Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Boshqaruv taktikasi va strategiyasi va uning vositalari



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə67/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

5.2. Boshqaruv taktikasi va strategiyasi va uning vositalari


Boshqaruv vositalari: Sizning kurash reestringiz. Siz vaziyatlar va insonlarni qanday boshqarishni bilib, sizni boshqarishga urinib, sizga qarshi ishlatilayotgan harakatlarni oson bilib olasiz. Bu harakatlarni bilish muloqotni jonlantiradi, qarshilik ko‗rsatishga o‗zgacha tus beradi, hal qilinayotgan tortishuv yanada yuqori darajada amalga oshadi.
Endi savollarga murojaat qilamiz. Vaziyatni boshqarish imkoniyatiga qanday omillar ta‘sir etadi? Ularning qaysi birlaridan foydalanish mumkin? Qaysi omillarni hisobga olish zarur, aks holda ular Sizni o‗z tub qiziqishlaringizdan ayrim harakat qilishga majbur qilishi mumkin? Boshqacha aytganda: Boshqaruv mexanizmi nima?
Boshqaruv mexanizmiga o‗zining muhim kategoriyalari va maxsus taktikasi xos. Boshqaruv mexanizmi kategoriyalari shartli ravishda to‗rt turga bo‗linadi: fizik, emotsional, ijtimoiy va aralash.

24-rasm. Boshqaruv mexanizmi kategoriyalari29


Jismoniy vositalar - bu biz bevosita kuzatadigan narsalar, aynan ularning o‗zgarishi tez seziladi. O‗zingizning qaysidir bir shaxsiy jismoniy sifatlaringizni kamchilik deb hisoblab, ularni o‗zgacha xulq manerasi bilan qanday qoplashni hal qilishingiz mumkin.
Jismoniy sifatlarning har birini alohida ko‗rib o‗tamiz, lekin shuni esda tutish muhim: bizning har birimizda ular birgalikda namoyon bo‗ladi. Har birimizning kalbimizda ayrim elementlarni birlashtirgan o‗z ideal fizik obrazimiz mavjud bo‗lishi kerak.
Bo‗yi – bast. Bizning jamiyatimizda o‗rta va past bo‗yli kishilar oldida
ko‗pincha baland bo‗yli kishilarga ko‗proq e‘tibor beriladi.
Kadrlar bo‗limida o‗tkazilgan so‗rovlar ishga qabul qilishda yuqori bo‗yli kishilarga ma‘lum darajada ko‗proq e‘tibor berilishini yuzaga chiqardi. Bu erkaklarga ham, ayollarga ham taalluqli, lekin ayollarga nisbatan kamroq darajada.
Aniqki, bo‗yni haqiqiy o‗stirish to‗g‗risida gap ham bo‗lishi mumkin emas, lekin uni yuqoriroq qilib ko‗rsatish mumkin. Buning uchun gavdaning tuzilishini o‗zgartirishi mumkin, ya‘ni ―To‗g‗ri tik turing‖, ―To‗g‗ri o‗tiring‖, gavdani to‗g‗ri tuting. Gavdaning to‗g‗ri tutilishi - o‗ziga ishonch va erkinlik tasavvuridir, shuningdek, bu kishini balandroq ko‗rsatadi. Achinarli tutilgan gavda zaiflikni ma‘lum qiladi. O‗z vaqtida bundan foydalanishingiz mumkin.
O‗zingizda qat‘iyatlikni ko‗rsatmang - kuchingiz etmasligini ko‗rsatib qo‗yasiz. Agar, Siz haqiqatda o‗zingizni ishonchsiz sezib, buni ko‗rsatsangiz mag‗lubiyatga uchraysiz. Boshqa tomondan, Siz kuchli va o‗ziga ishongan inson ―rolini o‗ynasangiz‖, ikkita narsa sodir bo‗lishi mumkin: birinchisi, Sizning raqibingiz kim kuchga va qa‘tiyatga ega kishini ifoda etayotganini hisobga olishga majbur bo‗ladi. Ikkinchidan, o‗zingizning ―zo‗r‖ligingizni namoyon qilib, Siz haqiqatdan ham o‗zingizni qat‘iyatli deb his qilasiz.
Lekin bunday xulq asosiy prinsip - har qanday vaziyatda ham nimani xohlayotganingizni bilishingiz zarurligi bilan bevosita bog‗liq. Sizga qanday yakun ma‘qulligini bilib olsangiz, barcha imkoniyatlaringizni ishga solishingiz mumkin.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin