Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

turli monopollashuv 
darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga ko‘ra
quyidagi raqobat 
turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1)
monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat; 
2)
monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat; 
3)
turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat; 
4)
monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda 
g‘irrom va halol raqobatlashuv
usullari 
ham ajratib ko‘rsatiladi.
Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, 
ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, 
jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish 
va h.k.) usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. 
G‘irrom 
raqobat orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va 
shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy resurs ta’minotchilarini 
kredit va materiallar yetkazib berishdan voz kechishga majburlash, yetakchi 
mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy 
usullaridir. 
Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan 
iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda 
umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi 


245 
qoidalarga asoslanadi.
Shu o‘rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham 
ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
-
qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi; 
-
boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko‘zbo‘yamachilik kabi salbiy 
holatlarga barham beradi; 
-
qarindosh-urug‘chilikni, 
oshna-og‘aynigarchilikni, 
tanish-bilishlikni, 
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi
1

Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va 
narxsiz raqobat. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin