Biz xodimlarimiz hayoti sifatini oshirishga barcha say-harakatlarni amalga oshiramiz. Biz barcha xodimlarga barobar imkoniyatlar beramiz va ularning
shaxsiy qobiliyatlari va unumdorlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra adolatli
munosabatda bo‘lamiz. Biz xodimlarimizni tinimsiz bilimlarini oshirish-
ga chaqiramiz va ish faoliyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan takomil-
lashuvlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bundan tashqari, shaxsiy tashabbus va
ijodiy yondashuvga yo‘l ochishga yordam beradigan ish muhitini yarat-
ishga intilamiz.
4. Biz atrof-muhit, insonlarning salomatligi va xavfsizligi haqida
qayg‘uramiz.
Kompaniyamiz - ekologik jihatdan xavfsiz boshqaruv tarafdori. Biz atrof-muhitni himoya qilish bilan bog‘liq xalqaro standartlar,
tegishli qonunlar va ichki ish olib borish tartibi talablariga rioya qilamiz.
Biz faoliyatimizning barcha yo‘nalishlarida, jumladan loyihalar ishlab
chiqarishda, mahsulot ishlab chiqarishda va sotuvda atrof-muhitni himo-
ya qilish uchun barcha harakatlarni, amalga oshiramiz. Biz resurslardan
unumli foydalanish, jumladan ularni qayta ishlashda namuna
ko‘rsatamiz.
Biz insonlar salomatligi va xavfsizligi haqida qayg‘uyramiz. Biz xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq xalqaro standartlar, tegishli
qonunlar va ichki ish olib borish tartibi talablariga rioya qilamiz. Biz xa-
vfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilamiz, qulay ish muhiti
yaratamiz va baxtsiz hodisalarni oldini olamiz.
5. Biz korporativ ijtimoiy mas’uliyatni his qiladigan kompani-
yadirmiz.
Biz o‘z majburiyatlarimizni yuqori darajadagi ijtimoiy mas`uliyatni namoyish qilgan holda vijdon bilan bajaramiz. Mahalliy hamjamiyatning bir a’zosining vazifalarini bajarish bilan
biz kompaniyamizga nisbatan ishonchni oshirishga intilamiz. Biz yangi
ish joylari
yaratish uchun barcha say- harakatlarni amalga oshiramiz va
soliq to‘lovchi sifatida o‘z majburiyatlarimizni to‘la anglaymiz.