258
nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional
islohotlar zarur;
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z
ustunlik mavqelarini suiiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.
Davlat
muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali
innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning
yuqori sifatiga erishish,
boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin
emas
1
.
O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan
siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa
shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi.
Xususiylashtirish natijasida,
birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli
iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib,
O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu
raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik
shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha
erkin raqobatni taqozo
etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini
shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo
bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy
mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan
va tadbirkorlik tahlikasini
zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik subyektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali
aloqa qilishidir. Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash
to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi (xujjat kuchini yo‘qotgan,
8.01.1997) hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir
turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab
taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib
borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi.
1
Шадыбаев Т. и др. Особенности антимонопольной политики в Узбекистане: общие принципы и правовая
база. - Экономическое обозрение, №2, 2004, с.5.
259
Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari,
g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli
o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27
dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat
to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi (xujjat kuchini yo‘qotgan, 07.01.2012).
Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni
cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib,
respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va
samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, qonunda asosan
ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning
prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib
qolgan monopolistlar
tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va
unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan
bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini
shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay,
balki bozorda
ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga
qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi qaratilgan
edi.
Lekin bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi bilan shart-sharoitlar va
talablar o‘zgarib bu qonunlar asta sekinlik bilan o‘z kuchini yo‘qota boshladi.
Shuning uchun 2012 yil 6 yanvarda yangi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuni qabul qilinib, oldingi «Monopol faoliyatni cheklash
to‘g‘risida»gi qonuni (1992 yil, avgust) hamda «Tovar bozorlarida monopolistik
faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni (1996 yil 27 dekabr) o‘z
kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi. Qabul qilingan yangi qonun hamda keyingi
260
yillarda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar
asosida tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o‘rnida
mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu esa
raqobat muhitining yanada
kuchayishiga olib keldi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan
tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash ham dolzarb vazifa
hisoblanadi.
Shu
sababli
ham
mamlakatimizda yaratilgan texnologiyalarning
raqobatbardoshligini
ta’minlash,
“nou-xau”
namunalarini
yaratish,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-
tadbirlarni amalga oshirib borish
zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: