Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

3.
Robinson-Petmen qonuni 
(1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo 
sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar 
va boshqalarni taqiqlaydi. 
1950 yilda Kleyton qonuniga 
Seller-Kefover tuzatishi 
kiritildi. Unda 
noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish 
orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning 
gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover 
tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
8.3. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini shakllantirish va monopoliyaga 
qarshi qonunchilik 
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo 
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi 
mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda 
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan 
mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion 
yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. 
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat 
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham 
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi 
siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni 
iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu 


257 
siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda 
qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasiga 
ko‘ra, - “iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni 
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-
bosqich kamaytirish”
1
vazifasi belgilangan. 2017 yildan boshlab Iqtisodiyot 
tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va 
xizmatlar bozorida bosqichma-bosqich monopoliyani qisqartirish ko‘zda tutilgan 
chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi.
Lekin, bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, 
korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, 
ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqeiga ega bo‘lib, mahsulot va 
xomashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning 
eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, 
sertifikatlar berish, kelishish kabi ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga 
ko‘proq imkon yaratadi. Iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq bo‘luvchi bunday holatlarni 
bartaraf etish maqsadida prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida “barqaror iqtisodiy o‘sishning eng muhim garovi – 
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar 
topish va eksportni ko‘paytirish, tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish 
hisoblanadi”
2
, deb ta’kidlanadi. 
O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagi chora-
tadbirlarning amalga oshirilishini taqozo etadi: 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin