Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning mazmuni va vazifalari. Narx



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

9.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning mazmuni va vazifalari. Narx 
darajasiga ta’sir etuvchi omillar 
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini
narxda 
topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa 
iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal 
qiladi. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar. 


266 
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, lekin doimo bir-birini taqozo 
etadigan, birisiz ikkinchisi bo‘lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir 
naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu 
ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o‘quvchiga oldingi boblardan ma’lum. 
Oldingi o‘rinlarda
 
biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud 
sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni 
ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni 
ifoda etishini aytib o‘tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu 
ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda 
iste’mol qiymati (naflilik) qiymatni o‘zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini 
to‘g‘ri hisobga olmaslik, uning mazmunini ochishda masalaga bir tomonlama 
yondashish natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha 
aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoqda. Buning ustiga narxning 
darajasiga (yuqori yoki past bo‘lishiga), uning o‘zgarishiga turli xil omillar ta’sir 
qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni bir oz chigallashtiradi. Masalan, 
ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida hamda oldingi siyosiy 
iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, 
marjinalizm yo‘nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va 
S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim 
iqtisodiyot nazariyasi o‘quv qo‘llanmalarida tovar narxining asosini uning nafliligi, 
aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi, degan fikrlar beriladi. 
Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi 
guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har 
biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar. 
Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida 
tovarning ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki xil nazariyaning mohiyati, 
mazmuni va ularning narxni to‘g‘ri aniqlashdagi roli beriladi, lekin narxning 
asosida nima yotishi haqida aniq fikr berilmaydi. 
Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo‘lib, ulardan ayrimlari 
ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to‘liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi


267 
uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, 
bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o‘zi deb qarash 
noto‘g‘ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada 
narx qiymatdan past yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Jumladan, o‘zgarib turuvchi 
talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u 
yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat – narx nisbatiga xuddi 
talab va taklif kabi ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u 
yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning 
iste’mol xususiyatlari o‘zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni 
uning nafliligini ham hisobga oladi. Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan 
bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy 
qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» 
tushunchasining o‘zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-
qimmatga egaligini ko‘rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin