Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Narx vositasida raqobatlashuvda
kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab 
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday 
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p 
qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab 
chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan 
yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi 
boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq 
ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. 
Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past 
bo‘lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi. 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – 
demping narxlarni 
qo‘llashdir
. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa 
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past 
bo‘lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga 
erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish 
va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi. 
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan 
chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, 
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. 
1
Abdullaеv Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. – T.: «Mеhnat», 1997, 58-59-b. 


246 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida 
raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z 
mahsuloti narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat 
qilishiga olib keladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqei o‘zgarmay, faqat 
tarmoq bo‘yicha foyda hajmini kamaytiradi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin