763
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansi holati;
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining
tebranishini tushuntirish
xarid qilish
layoqatining paritet
(turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga
nisbati)
nazariyasi
yordamida amalga oshiriladi. Bu nazariyaga ko‘ra,
kurslar
nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat iste’mol tovarlari «savati» narxlarini
taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar O‘zbekistonda bunday «savat»,
aytaylik
120 ming so‘m, AQShda esa 100 dollar tursa, 120 mingni 100 ga bo‘lib, 1
dollarning
narxini hosil qilamiz, bu 1200 so‘mga teng. Agar boshqa sharoitlar
o‘zgarmagani holda mamlakatimizdagi tovarlarning narxi oshsa, dollarning so‘mga
nisbatan almashuv kursi ham oshadi. Bunday bog‘liqlikni quyidagi formula orqali
ifodalash mumkin:
i
i
P
P
r
ёки
P
r
P
/
,
bu yerda:
P – mamlakatimizdagi narxlar darajasi;
P
i
– xorijiy mamlakatdagi narxlar darajasi;
r – valyuta kursi yoki xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi.
O‘zbekiston Markaziy banki mavsumiy tebranishlarni kamaytirish va oltin-
valyuta zaxiralarini ko‘paytirishni hisobga olgan holda o‘zgaruvchan valyuta kursi
rejimini qo‘llab kelmoqda. Bunda ichki valyuta
bozorida almashuv kursini
maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun, valyuta savdolarida intervensiya
operatsiyalarini amalga oshirish orqali Markaziy bank tomonidan so‘m
almashuv
kursining o‘zgarib boruvchi boshqariladigan usuli qo‘llanildi. Eksportni
rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-
bosqich pasaytirish choralari ko‘rildi.
Milliy valyuta almashuv kursining maqsadli parametrlar doirasida bo‘lishi va
uning devalvatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi iste’mol
764
tovarlari narxlarini past darajada ushlab turish uchun qo‘shimcha
omil sifatida
xizmat qildi.
Agar O‘zbekistonda muomaladagi pul massasining ko‘payishi oqibatida,
tovarlar narxi ikki marta oshsa va barcha sharoitlar teng bo‘lganda dollarning
so‘mga ayirboshlash kursi ikki marta oshadi.
Dostları ilə paylaş: