Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə64/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Ishning qulay grafigi. Ishning qulay grafigi — ishchi-xodimlar ish boshi va yakunini mustaqil belgilay oladigan ish tartibi.
Mehnat resurslarining o‗zgarishi bilan insonlar turmush tarzi va ehtiyojlari ham o‗zgarib qoldi. Ishlayotgan er-xotinlar, farzandlari o‗z vaqtida maktabga yoki enaga oldiga, o‗zlari esa ishga etib borishlari uchun aniqlik mo‗jizalarini sodir etishlari kerak.
Telekommunikatsiya va uy ofislari. Telekommunikatsiya — uy sharoitida ofisga ulangan telefon, kompyuter modemi va faks orqali ish yuritish.
Aholi zich joylashgan shaharlarda ertalabki ―tig‗iz‖ paytda ishga etib borish — og‗ir va chidab bo‗lmaydigan sinovdir. Bu vaqtni uyda, markaziy ofisga kompyuter orqali ulangan holda, unumliroq o‗tkazish mumkin. Telekommunikatsiyaning ko‗pgina afzalliklari bor: xodimning ish unumdorligi 15-20 % ga oshadi, ofisni saqlash uchun ketadigan mablag‗lar birmuncha qisqaradi, firmadan ketib qolishi mumkin bo‗lgan xodim saqlanadi, nogironlar mehnatidan foydalanish yengillashtiriladi.
Ish vaqtining qisqarishi va vazifadagi o„rindoshlik. Ish vaqtining qisqartirilishi — kerakli miqdorda ish haqi to‗lanishining pasayib, ish haftasining kichrayishi, ya‘ni ishdan bo‗shatish hollarini kamaytirish usullaridan biri.
Vazifa miqdorining bo‗linishi (o‗rindoshlik) — bir ish joyidagi to‗liq ish vaqtining, qulaylik uchun, ikki xizmatchiga bo‗lib berilishi.
Hozirgi kunda, vazifadagi o‗rindoshlik uslubi xususiy biznesdan ko‗ra, davlat muassasalari va oliy o‗quv yurtlarida keng tarqalgan. 1984-yilda, federal davlat xizmatchilarining nizomida ushbu ―qurol‖ga ilk bor alohida paragraf ajratilgan edi. Boshqa sohalarda bu usulning tarqalishi kuzatilmaydi.
Ishchilarning xizmat doirasini kengaytirishning asosiy uslubi - o‗z-o‗zini boshqarishga asoslangan ishchi komandalarini shakllantirish. Bunday komandalar, o‗z vazifasini o‗zi belgilay oladigan, ularni hal etish yo‗lida yangi yechimlar topa oladigan, o‗z ishini o‗zi boshqara oladigan xizmatchilardan iborat guruhlardan tashkil topgan. Ana shu uslubdan foydalanadigan kompaniyalarda o‗tkazilgan so‗rovlar shuni tasdiqladiki, bunday komandalar turli yo‗llar bilan tashkil etilib, ulardagi xizmatchilar soni 6 tadan 32 gacha bo‗ladi. Mazkur komandalarning muvaffaqiyatli ishi tufayli ishchi kuchiga ketadigan xarajatlar miqdori kamayib, mehnat unumdorligi oshgan, mahsulot sifati va ishchilarning ma‘naviy ruhi ko‗tarilgan. Bu uslubni qo‗llashdagi asosiy qiyinchiliklar mazkur tizimdan foydalana bilmaslik, ishchilarning rahbariyatga ishonchsizligi va menejerlarning qarshiligi bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin