Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə472/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   468   469   470   471   472   473   474   475   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan 
bog‘liq holda qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. 
Bu yerda qog‘oz pul 
miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya 
qilinishi, pul emissiyasi o‘zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, 
muomaladagi pul miqdori o‘zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining 
va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi 
omillar ta’sir qiladi. Mana shu omillar yana bir bor inflyatsiya – tovarlar narxining 
o‘sishidir, degan ta’rifning to‘liq va yetarli emasligini ko‘rsatadi. Qog‘oz pullar 
inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi: 
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog‘oz pullarda bozor narxining oshishida 
o‘z ifodasini topadi; 
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini topadi; 


626 
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan 
milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi. 
Real iqtisodiy hayotda barcha kishilar tomonidan har kuni tovar va xizmatlar 
sotib olinayotganligi uchun qog‘oz pullarning tovar va xizmatlarga nisbatan 
inflyatsiyasiga alohida e’tibor qaratiladi va adabiyotlarda inflyatsiya darajasi 
narxlarning o‘zgarishiga qarab o‘lchanadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. 
Narxlar 
indeksi
joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga 
nisbati orqali aniqlanadi:
%
100


b
j
ТN
ТN
NI

bu yerda: 
NI – narxlar indeksi; 
TN
j
– joriy davrdagi iste’mol tovarlari narxi; 
TN

– bazis davrdagi iste’mol tovarlari narxi. 
Narxlar o‘zgarishini hisobga olish qamroviga ko‘ra narxlar indeksining 
quyidagi turlarini hisoblash mumkin: 
- iste’mol narxlari indeksi; 
- ulgurji narxlar indeksi; 
- narxlar indeksi – YaIM deflyatori; 
- eksport va import narxlar indeksi. 
Narxlar indeksidan foydalangan holda 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   468   469   470   471   472   473   474   475   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin