4.2. Mahsulotlar tannarxi va korxonalarning moliyaviy holati
Mahsulot tannarxi korxonalar faoliyatining asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan
biridir. Korxonalarda o‘tkazilayotgan barcha tadbirlar: texnikaviy, tashkiliy, ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlarning hammasi korxona xarajatlariga, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning
tannarxiga
ta’sir
ko‘rsatadi. Tannarxning o‘zgarishi, albatta,
korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir etadi.
Ilgari tannarning tahlili, korxonalarning umumiy faoliyatini tahlil qilish paytida,
oldinroq ko‘rilib, moliyaviy tahlil o‘tkazilayotgan vaqtda tannarx to‘g‘risida gap
bo‘lmasdi. Lekin, bozor munosabatlariga o‘tish bilan, yuqorida tasdiqlanganidek
asosiy e’tibor korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishga qaratilmoqda. Shu
sababli oxirgi yillarda moliyaviy tahlil bo‘yicha gap borar ekan, iqtisodiy adabiyotda
mahsulot tannarxini tahlil qilish, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etish bilan
birga yoritilmoqda. Ma’ruza matnida ham tannarxni tahlil qilish muammolari
yoritiladi, chunki:
- bozor munosabatlari davrida korxona faoliyatining sifat ko‘rsatkichlari
ahamiyati, shu jumladan, tannarx ko‘rsatkichining ahamiyati ham oshib boradi;
- ma’muriy boshqaruv tizimidan voz kechilishi munosabati bilan korxonalar
faoliyatida nimagadir tannarxni qisqartirish muammolariga keraklicha e’tibor
berilmayapdi;
- respublikada xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomda korxona ishlab chiqarish
xarajatlari hisobi va hisoboti chambarchas bog‘langan, demak, korxonalarning
moliyaviy holati tahlili tannarx muammolarini ham o‘z tarkibiga olishi kerak.
Tannarxni tahlil qilish to‘g‘risida gap ketganda shuni e’tiborga olishimiz
kerakki, sobiq Ittifoq davrida bu borada ko‘p nazariy va amaliy, ilmiy tekshiruv
ishlari bajarilgan edi va ma’muriy tizimga moslangan tannarx hisobi hamda hisoboti
tizimi yaratilgandi. Bu tizim o‘z tarkibiga quyidagilarni olgan edi:
- tannarx ishlab chiqarishning muhim iqtisodiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, u
mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishdagi iqtisodiy munosabatlarni ifodaladi;
- tannarx ko‘rsatkichi korxonalar faoliyatining sifat ko‘rsatkichlaridan biri
bo‘lib, tannarxni kamaytirib turish xalq xo‘jaligi miqyosida ko‘tarilgan vazifalardan
biri shaklida tasdiqlangan edi;
- tannarx ko‘rsatkichlarining asoslangan aniq tizimi shakllangan edi. Bu tizim
o‘z tarkibiga o‘rta tarmoq va alohida tannarx ko‘rsatkichlarini, fabrika-zavod va
to‘liq tannarxni, yalpi, tovar va sotilgan mahsulotlarning tannarxini, bir so‘mlik tovar
mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarf qilingan xarajatlar ko‘rsatkichini olar edi;
- korxonalar xarajatlari asosiy va qo‘shimcha, to‘g‘ri va egri, tahminan
o‘zgaruvchan va tahminan o‘zgarmas xarajatlarga, elementlarga va moddalarga
turkumlanib, ular xarajatlar tarkibi tahlilida keng foydalanilar edi;
- alohida ishlab chiqarish tarmoqlarining xususiyatlarini to‘liq e’tiborga olib, bu
tarmoqlar bo‘yicha alohida mahsulotlarning tannarxini aniqlash tizimi —
kalkulyatsiya tizimi ishlab chiqilgan edi;
- tannarx ko‘rsatkichlari bo‘yicha davlat hisoboti shakllangan edi. Bu 5-shakl
«Ishlab chiqarishga xarajatlar», 6-shakl «Tovar mahsuloti tannarxi». Bu hisobotlar
tannarx ko‘rsatkichlarini har tomo
61
nlama tahlil qilish imkoniyatini berardi;
- tannarx ko‘rsatkichlari tarkibida asosiy ko‘rsatkich sifatida bir so‘mlik tovar
mahsulotini ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar qabul qilingan edi.
Respublikada bozor munosabatlariga moslangan hisob va hisobot tizimi ham
shakllanmoqda. Bu borada tannarx bo‘yicha bir qancha tadbirlar amalga oshirilayapti.
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom 1995 yili qabul qilindi. 1999 yili qaytadan
ko‘rib chiqildi. Xarajatlar to‘g‘risida andozalar qabul qilindi. Lekin, afsuski, bu
borada ilgari bajarilgan ishlarning muhim tomonlari e’tiborga olinmadi.
Tannarxni kamaytirib turish hamma korxona va tashkilotlar oldida turadigan
doimiy vazifadir. Demak, tannarxni kamaytirish katta ahamiyatga ega, chunki:
- tannarxni pasaytirish korxona foydasini ko‘paytiradi, korxonaning moliyaviy
holatini yaxshilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi;
- tannarxni pasaytirish orqali tejalgan mablag‘lar hisobidan korxona xodimlariga
mukofotlar beriladi, demak, bu holat korxona xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga
yordam beradi;
- tannarx pasayishi hisobidan korxona jamoasi ijtimoiy nuqtai nazaridan
rivojlantiriladi, ya’ni korxona xodimlarining ijtimoiy extiyojlari qondiriladi;
- korxonaning texnikaviy darajasini ko‘tarib turish, ishlab chiqarishni
rekonstruktsiya qilish uchun ham tannarxni pasaytirish hisobidan olingan
mablag‘lardan foydalaniladi;
- ma’lumki, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga narx-navo tasdiqlanayotganda,
shakllanayotganda mahsulotlarning tannarxi e’tiborga olinadi. Demak, tannarxni
pasaytirish — narx-navolarni kamaytirishdagi asosiy shart-sharoitlardan biridir.
Narx-navolarni kamaytirish xodimlarning real ish haqqisini oshirish, ularning
turmush darajasini ko‘tarish omillaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotda, bozor munosabatlariga o‘tish davrida, deyarli hamma
korxona, tashkilotlarda tannarx o‘sib bormoqda va bu sharoitda tannarxni pasaytirish
vazifasi kun tartibidan olindi, deb hisoblanadi.
Fikrimizcha bozor munosabatlari shakllanishi bilan bu vazifa kun tartibiga
qo‘yiladi deb hisoblaymiz. Undan tashqari bozor munosabatlari davrida
korxonalararo raqobat rivojlanar ekan. Korxonalar, tashkilotlar o‘z mahsulotlarini
kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishga intilishlari, ob’yektiv zaruriatdir. Demak,
tannarxni pasaytirib borish lozim.
Tannarx hisobi va hisobot tizimi hamma vaqt korxonalar faoliyatiga
boshqaruvlik qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Sobiq Ittifoq davrida bu tizim
orqali davlat boshqaruv organlari kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlangan, davlatning
mulkdorlik vazifasini bajarishga yordam bergan.
Lekin bu davrda tannarx hisobi va hisobot tizimi bozor munosabatlarining
talablariga
moslanmagan,
korxonalarni
soliqqa
tortish
muammolari
bilan
bog‘lanmagan edi.
Respublika xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazilishi bilan
respublikada, yuqorida qayd etilganidek buxgalteriya hisobi, hisobotini tashkil qilish
borasida ham kerakli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Buxgalteriya hisobi, audit to‘g‘risidagi respublika qonunlari qabul qilindi,
buxgalteriya hisob andozalari, buxgalteriya hisobi schyot rejalari ishlab chiqildi va
62
qabul qilindi. Hisobot tizimi ham takomillashtirilmoqda.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti islohotlari tarkibida tannarx hisobi va hisobotini
isloh qilish alohida o‘rin tutadi. Bu borada 1995 yilda tasdiqlangan va amaliyotga
kiritilgan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom» tannarx
hisobi va hisobot tizimini bozor munosabatlariga moslashtirishda alohida ahamiyatga
ega.
Bu Nizom tannarx hisobi va hisobotiga quyidagi yangiliklarni kiritdi:
1. Korxona xarajatlarini yangichasiga hisobga olib, bozor munosabatlariga
moslab, xalqaro andozalarga javob beradigan darajada ishlab chiqildi.
2. Korxona xarajatlarining shakllanishi uning moliyaviy holati bilan, korxona
moliyaviy natijalarini soliqqa tortish bilan bog‘landi.
3. Tannarx ko‘rsatkichlar tizimi takomillashtirildi, ilgari qabul qilingan fabrika-
zavod va to‘liq tannarx ko‘rsatkichlari o‘rniga bitta ko‘rsatkich tavsiya etildi. Bu
ishlab chiqarish tannarxi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘ liq
bo‘lgan xarajatlar yig‘indisi.
Ilgarigi qo‘shimcha xarajatlar «davr xarajatlari» nomi bilan mahsulot tannarxiga
kiritilmasdan korxona foydasi hisobidan qoplanadi.
4. Korxona xarajatlarini turkumlashtirish ham takomillashtirildi.
Avvalambor korxonadagi barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi: sotilgan
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; davr xarajatlari; moliyaviy xarajatlar;
favqulot xarajatlari.
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga quyidagi xarajatlar kiritilgan:
- bevosita va bilvosita moddiy harajatlar; bevosita va bilvosita mehnat
xarajatlari; boshqa, bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish
xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan
foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiradigan xarajatlar quyidagi
guruhlarga bo‘lingan: sotish; boshqarish (ma’muriy sarf-xarajatlar);boshqa
operatsion xarajatlar va zararlar;
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarking moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlzr
quyidagicha turkumlangan: foizlar bo‘yicha xarajatlar; xorijiy valuta bilan operatsiya
bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari; qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta
baholash; moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy
mazmuniga ko‘ra quyidagi elemetlar bilan guruhlarga ajratilgan: ishlab chiqarish
moddiy xarajatlar; ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga xaq to‘lash
xarajatlari; ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘o‘rtaga ajratmalar; asosiy
fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomodliy aktivlar
amortizatsiyasi; ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Ko‘rinib turibdiki, korxona xarajatlari har xil nuqtai nazardan olinib,
turkumlashtirilgan
va
xarajatlarni
turkumlashtirish
chuqurlashtirilgan,
detallashtirilgan, ular bo‘yicha korxona xarajatlarining tarkibi tahlil etilishi mumkin.
Shunday qilib, respublikada 1995 yilda qabul qilingan, 1999 yili qaytadan ko‘rib
chiqilgan xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom bozor munosabatlariga moslangan
63
mahsulot tannarxi hisobi va hisoboti tizimi shakllanishida, albatta, katta ahamiyatga
ega.
Lekin bozor munosabatlariga to‘liq javob beradigan tannarx hisobi va hisoboti
shakllanishiga xali erta. Yuqorida ko‘rilgan Nizomni o‘zida ham kamchiliklar,
yechilmagan muammolar oz emas.
Fikrimizcha ular quyidagilardan iborat:
1. Nizomda avvalambor tannarx ko‘rsatkichlari tizimi juda chegaralangan. Unda
asosiy tannarx ko‘rsatkichi — har bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun sarf qilingan
xarajatlar, yalpi va tovar mahsuloti tannarxi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar keltirilmagan.
Mahsulotni to‘liq tannarxi aniqlanmaydi. Bu ko‘rsatkichlar tiklansa tannarxini tahlil
etish chegaralanmagan bo‘lib, uning tahlili to‘liq bo‘lardi.
2. Tannarx ko‘rsatkichlari bo‘yicha ilgari foydalanilgan 5-shakl «Ishlab
chiqarish xarajatlari» va 6-shakl «Tovar mahsuloti tannarxi» hisobotlardan voz
kechilishi munosabati bilan tannarxning elementlar va moddalar bo‘yicha tahlili
hamda undan tashqari tannarxga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish
imkoniyatlari barataraf etilgan. Saqlangan davlat statistika hisoboti 5-E*shakl
«Korxona xarajatlari to‘g‘risida»gi hisobotda kerakli ma’lumotlar haddan tashqari
chegaralangan.
3. Nizomda korxona xarajatlarini turkumlashtirishda takomillashtirish bilan
birgalikda xarajatlarni asosiy va qo‘shimcha xarajatlarga turkumlashdan voz
kechilgan. «Qo‘shimcha xarajatlar» atamasi o‘rniga «Davr xarajatlari» qabul
qilingan, natijada qo‘shimcha xarajatlarni tahlil qilish imkoniyati yo‘q qilingan,
chunki «Davr xarajatlari» tarkibida bir guruh asosiy xarajatlar ham hisoblanadi.
4. Ma’lumki, 1958 yildan boshlab mamlakatda mahsulotlar tannarxi bo‘yicha
asosiy ko‘rsatkich qabul qilingan bo‘lib, bu har bir so‘mlik tovar mahsulotini ishlab
chiqarish uchun xarajatlar ko‘rsatkichi edi. Bu ko‘rsatkich ilgari foydalanilgan
solishtirishga ega bo‘lgan tovar mahsuloti tannarxi o‘rniga tasdiqlangandi. Yangi
ko‘rsatkich butun ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti bo‘yicha aniqlanib, haqiqatan
ham korxonalarning tovar mahsuloti uchun ketgan xarajatlarning xohlagan davrda
o‘zgarishini ko‘rsatib beradi. Afsuski Nizomda bu ko‘rsatkich to‘g‘risida gap ham
yuritilmaydi.
5. Ilgari korxona xarajatlarini turkumlashda xarajatlar «asosiy va qo‘shimcha»,
«to‘g‘ri va egri» xarajatlarga bo‘linardi. Nizomda bu turkumlashlar saqlanilgan.
Lekin, almashtirib yuborilgan. «Asosiy va qo‘shimcha» xarajatlar to‘g‘risida gap
borar ekan, mazmunda egri va to‘g‘ri xarajatlar faraz etilgan hamda aksincha. Bu
turkumlashlar o‘z mazmuniga ega bo‘lib, har biri o‘ziga xos vazifani bajaradi.
Xarajatlarni «asosiy va qo‘shimcha» xarajatlarga turkumlash hamma korxonalarda
mavjud. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘langan bo‘lib,
qo‘shimcha xarajatlar esa boshqaruv bilan bog‘langan xarajatlarni ifodalaydi.
xarajatlarni «to‘g‘ri va egri» xarajatlarga bo‘lish hamma korxonalarda bo‘lmasdan,
faqat bir xil mahsulot emas, balki ko‘plab xildagi mahsulotlar ishlab chiqarilsa,
korxona xarajatlari shu ishlab chiqarilgan turli xil mahsulotlarning tannarxiga egri
yo‘llar (proporsional) bilan kiritilsa, natijada xarajatlar «to‘g‘ri va egriga» bo‘linadi.
6. Mahsulotlar tannarxi tarkibini tahlil etishda xarajatlarning element va
moddalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Nizomda buning uchun imkoniyatlar
64
yuq. Bu tahlilni o‘tkazish uchun buxgalteriyaning birlamchi ma’lumotlaridan
foydalanishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun haddan tashqari ko‘p vaqt sarflanadi.
7. Provardida yana bir narsani aytish kerakki, Nizomda ilgari asoslanib qabul
qilingan bir qancha atamalardan asossiz voz kechilgan. Masalan, balansdagi foyda
«Soliq to‘lashdan oldingi foyda», «Mahsulot sotishdan foyda», «Mahsulot sotishdan
yalpi foyda» bilan almashtirilgan va hokazo.
Mahsulotlar tannarxi tahlili to‘g‘risida gap borar ekan shuni ta’kidlash kerakki,
tasdiqlangan 1, 2, 2a, 3, 4, va 5 shakllardagi moliyaviy hisobotlarda tahlil uchun zarur
bo‘lgan ko‘p ma’lumotlar keltirilmaydi. Lekin korxonalar xukumat tomonidan
tasdiqlangan 5-E-shaklidagi «Korxona xarajatlari to‘g‘risidagi pochta-yillik choraklik
davlat statistik hisobotini tuzib topshirishadi. Bu hisobot ma’lumotlaridan foydalanish
mumkin.
Ma’lumki, xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomda korxona xarajatlari
quyidagicha turkumlanadi:
1. Ishlab chqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, shu jumladan:
a). To‘g‘ri va egri moddiy xarajatlar.
b). To‘g‘ri va egri mehnat xarajatlar.
v). Boshqa to‘g‘ri va egri xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan davr xarajatlari:
a). Mahsulotlarni sotish xarajatlari.
b). Boshqaruv xarajatlari.
v). Boshqa operativ xarajatlar va zararlar.
3. Korxonalarning moliyaviy faoliyati xarajatlari, shu jumladan:
a). Foizlar bo‘yicha xarajatlar.
b). Xorijiy valutalar operatsiyalari bo‘yicha salbiy kurs farqlari.
v). Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar.
4. Favqulodda zararlar.
Bu ma’lumotlarga asoslanib korxona xarajatlarini, ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning tannarxini umumiy o‘zgarish yo‘nalishlarini tahlil qilish mumkin.
Avvalambor quyidagi ko‘rsatkichlarni tahlil qilishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |