263
Tabiiy monopoliya
– korxonaning texnologik xususiyatlari sababli
mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan
sharoitda
samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.
Legal (qonuniy) monopoliya
– qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik
holat.
Sun’iy monopoliya
– monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Kartel
– ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z
mulkiy
egaligini saqlab qolib, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota asosida
amalga oshiriladigan bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning
uyushmasi.
Sindikat
–
ishlab
chiqarish
vositalariga
mulkchilik
birlashma
ishtirokchilarining o‘zida
saqlanib qolgani holda, ishlab chiqarilgan mahsulotni
sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriluvchi,
bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi.
Trest
– ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga
birgalikdagi mulkiy
egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi
birlashmasi.
Dostları ilə paylaş: