkichi sotilgan mahsulotlarning har bir 
so‘miga nisbatan sarf qilingan aylanma mablag‘larni ifodalaydi. Aylanma 
mablag‘larning aylanishi tezlashtirilsa bu sarf kamayadi, aylanma mablag‘larni 
aylanishi susaytirilsa, bu sarf oshib boradi. 
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar aylanma mablag‘larning aylanishini ifodalab, 
korxonalar 
moliyaviy holatiga ushbu aylanishning o‘zgarishi ta’sirini hali 
ko‘rsatmaydi, bu ko‘rsatkichlar kerakli, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular 
yordamida eng asosiy to‘rtinchi ko‘rsatkich aniqlanadi - ya’ni aylanma mablag‘larni 
tejalgan yoki to‘ldirilgan summasi. Bu ko‘rsatkich aylanma mablag‘larning 
aylanishini tezlashtirish natijasida aylanma mablag‘larni tejalish summasini yoki 
aylanma mablag‘larni- aylanishini susaytirish natijasida aylanma mablag‘larni 
to‘ldirish summasini ifodalaydi. Ko‘rsatkich korxona buxgalteriyasida mavjud 
aylanma mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qarab ikki yo‘l bilan aniqlanadi.
Agar korxonada yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan ikkinchisi to‘g‘risida 
ma’lumotlar bo‘lsa, ya’ni, aylanma mablag‘larni bir marta aylanishi uchun sarf qilgan 
o‘rtacha kalendar kunlar ko‘rsatkichi bo‘lsa quyidagi yo‘l bilan hisoblanadi: 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin