1. Rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari: - korxona aktivlarining yoki mol-mulkining rentabelligi;
- ishlab chiqarish rentabelligi yoki ishlab chiqarish asosiy va aylanma
fondlarining rentabelligi;
- korxona joriy xarajatlarining rentabelligi;
- mahsulot rentabelligi.
Mol-mulkning rentabelligi
=
Soliq to‘lanishdan oldingi foyda
Korxona mol-mulkining o‘rtacha qiymati
Bu ko‘rsatkich butun korxona mol-mulki samaradorligini ifodalaydi. Mol-mulk
korxonaning butun ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyati uchun xizmat qiladi. Shu
sababli bu ko‘rsatkich korxonaning yalpi foydasi soliqlar to‘lanishdan oldingi
foydaga asosan aniqlanishi lozim.
Ishlab chiqarish rentabelligi korxonalarda ishlatilayotgan ishlab chiqarish
asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini ifodalaydi. Ishlab
chiqarish fondlar korxona faoliyatini moddiy bazasini tashkil etib, ishlib
chiqarishning asosiy omili bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli bu ko‘rsatkich ham
korxonaning soliq to‘lashdan oldingi foydasi asosida aniqlanishi lozim.
Ishlab chiqarish rentabelligi
=
Soliq to‘lashdan oldingi foyda
Ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha qiymati
Moliyaviy hisobotlarga binoan aniqlasak soliq to‘lashdan oldingi foyda hisoboti
2-shaklidan, ishlab chiqarish asosiy va aylanma fondlarning o‘rtacha qiymati
buxgalteriya balansi yoki buxgalteriya birlamchi hisobot ma’lumotlariga binoan
aniqlanadi.
Joriy xarajatlar rentabelligi ilgaridan foydalanadigan rentabellik ko‘rsatkichi
bo‘lib, u korxona xarajatlarini mahsulotni ishlab chiqarib, uni sotishga ketgan
xarajatlar samaradorligini ifodalaydi. Demak, bu ko‘rsatkich mahsulot sotish bilan
bog‘langan bo‘lib, mahsulot sotishdan olingan foydaga asosan aniqlanadi.
Joriy xarajatlar rentabelligi
=
Mahsulot sotishdan foyda
Sotilgan mahsulot tannarxi