43
intilamiz, bir-birimizga hurmat va ishonch bilan munosabatda
bo‘lamiz;
‒
yakuniy natijaga yo‘naltirilganlik. O‘z oldimizga yuksak maq-
sadlar qo‘yib, biz yakuniy natijaga erishishga asosiy e’tibor qaratgan
holda ularni to‘liq amalga oshirishga intilamiz, yuzaga kelgan muam-
molar haqida sukut saqlamasdan, ularni
konstruktiv ravishda hal qi-
lishga uringan holda mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz;
“Yettinchi tamoyil”.
“Intel”ning ko‘plab xodimlari uchun xavfsizlik korporatsiyaning
o‘ziga xos “yettinchi tamoyili”ga aylangan. Uning ushbu sohadagi
siyosati personal sog‘lig‘i va xavfsizligi
boshqa barcha biznes mulo-
hazlaridan yuqori ekanligi haqidagi qoidaga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: