Yuqorida ko‗rilgan masalalarga xulosa yasaydigan bo‗lsak, birinchi navbatda shuni aytish kerakki, IRMda motivatsiya nazariyasidan amaliyotda foydalanish - eng avvalo, inson omili masalasiga qaratilgandir. Chunki insonlaming o‗zlari mashg‗ul bo‗lgan ishlari, mehnat jarayonlarida faol qatnashishlari, ish sifatining o‗sishi - korxonada yaratilgan shart- sharoitlar mehnat motivatsiyasiga bevosita bog‗liqdir. Biz yuqorida ko‗rib o‗tgan uslublarni nafaqat G‗arb mamlakatlari yoki Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda qo‗llash yuqori darajada mehnatni tashkil etish imkonini beradi, balki, hozirgi kunda O‘zbekiston sharoitida shulardan unumli va kerakligicha foydalanish mumkin. Biz uchun yangi bo‗lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida insonlami o‗z mehnatlariga qiziqtirish, korxona va firmalarda mehnatga butunlay yangicha yondoshish - bo‗laming hammasi ertangi kun muvaffaqiyatlarining garovi bo‗lib qoladi.