767
Xulosalar
1.
Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi
tovar va
xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada,
faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo
aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo
aylanmasi, eksport va import kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
2.
Kapital eksport qilish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kapital
eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli qo‘yilmalar
kabi
shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi
mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan
resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning
mazkur mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning
keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki
dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
3.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi
eksport hajmi uning
iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport
imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning
o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi
mumkin bo‘lgan qismi.
4.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat
uchun milliy ishlab
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi.
Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida
bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga
to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
5.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar,
ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat
rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar. Har
768
qanday bitim ikki tomoniga ega bo‘ladi va shu sababli to‘lov balansida ikki
tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to‘lov balansining debet va
kredit qismlarida o‘z ifodasini topadi.
6.
Iqtisodiyot subyektlarining davlat
va Markaziy bank siyosatiga
ishonchsizligi to‘lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy
valyuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka
qaratilgan talabni rag‘batlantiradi.
7.
Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga
(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi,
daromadlar, qarzlar va
subsidiyalar oqimi, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash, turizm va h.k.)
xizmat
qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
deb ataladi. U pulning xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga
keladi.
8.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta
kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat
valyutasidagi ifodalanishini ko‘rsatadi.
9.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish, xarid qilish
layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati)
nazariyasi yordamida beriladi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar
nisbatlarini aniqlash
uchun ikki mamlakat iste’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: