Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


narx o‘zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

narx o‘zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har 
ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul 
ko‘rinishida ifoda etadi. 
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda 
ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida 
sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning 
manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum 
darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo‘lgan qiymatni 
pul shaklida o‘zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har 
bir birligiga ko‘proq naflilik (iste’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning 
manfaatlari to‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx o‘rnatilib, tovar-pul almashuvi, 
oldi-sotdi sodir bo‘ladi. Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 9.1-
rasmga e’tiborni jalb etamiz.
Bu rasmdan tovarning narxi ma’lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi 
mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi, tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular 
bilan chambarchas bog‘liqlikda o‘zgarishini ko‘rish mumkin.


268 
9.1-rasm. 
Narx
 
tovardagi ikki xil xususiyatlarning puldagi ifodasi 
Undan tashqari, hozirgacha iqtisodiy fanlarda real hayotda turli-tuman 
tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning o‘zgarishini bir ko‘rsatkichga keltirib 
hisoblashning pul ko‘rinishidan boshqa o‘lchami topilgan emas. Naflilikning 
marjinalistlar tomonidan kiritilgan shartli o‘lchami – yutil (inglizcha utility – 
naflilik) ham turli tovarlar nafliligi hisobini olib borishga qodir emas. Bulardan 
xulosa qilib aytish mumkinki, 
narx
– real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va 
xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. 
Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab 
chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual 
shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat 
tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va 
sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o‘z ifodasini 
topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda 
o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi ushbu tovar 
narxining oshishiga olib keladi. Masalan, avtomobil dvigatelida ot kuchining 
oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va tezligida bo‘lgan o‘zgarishlar uning narxi 
oshishiga sabab bo‘ladi. Chunki shu o‘zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan 
xarajatlar ham oshgan bo‘ladi. Bunday ikki tomonlama o‘zgarishlar natijasida 
narxlarning o‘zgarishi hamma tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar va 
xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida, ularning o‘zgarishi 
natijasida o‘zgaradi. Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi 
Nafliligi
(istе'mol qiymati) 
Ijtimoiy nafliligi 
Ijtimoiy naflilikning 
puldagi ifodasi 
Ijtimoiy zaruriy sarflar 
(mеhnat va moddiy) 
Tovar 
Narxi 
Qiymati 
Ijtimoiy qiymati 
Ijtimoiy qiymatning 
puldagi ifodasi 


269 
ikki xil xususiyat o‘zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda 
hisobga olinadi (9.2-rasm). 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin