99
2. Rentabellikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari:
- korxonaga tegishli
kapitalning rentabelligi;
- asosiy kapitalning rentabelligi;
- aylanma kapitalning rentabelligi;
- investitsiyalarning rentabelligi;
- permanent kapitalining rentabelligi ;
- qarzga olingan kapitalning rentabelligi.
Ko‘rinib turibdiki, tavsiya qilinayotgan rentabellik ko‘rsatkichlar tizimi aniq bir
tartibga solinib, unda yuqorida keltirilgan mualliflarning fikrlari ham e’tiborga
olingan. Bu ko‘rsatkichlarning aniqlash uslubiyatlari quyidagicha bo‘lsa,
maqsadga
muvofiq bo‘lar edi.
Korxonaga tegishli kapitalning rentabelligi. Ma’lumki, korxonalar o‘zlik va
tashqaridan safarbar etilgan mablag‘lardan foydalanadilar. Ularning samaradorligini
alohida aniqlash, moliyaviy tahlilni chuqurlashtirishga yordam beradi.
Korxonaga tegishli kapitalning
rentabelligi
=
Soliq to‘lanishdan oldingi foyda
Korxonaga tegishli kapitalning o‘rtacha
qiymati
Qarzga olingan kapitalning rentabelligi uzoq va qisqa
muddatga olingan qarzlar
samaradorligini ko‘rsatadi. Bu qarzlar ham korxonaning butun ishlab chiqarish -
xo‘jalik faoliyatiga xizmat qiladi va shu sababli ular samaradorligi korxonaning yalpi
foydasi asosida aniqlanadi.
Qarzga olingan kapitalning
rentabelligi
=
Soliq to‘lanishdan oldingi foyda
Qarzga olingan kapitalning o‘rtacha
qiymati
Asosiy kapitalning rentabelligi ham korxonaning
yalpi foydasi asosida
aniqlanishi lozim. Chunki asosiy kapital korxonaning butun faoliyatiga xizmat qiladi
va uning rentabelligi asosiy fondlarni korxona foydasi asosida aniqlangan fondlar
qaytimidir.
Asosiy kapitalning
rentabelligi
=
Soliq to‘lanishdan oldingi foyda
Asosiy kapitalning o‘rtacha qiymati
Aylanma kapitalning rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida
aniqlanishi lozim. Chunki aylanma mablag‘lar ham korxonaning butun faoliyatiga
xizmat qiladi. Bu ko‘rsatkich korxona moddiy va pul aylanma mablag‘lari
samaradorligini ifodalaydi.
Aylanma kapitalning
rentabelligi
=
Soliq to‘lanishdan oldingi foyda
Aylanma kapitalning o‘rtacha qiymati
Investitsiyalar rentabelligi ham korxonaning yalpi
foydasi asosida aniqlanib, bu
ko‘rsatkich korxona asosiy kapitalini hamda uzoq muddatga olingan kredit va qarzlar
samaradorligini ifodalaydi.
100
Investitsiya rentabelligi
=
Soliq to‘lanishdan oldingi foyda
Asosiy kapital va uzoq muddatga olingan
kredit qarzlarning o‘rtacha qiymati
Shunday qilib, korxonalarning moliyaviy holatiga
moliyaviy resurslarning
alohida elementlari ta’sir ko‘rsatar ekan, demak, bu elementlarning ham rentabelligini
tahlil qilish katta ahamiyatga ega.
Ikkinchidan,
korxona
resurslarining
alohida
elementlari
korxonalarning
moliyaviy holatini umumiy darajasiga ta’sir ko‘rsatar ekan, bu resurslarni rentabelligi
aniqlanganda, soliq to‘lashdan oldingi, ya’ni yalpi foyda e’tiborga olinishi lozim.
Endi yuqorida ko‘rilgan rentabellikning asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini
korxonamiz misolida ko‘ramiz.
Dostları ilə paylaş: