Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

himoya qilamiz va hurmat qilamiz.
 
Oldin tegishli ruxsat yoki rozilik olmasdan turib intellektual mulk 
haqidagi va maxfiy ma’lumotlarni e’lon qilmaymiz. Biz boshqa shaxslar-
ning intellektual mulkini hurmat qilamiz va ularning huquqlarini, 
jumladan boshqalarning intellektual mulkidan noqonuniy foydalanish, 
uning nusxasini ko‘paytirish, ishlab chiqarish, tarqatish va o‘zgartirishlar 
kiritish kabi xatti-harakatlardan o‘zimizni tiyamiz. 
Kompaniyamizda sog‘lom muhit yaratamiz.
 
Kompaniyamizda jamoa ichida sog‘lom munosabatlarga zarar 
ko‘rsatadigan xatti-harakatlar, jumladan, jinsiy tegajog‘liklar, xodimlar 
orasida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan moliyaviy operatsiyalar va 
zo‘ravonlikning ko‘rinishlari taqiqlangan. Guruhda nizolar chiqishiga 
olib kelishi mumkin bo‘lgan fraksiyalar tashkil qilmaymiz va yopiq 
guruhlar tashkil etmaymiz. 
3.
Biz mijozlarimiz, aksionerlarmiz va xodimlarimizni hurmat qila-
miz. 
Biz mijozlarimiz, aktsionerlarmiz va xodimlarimizni hurmat qila-
miz.
 
Bizning asosiy ahamiyat beradigan maqsadimiz mijozning qanoatlan-
ganligidir. Biz mijozlarimiz ehtiyojlariga mos va ular kutgan darajadagi 
sifatli mahsulotlarimizni yetkazib beramiz va xizmat ko‘rsatamiz. Mi-
jozlarimiz bilan samimiy va do‘stona munosabatlarda bo‘lamiz va ularn-
ing barcha takliflari va arzlarini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, biz mi-
jozlarimiz ma’lumotlarini hurmat qilamiz. 
Bizning boshqaruvga nisbatan yondashuvimiz aksiyalar narxiga 
yo‘naltirilgan.
 
Oqilona investitsiyalar qilish va samarali boshqaruv hisobiga biz 
aksionerlarimiz uchun uzoq muddatli foyda olishni ta’minlashga intila-


40 
miz. Izchil boshqaruv faoliyati tufayli, biz barqaror foyda olishga va 
kompaniyaning bozor narxini oshirishga intilamiz. Bundan tashqari, biz 
aktsionerlarning huquqlari, oqilona talablari va g‘oyalarini hurmat qila-
miz. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin