Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

Birinchidan, rentabellik qanday shakllarda bo‘lishi mumkin? 
Ikkinchidan, rentabellik nisbiy ko‘rsatkich ekan, uning darajasi qanday 
aniqlanishi, nimaga nisbat hisoblanishi lozim? 
Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, rentabellik iqtisodiy toifa, atama bo‘lib, 
sotsializm bilan bog‘liq sobiq sotsialistik korxonalar samaradorligini o‘lchash uchun 
o‘ylab chiqilgan va shakllantirilgandi. Sho‘ro davrida korxonalarning rentabellik 
ko‘rsatkichi kapitalizm tizimiga taalluqli foyda me’yoriga qarshi, uning o‘rniga 
o‘ylab chiqilgandi. 
Ma’lumki, kapitalizm davrida foyda me’yori ikki shaklda aniqlangan: 
- kapitalistik foydani kapitalistik ishlab chiqarish joriy xarajatlarga bo‘lish yo‘li 
bilan, bizning terminamoliyamiz bo‘yicha bu foydani sotilgan mahsulotlarning 
tannarxiga bo‘lish bilan; 
- kapitalistik foydani kapitalistik korxonalarda avanslashtirilgan fondlarga — 
doimiy kapitalga, bizning terminlarimiz bo‘yicha ishlab chiqish asosiy va aylanma 
fondlarga va o‘zgaruvchan kapitalga, bizning terminalogiyamiz bo‘yicha ish haqiga 
sarflangan kapital-mablag‘larga bo‘lish yo‘li bilan aniqlangan. 
Respublika bozor munosabatlariga o‘tar ekan, korxonalarning moliyaviy holatini 
baholashda yuqorida ko‘rsatilgan foyda me’yor ko‘rsatkichlariga o‘tishi kerak edi, 
lekin bozor munosabatlariga o‘tish davrida rentabellik ko‘rsatkichlari saqlab 
qolinmoqda. Rentabellik ko‘p qirrali, murakkab iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u o ‘z 
shakllanish ta’rifiga ega. 
Sho‘ro davrining birinchi yillarida sotsializm tizimiga moslashtirilgan butun 
iqtisodiy muammolar, ko‘rsatkichlar shakllana boshladi, jumladan, rentabellik 
ko‘rsatkichi ham. Sho‘ro davrida faoliyat kechirayotgan, yangidan tashkil 
qilinayotgan korxonalar ishiga baho berib, trotskichilar foyda keltirmayotgan, demak, 
davlat budjetiga hech narsa o‘tkazmayotgan korxonalarni yopishni, tugatishni talab 
qildilar. Bunga qarshi sotsializm tizimiga moslashgan rentabellik ko‘rsatkichni 
asoslash lozim edi. Shu maqsadda sotsializm tizimi davrida 1928 yildan boshlab, 
korxonalarning rentabelligi ikki shaklda ifodalanishi tasdiqlangan: joriy rentabellik 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin