101
ko‘tarilgan. Demak, korxona faoliyatining moliyaviy natijalari yaxshilangan;
- lekin rentabellik ko‘rsatkichlari har xil o‘zgargan. Demak, ularning
o‘zgarishiga har xil omillar ta’sir ko‘rsatgan;
- eng yuqori sur’atlarda ko‘tarilgan ko‘rsatkichlar — bu joriy xarajatlarning va
aylanma mablag‘larning rentabellik ko‘rsatkichlaridir;
- joriy xarajatlarning rentabelligini oshishi - sotilgan mahsulotlarning tannarxini
pasaytirish yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan;
- aylanma mablag‘lar rentabelligining ko‘tarilishi, fikrimizcha, korxonada
me’yordan yuqori aylanma mablag‘larni yo‘q qilish natijasi bo‘lsa kerak.
- sotilgan mahsulotlarning rentabelligi - sotilgan mahsulotlar tannarxining
pasaytirishi natijasidir. Ko‘rinib turibdiki, sotilgan mahsulotlarning hajmi 3,8 % ga
ko‘paygan, sotilgan mahsulotlar tannarxi shu davrda 12,4 % ga pasaygan;
- korxona aktivlarining rentabelligi ko‘tarilgan, lekin shu davrda ishlab chiqarish
fondlarining rentabelligi pasaygan. Bunga sabab o‘rganilayotgan davrda korxonada
ishlab chiqarish fondlari 37,4 % ga ko‘paygan. Yangi fondlar hali o‘zlashtirilmagan.
Shu sababli ishlab chiqarish fondlari samaradorligi pasaygan;
- xuddi shu sababli yangi fondlarning o‘zlashtirilmaganligi natijasida korxonaga
tegishli kapitalining va investitsiyalarning rentabellik darajasi kamaygan.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shuni tasdiqlaydiki, rentabellikni tahlil qilishda
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish kerak. Bu ko‘rsatkichlardan har biri korxonalar
moliyaviy natijasining alohida tomonlarini, xususiyatlarini ifodalaydi va bu
moliyaviy natijalarni har tomonlama tahlil qilishga imkoniyat beradi. Rentabellikni
tahlil etish rentabellik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish bilan
yakunlanishi lozim. Yuqorida keltirilgan rentabellik ko‘rsatkichlariga, ulardan har
biri bilan bog‘liq bo‘lgan omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, korxona aktivlari rentabelligiga aylanma mablag‘larning aylanishi,
mahsulot rentabelligi o‘zgarishi; ishlab chiqarish rentabelligiga - aylanma
mablag‘larni birkitish, mahsulot rentabelligi o‘zgarishi va mahsulot fond sig‘imi,
fondlar qaytimi; mahsulot rentabelligiga mahsulot tannarxi, mahsulotlarga qo‘yilgan
narxlar; joriy xarajatlar rentabelligiga narxlar va sotilgan mahsulotning tarkibiy
o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: