760
natijasida to‘lov balansi inqirozi kelib chiqadi. Mamlakat tashqi qarzlarni to‘lash
holatida bo‘lmaganligi sababli, chet eldan kredit
olish imkoniyatidan mahrum
bo‘ladi.
Iqtisodiyot subyektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi
to‘lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta
qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni
rag‘batlantiradi. Bu Markaziy bankning milliy valyuta
qadrsizlanishining oldini
olishga qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi,
chunki uning rasmiy valyuta
zaxiralari bir vaqtda to‘lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el
valyutalariga o‘sib boruvchi chayqovchilik talabini
qondirish uchun yetarli
bo‘lmay qoladi. Bunday holda valyutalarning «xufyona bozori» vujudga kelib,
rivojlana boshlaydi.
27.4. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari
Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy
aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar,
qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash,
turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro
valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi.
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
Dostları ilə paylaş: